# 6. Tovarlarni omborga tayyorlash va yuborish
Tovar kartochkalarini yaratgandan so‘ng, siz darhol yetkazib berishni shakllantirib, tovarlarni moderatsiyani kutmasdan omborga yuborishingiz mumkin. Moderatsiya tovarni ombor qabul qilgandan so‘ng avtomatik tarzda o‘tadi.
Muhim: faqat ko‘rsatilgan qoidalarga muvofiq qadoqlangan tovarlar ombor tomonidan qabul qilinishiga kafolat beriladi. Talablarni buzish tovarni qabul qilmaslikka va uni o‘zingiz olib chiqish hamdai xatolikni tuzatishga majbur bo‘lishingizga olib keladi.
# 6.1 Tovarni tekshirish va qadoqlash
FBO\FBS omboriga yetkazib beriladigan har bir tovar birligi qabul qilish, saqlash va mijozga yetkazib berish jarayonida tovar va zavod qadog‘ining saqlanishi uchun qadoqlash talablariga javob berishi kerak - quyida "umumiy qadoqlash talablari" ga qarang.
Tovarlar yetkazib berish, tushirish va omborda tashish paytida shikastlanishning oldini oladigan tarzda ishonchli qadoqlangan, palletlarga o‘rnatilgan yoki qutilarga taxlangan bo‘lishi kerak.
Shikastlangan tovar sotuvga qabul qilinmaydi va sotuvchi tomonidan olib chiqib ketilishi yoki sotuvchi hisobidan kompensatsiyasiz utilizatsiya qilinishi lozim.
Operatsion faoliyat (tashish, saqlash) jarayonida tovar va zavod o‘ramining saqlanishi uchun javobgarlik sotuvchining zimmasida bo‘ladi. Noto‘g‘ri qadoqlangan taqdirda, marketpleys tovarni tashish paytida yetkazilgan zarar yoki brak tovarni qoplamaydi.
Ma’lumotlarning aniqligiga e’tibor bering va buyurtma xususiyatlariga mos keladigan qadoqni tanlang.
Qadoqlash uchun umumiy talablar:
- Individual, shikastlanmagan va erkin foydalanish mumkin bo‘lgan yopiq qadoq.
- Asosiy qismdagi QR-kod / shtrix-kod o‘ramni ochmasdan o‘qiladi.
- Manipulyatsion belgilar (“Nozik”, “Yuqorisi”, “Yig’ib qo’ymang”, “Namlikdan saqlang”) barcha tomonlarda bo‘lishi kerak. Elektronika uchun esa seriya raqamlari / IMEI / Asl Belgisi ko‘rinadigan bo‘lishi shart.
- Bo‘shliqlarni penoplast, pufakchali plyonka, airbag yoki kraft bilan to‘ldiring. Suyuqliklar uchun — bo‘g‘iz yuqoriga qaratilib, dozatorlar va fiksator uchun tiqinlar "OFF" holatida, qopqoqlar oxirigacha buralgan bo‘lishi shart.
- QR-kodlar / shtrix-kodlar, iste’molchi foydalanishi majburiy bo‘lgan ma’lumotlar yoki boshqa yorliqlar ustiga axborot markirovkasini yopishtirish taqiqlanadi.
- Shtrix-kod yorlig‘ida qismlar soni ko‘rsatilmagan, bir nechta qismdan iborat tovarlarni jo‘natish taqiqlanadi.
Bitta qismdan iborat tovarlar:
- Individual qadoqlanadi.
- To‘plamlar birgalikda qadoqlanadi va "To‘plamda sotiladi" belgisi qo‘yilgan yagona QR-kod / shtrix kod bilan markirovkalanadi.
Ikki qismdan iborat tovarlar:
- Tovarning har bir qismida o‘zbek tilida "2 qismli tovar" va rus tilida "Товар из 2 частей" yozuvi bo‘lgan sariq stiker bilan markirovka qilinishi shart.
- TTovar qismlari stretch plyonka yoki striping lenta bilan mustahkam bog‘langan bo‘lishi kerak.
- TQR-kod / Shtrix-kod faqat tovarning asosiy qismiga (katta qiymatli) joylashtiriladi
- TInformatsion markirovka plyonka yoki lenta bilan qo‘shimcha fiksatsiya qilishdan oldin qutiga joylashtiriladi.
- TKo‘rsatilgan markirovkasi bo‘lmagan yoki ikkita QR-kod/shtrix-kodli tovarlar qabul qilinmaydi
Axborot markirovkasiga qo‘yiladigan talablar:
- O‘lchami kamida 10x10 sm, sarg‘ish fon, qora matn.
- A4 formatdagi kanselyariya qog‘ozi yoki yopishtiruvchi asosli maxsus qog‘ozdan foydalanish.
- Markirovkani skotch yoki yelim yordamida mahkamlash.
PNG yoki SVG formatidagi markirovka namunasi ilova qilinadi.
Manipulyatsiya belgilari
Qadoqni tanlash bo‘yicha tavsiyalar jadvalida manipulyatsiya belgilari qachon kerakligi ko‘rsatilgan. Lekin kerak deb bilsangiz, boshqa tovarlarga ham yopishtirishingiz mumkin.

Siz o‘z belgilaringizni ishlatishingiz yoki shablonlarni (opens new window) yuklab olishingiz mumkin:
- Nozik. Ehtiyot bo‘ling
- Namlikdan saqlang
- Yuqori
- Yig'ib qo'yish taqiqlanadi
- Aylantirmang
Belgilar aniq va tushunarli bo‘lishi kerak. Namlikka chidamli yorliqlarni tanlagan ma’qul — belgi suv tegsa ham o‘qilishi kerak. Agar siz termoyorliqlardan foydalansangiz, ularning ustiga skotch yopishtirmang — bir necha soatdan keyin yorliq tushunarsiz bo‘lib qoladi.
Manipulyatsiya belgilarini qutining barcha vertikal tomonlariga — yuqori chap burchakka joylashtiring. Belgilarni shunday mahkamlangki, ular tashish paytida ko‘chib ketmasin.
- O‘lchami kamida 3x3 sm, qora rangli matn.
- A4 formatdagi kanselyariya qog‘ozi yoki yelim asosli maxsus qog‘ozdan foydalanish.
- Belgilarni skotch yoki yelim bilan mahkamlash.
Qadoqni qanday tanlash mumkin
Quyida keltirilgan tovarlar uchun maxsus qadoqlash talablar mavjud. Muvofiqlikni tekshiring, zarur bo‘lsa, qo‘shimcha qadoqlang.
Muhim
Agar sizning tovaringiz jadvaldan bir vaqtning o‘zida bir nechta xususiyatlarga ega bo‘lsa, barcha tegishli tavsiyalarga amal qiling.
| Tovar turi | Tavsif va misollar | Qadoqlash usullari | Manipulyatsiya belgilari |
|---|---|---|---|
| Mayda elektronika va maishiy texnika (planshetlar, telefonlar, quloqchinlar, smart-soatlar, MP3-plyerlar, noutbuklar, butlovchi qismlar) | Zavod qadog‘ida, seriya raqami/IMEI/Asl Belgisi ko‘rinishi. | Aralashuv yoki shikastlanish izlarisiz zavodning asl qadog‘i, agar qadoq tovarning bir qismi bo‘lsa | |
| Yirik elektronika va maishiy texnika (konditsionerlar, plitalar, dudburonlar, split-tizimlar) | Zavod qadog‘ida, ortiqcha markirovkasiz. | Quti + ichida penoplast, streyp-lenta. Qismlar uchun — "M dan N", "Ajratilmasin". O‘GT uchun panjara, tortqichlar. | "Yuqoriga," "Nozik," "Yig'ib qo'ymang" |
| Zargarlik buyumlari | UIN yorlig‘i bilan plombalangan. | Himoya qoplamasiga (mini-konteyner/podlojka) + xavfsiz paketga joylashtiriladi. Ustiga pufakchali plyonka qo‘yiladi. | - |
| Uzun (uzunlik o‘lchagich) | 50 sm dan va uzunligi balandligidan ancha oshadi. Masalan, karnizlar yoki plintuslar. | Qattiq qadoqda: masalan, tubus yoki panjara. | |
| Nozik buyumlar (shisha, idish-tovoq, oyna, lampa, chinni) | Shisha, plastmassa, keramika, akril, gips, chinni, fayans, billur, cho‘yan, yupqa metall yoki emal bilan qoplangan buyumlar. | To‘ldirgichli qutiga yoki pufakchali plyonkaga va qutiga. 60 × 50 × 50 sm dan katta yoki 30 kg dan og‘irroq tovarlarni qutiga yoki pufakchali plyonkaga o‘rab, panjara bilan himoyalang. | "Nozik. Ehtiyot bo‘ling," "Aylantirmang" |
| Bo‘rtib chiqqan yoki o‘tkir qismli | Masalan, samokatlar, stullar, shkaflar, tumbochkalar, shvabralar, mangallar, shampurlar, antennalar va shu kabilar. | Strech plyonkaga yoki to‘ldirgichli qutiga. Bo‘rtib chiqqan qismlar yoki burchaklar qo‘shimcha ravishda bir qavat pufakchali plyonka bilan o‘raladi. Agar tovarning chiqib turgan qismlari yoki burchaklari o‘tkir bo‘lsa, ularni zichlagich material yoki burchaklar bilan izolyatsiya qiling va tovarlarni to‘ldiruvchili qutiga qadoqlang. | |
| Hajmli va yumshoq | Katta hajmni egallaydigan gazlama va to‘qimachilik tovarlari. Masalan, adyollar, pledlar, kurtkalar (puxoviklar) va shunga o‘xshashlar. | Kuryer paketiga joylashtiring. Agar tovar zavod qutisida bo‘lsa — strech-plyonka bilan o‘rang. Shuningdek, vakuum paketidan ham foydalanish mumkin. | "Namlikdan asrang." |
| Suyuqliklar (maishiy kimyo, shampunlar, bo‘yoqlar, o‘g‘itlar) | Bankalarda, butilkalarda, kanistralarda. Suyuqlik mahsulotlari bankalarda yoki butilkalardagi, shisha yoki konservalangan metall bankalarda, doy-pak qadoqlarda, flakonlarda, kanistralarda, plastik chelaklarda bo‘lsin — idish hajmiga qaramay. | Zavod termousadka qadog‘i yoki strech plyonkasi. Albatta (bo‘g‘zi yuqoriga, oxirigacha tortilgan) + quti. Aerozollar uchun — germetik paket. | "Yuqori" |
| Sochiluvchan tovarlar (yormalar, tuproq, ozuqa, kukunlar) | Xaltalarda, qoplarda. | Termousadka paketi ≥70 mkm yoki quti. Qoplar uchun >6 kg — monopalleta. | - |
| Kichkintoylar uchun tovarlar (tagliklar, o‘yinchoqlar, butilkalar, displey qutilari va ko‘rgazmali oynali qutilar), shaxsiy gigiyena tovarlari (hojatxona qog‘ozi, qog‘oz sochiqlar) | Yumshoq, nozik. | Quti yoki termousadka paketi ≥80 mkm. O‘yinchoqlar uchun — pufakchali plyonka va skotch yoki strech plyonka. Detallarni mahkamlash. | |
| Kosmetika va parvarish (krem, toniklar, prokladkalar) | Suyuq, qattiq. | Pufakchali plyonka+ paket/quti. Dozatorlar uchun — tiqin. Qopqoqlar oxirigacha mahkamlangan. | |
| Maishiy kimyo (aerozollar) | Aerozollar. | Aerozollar uchun — pufakchali plyonka + skotch. | "Yuqori", "Aylantirmang". |
| Bosma tovarlar | Kitob, daftar yoki rasmlar. | Termousadka plyonkasi ≥20 mkm yoki pufakchali plyonka + shakli bo‘yicha quti. Komplektlar uchun — "Komplekt" markirovkasi. Yupqa tovarlar uchun shakldor xatjild. Oson g‘ijimlanadigan, ya’ni yumshoq muqovali yoki muqovasiz katta o‘lchamli narsalar (plakatlar, xaritalar, taqvimlar) qattiq o‘ramga, masalan, tubusga solinadi. | - |
| Uy uchun mebel va tovarlar (matraslar, oynalar, santexnika, idish-tovoqlar) | Qismlarga ajraladigan / yaxlit. | Detaldagi pufakchali/sponbond + to‘ldirilgan ≥3 qatlamli quti. To‘shaklar uchun — zich plyonka ≥120 mkm. Ko‘zgular uchun — shakli bo‘yicha panjara va pufakchali plyonka + skotch. | "Yuqori," "Nozik," "Yig'ib qo'ymang". |
| Bog‘ uchun tovarlar (aravachalar, gulchambarlar, o‘g‘itlar, ko‘chatlar) | Plastik, asboblar | 3 qavat pufakchali plyonka yoki to‘ldirgichli quti. | "Aylantirmang" “Nozik”. |
| Avtomobil tovarlari (akkumulyatorlar, moylar, shinalar) | AKB, suyuqliklar | Germetik paket + penoplast + to‘ldirilgan quti. Shinalar uchun — ≥18 mkm paket + skotch. Ko‘chirish uchun ruchka (streychdan foydalanish mumkin). | "Yuqori," "Nozik." |
| Кiyim-kechak (futbolkalar, shimlar, ko‘ylaklar, liboslar, ustki kiyimlar, sport formasi) | To‘qimachilik tovarlari, Furnitura (tugmalar, chaqmoqlar, payetkalar) bo‘lishi mumkin. | Klapan/yopishqoq tasmali individual shaffof paket (to‘liq yopiq bo‘lishi shart) yoki zavod qutisi: butun, shikastlanmagan. | |
| Poyabzal (kedi, krossovka, botinka, etik, tufli) | Shakli saqlangan bir juft poyabzal; nozik materiallar (nubuk, zamsha, lak) bo‘lishi mumkin. | Strech plyonka qadog‘i yoki zavod qutisi: butun, shikastlanmagan yoki klapan/yopishqoq chiziqli individual shaffof paket (to‘liq yopiq bo‘lishi shart). Qimmatbaho poyabzallarni qutiga qadoqlab, yopishtirish kerak. Qaysi poyabzal qimmatbaho hisoblanadi (opens new window) |
Agar jadvalda tovaringiz uchun tavsiyalar topilmasa
Zavod qutisidagi tovarlarni strech plyonkaga qadoqlash kifoya.
Agar zavod qutisi bo‘lmasa:
- Kichik tovarlar (2 × 10 × 10 sm dan katta bo‘lmagan) — kuryer paketlariga joylashtiring.
- Katta tovarlarni esa to‘ldiruvchi material bilan quti ichiga joylashtiring.
Qanday qadoqlanadi
Qutiga
- Mos qutini tanlang:
- Juda katta bo‘lmagan, tovarlar qutilarning kamida ⅔ qismini egallashi kerak. Bundan tashqari, agar qadoq tovarning o‘zidan sezilarli darajada katta bo‘lsa, uni yetkazib berish uchun ko‘proq pul to‘lashga to‘g‘ri keladi.
- Toza va shikastlanmagan holda.
- Agar quti qayta ishlangan materiallar bilan to‘ldirilgan bo‘lsa, yaxshi.
- Agar tovarlar og‘ir bo‘lsa, uch qavatli karton qog‘oz quti tubini to‘liq yopadigan qilib qo‘yiladi.
- Tovarlarni qutiga soling va ularni mahkamlash uchun barcha bo‘sh joylarni to‘ldirgich bilan to‘ldiring.
- Qutini klapanlar birikmasi bo‘ylab yotadigan qilib skotch bilan o‘rang. Quti atrofida bir marta aylanish yetarli. Agar tovar katta o‘lchamli bo‘lsa, klapanlar tutashgan joyga ko‘ndalang qilib qo‘shimcha skotch yopishtiring.
Kuryer paketiga
- Mos kuryer paketini tanlang:
- Judayam katta bo‘lmasin, tovarlar paketning kamida ⅔ qismini egallashi kerak.
- Yuqori bosimli polietilendan (LDPE) qilingan, yopishtiruvchi klapani bo‘lgan paket bo‘lsin. Materialning markirovkasi paketga tushirilgan bo‘lisin.
- Paket tarkibida 30% dan kam bo‘lmagan qayta ishlangan materiallar bo‘lsa yaxshi.
Stretch plyonkaga
- Tovar qadog‘ida manipulyatsiya belgilari bo‘lsa, shaffof plyonkani oling. Qolgan hollarda istalgan rangdagi plyonkadan foydalanish mumkin.
- Tovarni yaxshilab qadoqlang, lekin juda ko‘p plyonka ishlatmang. Shunday qilib, siz xaridorni ham o‘ylaysiz — u plyonkani uzoq vaqt ochishga majbur bo‘lmaydi, va atrof-muhitni ham saqlaysiz. Odatda 1–3 qatlam yetarli bo‘ladi.
- Plyonkani chok bo‘ylab bir qavat qilib skotch bilan mahkamlang.
Toifalarning asosiy ro‘yxatidan tovarlarni qadoqlash usullari va turlarining to‘g‘riligiga foto-misollar:
Kiyimlar:
Poyabzal:
Bijuteriya:
Elektronika:
Idish-tovoqlar, shisha buyumlar, shuningdek, nozik buyumlar:
Suyuqliklar, maishiy kimyo:
Yirik formatli qog‘oz mahsulotlari:
Kitoblar:
Zavod qadog‘isiz o‘rta o‘lchamdagi yumshoq o‘yinchoqlar, sovg‘a qadog‘i ham qo‘shimcha qadoqlanishi kerak (termousadkali plyonka/streych):
Murakkab shakldagi tovarlar (yig‘ma mebel va boshqalar):
O‘tkir qirrali tovarlar (qaychi, pichoq, bigiz):
Matras va gilamlar:
Sovg‘a to‘plamlari, aksessuarlar to‘plamlari, sovg‘a qadoqlari ham qo‘shimcha qadoqlanishi kerak (termousadkali plyonkasi/streych):
Xavfli tovarlar (maishiy kimyo, aerozollar va boshqalar):
Hayvonlar uchun ozuqalar, qoplardagi to‘ldiruvchilar:
Yirik elektronika:
Qop va paketlardagi sochiluvchan tovarlar (maishiy kimyo, oziq-ovqat mahsulotlari):
Bolalar ovqatlari va shisha idishdagi oziq-ovqat mahsulotlari:
Agar ushbu tovarlarga qadoqlash yuqorida tavsiflanmagan bo‘lsa, nogabarit tovarlar turlari va ularni qadoqlashning qo‘shimcha usullari to‘g‘risida quyida ma’lumot beriladi.
| Tovar turi | Minimal qadoq | Qo‘shimcha talab |
|---|---|---|
| Sovutgichlar, muzlatgichlar | Zavod qutisi + penoplast/karton burchaklar + panjara + pallet | Barcha tomonlarda "Yuqori," "Nozik," "Aylantirmang" belgilari |
| Kir yuvish/idish yuvish mashinalari | Zavod qutisi + barcha transport boltlari mahkamlangan + panjara + pallet | Barcha tomonlarda "Yuqori," "Nozik," "Aylantirmang" belgilari |
| Gaz/elektr plitalari | Zavod qutisi + panjara + pallet | Shisha-keramika - ustiga qo‘shimcha karton varag‘i. Barcha tomonlarda "Yuqori," "Nozik," "Aylantirmang" belgilari |
| Divanlar, karavotlar, qismlarga ajratilgan shkaflar | Har bir detal strechda ≥ 5 qatlam | Faqat qismlarga ajratilgan Markirovka ko‘rinishda "N dan 1-detal," "Ajratilmasin" yorlig‘i. Quti/paletdan tashqarida chiqib turgan elementlarga taqiq |
| Matraslar | Zich termopaket plyonkasi ≥ 120 mkm yoki strech ≥ 5 qatlam + karton nakladkalar + pallet | Prujinali matraslarni bukish taqiqlanadi |
| Akril/cho‘yan vannalar | To‘liq balandlik panjarasi + pallet | Agar FBS palletadan tashqariga chiqmasa < 60kg, qolgani faqat DBS |
| Xonalararo eshiklar | Perimetri bo‘ylab karton + shisha ustiga pufakchali plyonka yoki yopishqoq plyonka + panjara + pallet | Agar FBS palletadan tashqariga chiqmasa < 60kg, qolgani faqat DBS |
| PVX oynalari | Faqat zavod panjarasida + pallet | Agar FBS palletadan tashqariga chiqmasa < 60kg, qolgani faqat DBS |
| Yugurish yo‘laklari, velotrenajyorlar | Zavod qutisi (agar mavjud bo‘lsa) + pallet | Agar FBS palletadan tashqariga chiqmasa < 60kg, qolgani faqat DBS |
| Seyflar > 60 kg | Qutisiz, faqat panjara + pallet | Agar FBS palletadan tashqariga chiqmasa < 60kg, qolgani faqat DBS |
| Konditsionerlar (split-tizim) | Ichki va tashqi bloklar alohida qutilarda qismlar bo‘yicha belgilangan + umumiy panjara, yoki o‘zaro strip-tasma + pallet | Trubalar o‘ralgan va mahkamlangan |
Shuningdek, yorliqlarga qo‘yiladigan talablarga rioya qilish kerak.
| Bo‘lim | Talab |
|---|---|
| Yorliq turi | •Termo yorliq: Thermo ECO yoki Thermo TOP. |
• variant yoki mos keladigan analog: Thermo TOP - namlik, ishqalanish va o‘chishga chidamli.
• Uzoq muddat saqlash uchun yarim yaltiroq yorliqlar + ribbon ruxsat etiladi.|
|Optimal o‘lcham|• Tavsiya etiladigan o‘lchamlar: 58×40 mm, 58×60 mm.
• Yirik qadoqlash uchun: 70×50 mm, 100×60 mm.
• Minimal ruxsat etilgan o‘lcham: 40×30 mm.
• Yorliq to‘liq yopishib turishi, bukilmasligi, burmalar bilan qoplanmasligi kerak.
Plyonka ustidagi yorliqni majburiy takrorlash.
N ta detallar soni to‘g‘risidagi markirovka har doim tovar Shtrix-kodi yonida bo‘ladi.|
|Chop etish sifati|• Bosma kontrastli, xiralashmagan va tushirib qoldirilmagan bo‘lishi kerak.
• Shtrix-kod chiziqlari — aniq, bir tekis, noaniqliklarsiz.
• Ishqalanish, namlik va mexanik ta’sirlarga chidamliligi.
• Minimal aniqlik darajasi: 203 dpi; optimal: 300 dpi.|
|Yorliqni joylashtirish|• Yuza tekis, toza va quruq bo‘lishi kerak.
• Paketlarning choklariga, notekis joylariga, yumshoq yuzalariga yopishtirish taqiqlanadi.
• Kiyim: yorliq qadoqlash qopiga qo‘yiladi va yorliqqa takrorlanadi.
• Poyabzal: yorliq qutiga yopishtiriladi (yuqori/yon tomon — qoidaga muvofiq).|
|Skanerning o‘qilishi|• Shtrix-kod birinchi skanerdan 10 - 30 sm masofada o‘qilishi kerak.
• Begona belgilardan xoli hudud — kod atrofida kamida 2 mm.
Nuqsonlar: nuqtalar, tushirib qoldirishlar, qiyshayishlar, siljishlar bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.|
|Bardoshlilik va chidamlilik|• O‘qilishi — kamida 30 kun saqlanishi.
• +50 °C gacha harorat va 85% gacha namlikka chidamli.
• Yelim qatlami tashish, tebranish va harorat o‘zgarishiga bardosh berishi kerak.
• Qisqa muddatli quyosh ta’sirida termoyorliqlar o’chib ketmasligi kerak.|
|Joylashtiriladigan ma’lumot|• To‘g‘ri shtrix-kod (SKU / FBS / FBO / ichki).
• Artikul, o‘lcham, rang — zarur bo‘lganda.
• To‘g‘ri belgilash (DataMatrix — agar kerak bo‘lsa).
• Eski/yaroqsiz yorliqlardan foydalanish yoki ularni qo‘lda tuzatish taqiqlanadi.|
|Rulonlarni saqlash|• Quruq xonada, quyosh va isitgichlardan uzoqda saqlang.
Harorat +10...+30 °C, namlik 70% gacha.
• Rulonlar chang va mexanik shikastlanishlardan himoyalangan bo‘lishi kerak.|
# 6.2 Yorliqni tayyorlash va chop etish
Tovarda ishlab chiqaruvchi tomonidan berilgan o‘qilishi mumkin bo‘lgan shtrixkod (EAN-13) bo‘lishi kerak. Agar tovaringizda shtrixkod bo‘lmasa yoki zavod shtrixkodi talablarga javob bermasa (yomon o‘qilsa, qadoq bilan yopilgan yoki shikastlangan bo‘lsa), yangi QR-kodlarni quyidagi usullardan biri orqali chop eting:
“Yetkazmalar” bo‘limidan:
- “Yetkazmalar” bo‘limiga o‘ting (1)
- Oldindan yaratilgan yetkazib berishni tanlang (2)
- “QR-kodlar” tugmasini bosing (3)
- QR-kod o‘lchamini va printer turini tanlang (oddiy printer yoki termoprinter) (4)
- QR-kodlar sonini tekshiring (5)
- “QR-kodni chop etish” tugmasini bosing. (6)


“Yorliqlar” bo‘limidan:
- “Yorliqlar” bo‘limiga o‘ting
- Kerakli tovarlarni tanlang
- Chop etish uchun miqdorni kiriting
- Chop etish parametrlarini belgilang
- QR-kodlarni chop eting

Yorliqni joylashtirish qoidalari:
- Qadoqning tekis, tor tomoniga joylashtiriladi
- Boshqa muhim elementlarni (yorliqlar, axborot belgilari) yopmasligi kerak
- Ikki qismli tovarlar uchun QR-kod / shtrixkod faqat tovarning asosiy qismiga (katta qiymatli) joylashtiriladi
- "Kiyim" toifasi uchun 2 ta QR-kod / shtrix-kod qo‘yish talab etiladi:
- qadoqda bitta;
- mahsulotning o‘zida (birka/yorliqda)
Agar Uzum Market yorlig‘idan foydalanilsa (chunki ishlab chiqaruvchining shtrixkodi allaqachon boshqa sotuvchi tomonidan band qilingan), uni ishlab chiqaruvchining dastlabki shtrixkodini butunlay yopadigan tarzda yopishtiring — aks holda skaner noto‘g‘ri ma’lumotlarni o‘qishi mumkin. Yelimlash sxemasi quyida keltirilgan.
Muhim: Markirovka qoidalarining buzilishi tovarni ombor tomonidan qabul qilmaslikka olib kelishi mumkin.
# 6.3 Yetkazib berish (yuborish aktini) yaratish
Tovarlar tayyorlangandan so‘ng (karta, SKU va yorliqlar yaratilganidan keyin) yetkazib berishni shakllantirish kerak.
1. “Yetkazmalar” bo‘limiga o‘ting (1), “Yaratish” tugmasini bosing va “Qo‘lda” variantini tanlang (2)
2. Mos keluvchi tovarlarning o‘lcham guruhi (gabarit guruhi)ni tanlang (3)


Muhim: Agar sizning assortimentingizdagi barcha tovarlar bitta gabarit guruhiga tegishli bo‘lsa (masalan, faqat KGT / OʻGT yoki faqat YGT), ushbu bosqich avtomatik tarzda bajariladi — to‘g‘ridan-to‘g‘ri 3-bosqichga o‘ting.
Muhim: Turli gabarit guruhlariga tegishli tovarlar uchun (masalan, OʻGT va YGT) har doim alohida yetkazib berish yaratilishi kerak.
3. Qidiruv orqali yoki qo‘lda umumiy ro‘yxatdan yetkazib berishga qo‘shmoqchi bo‘lgan tovarlarni tanlang (4)

Muhim: Bitta yetkazib berish bitta quti yoki palletaga to‘g‘ri keladi.
Muhim: Siz bitta yetkazib berishga maksimal 100 SKU qo‘shishingiz mumkin.
4. Tovarning tannarxini ko‘rsating (5) (xarid, logistika va boshqalar bo‘yicha xarajatlaringizni hisobga olgan holda) va yetkazib berish uchun birliklar sonini kiriting (6)
Muhim: Yetkazib berish yaratilgandan keyin tannarxni o‘zgartirib bo‘lmaydi.
Muhim: Ayrim tovarlar uchun yetkazib berish bo‘yicha tavsiyalar ko‘rsatilishi mumkin. Bunday tovarlarni ekranning yuqori qismidagi “Tovarlarni ko‘rish” tugmasi orqali ko‘rib chiqish va tanlash mumkin.
5. “Keyingi” tugmasini bosing (7), qulay bo‘lgan mavjud vaqtni tanlang (8) va “Tayyor” tugmasini bosib yetkazib berishni yakunlang (9).

Muhim: Yetkazib berish vaqtini yaratilish vaqtida emas, keyinroq tanlash mumkin. Bunda yetkazib berish saqlanadi, ammo tasdiqlangan vaqt oynasisiz (taymslot) omborga olib kelish mumkin emas — bunday yetkazib berish qabul qilinmaydi.
6. Saqlangandan so‘ng “Yuborish dalolatnomasi” (“Yuborish akti”) ni tanlang (10). Uni ikki nusxada chop eting: birini qutiga joylashtiring, ikkinchisini ustiga mahkamlab qo‘ying.

Muhim: Dalolatnomalar (aktlar) do‘kon menejeri tomonidan imzolanishi shart.
# 6.4 Yetkazib berish reglamenti: taymslotlar, qabul qilish, tafovutlar
Taymslotga rioya qilish — muvaffaqiyatli yuk jo‘natish uchun majburiy shart. Belgilangan vaqtdan oldin yoki keyin rasmiylashtirilgan yetkazib berishlar qabul qilinmaydi.
Asosiy qoidalar:
- Taymslotni yaratilgan yetkazib berish doirasida 3 martadan ortiq o‘zgartirish mumkin emas.
- Agar bir nechta yetkazib berishlarni bir vaqtda olib kelmoqchi bo‘lsangiz, siz bir xil taymslotni tanlashingiz kerak.
- Agar yetkazib berishni bekor qilishingiz kerak bo‘lsa — jarimadan qochish uchun buni taymslotdan 48 soat oldin bajaring.
Muhim: Faol taymslot mavjudligi sizning yetkazib berishingizning qabul qilinishini kafolatlaydi. O‘z vaqtida yoki tasdiqlanmagan yetkazib berishlar rad etilishi yoki kechiktirilishi mumkin.
Har bir yetkazib berish majburiy tarzda aktda ko‘rsatilgan ma’lumotlarga muvofiqligi bo‘yicha tekshiriladi.
Qabul qilish qanday amalga oshiriladi:
- Barcha yetkazib berishlar videokuzatuv ostida amalga oshiriladi.
- Tovar soni bo‘yicha tafovut aniqlansa, tafovutlar dalolatnomasi rasmiylashtiriladi. Uni qabul jarayoni tugagandan so‘ng shaxsiy kabinetdan yuklab olish mumkin.
- Agar siz dalolatnoma bilan rozi bo‘lmasangiz, 30 kun ichida partners@uzum.uz elektron manziliga e’tiroz yuboring.
Tafovutlar, haqiqiy yetkazilgan tovarlar yuk xatidagi ma’lumotlarga mos kelmaganda qayd etiladi. Bu tovar joylashtirishga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va omborga qo‘shimcha yuklama berishi mumkin.
| Turi bo‘yicha keng tarqalgan tafovutlar: | |
|---|---|
| Aralash tovar | Yetkazib berishda ko‘rsatilgan SKU haqiqiy yetkazilgan tovar SKU bilan mos kelmaydi. Bu boshqa model, rang, o‘lcham yoki butunlay boshqa mahsulot bo‘lishi mumkin. Aralash tovar avtomatlashtirilgan qabul va joylashtirishni buzadi hamda qoldiqlarni noto‘g‘ri ko‘rsatishga olib keladi. |
| ShK yo‘q / ShK shikastlangan | Mahsulotda QR kod/shtrixkod yo‘q, shikastlangan yoki o‘qilmayapti. Agar Uzum shtrixkodidan foydalanilsa, skanerlashda xatolarga yo‘l qo‘ymaslik uchun uni ishlab chiqaruvchining asl kodi ustiga yopishtirish va to‘liq yopishtirish kerak. Bunday hollarda tovarni avtomatik identifikatsiyalash mumkin emas va qo‘lda qayta ishlash talab etiladi. |
| Brak / nuqsonli tovar | Tovar yoki uning qadoqlanishi sotuv talablariga mos kelmaydigan holatda omborga kelgan: shikastlangan, tirnalgan, ifloslangan, ishlatilgan izlari bor yoki qadoq buzilgan.Bunday tovarlar joylashtirilmaydi va qo‘shimcha tekshiruv yoki qaytarib olishni talab qiladi. |
| Markirovka xatosi (ASL belgisi / IMEI) | Majburiy markirovka talab qilinadigan tovarlar (elektronika, kiyim-kechak, texnika va boshqalar) kerakli markirovkasiz, shikastlangan, noto‘g‘ri, dublikat yoki soxta markirovkalar bilan yetib keladi. |
| Ortiqcha tovar | Ortiqcha — bu holat, haqiqatda yetkazilgan tovar miqdori yuk xatida ko‘rsatilgan miqdordan ortiq bo‘lsa. Masalan, yuk xatida 20 dona futbolka ko‘rsatilgan, lekin sanaganda 25 ta bo‘lsa — 5 tasi ortiqcha hisoblanadi. |
| Yetishmovchilik | Haqiqatda yetkazib berishda ko‘rsatilganidan kam tovar yetkazib berilgan. Farq kutilgan va haqiqatda qayta hisoblangan miqdorni solishtirish asosida avtomatik ravishda qayd etiladi. |
| Boshqa | Yuqoridagi toifalarga kirmaydigan, ammo tovarni joylashtirishga to‘sqinlik qiluvchi barcha boshqa muammolar. |
Muhim: Har bir aniqlangan muammo yagona tarif bo‘yicha — tovar birligi uchun 2500 so‘m miqdorida belgilanadi.
Tarifikatsiya qoidalari:
- Tarif har bir SKU bo‘yicha tafovutlarning barcha turlariga qo‘llaniladi
- Muammoli birliklar soni belgilangan stavkaga ko‘paytiriladi
- Hisob-kitob ombor xodimlari tomonidan muammolar hal etilgandan so‘ng, har bir yetkazib berish bo‘yicha batafsil ma’lumot bilan avtomatik ravishda amalga oshiriladi
Tariflash mexanizmi qanday ishlashini tushunishingiz oson bo‘lishi uchun quyida uchta tovarni o‘z ichiga olgan yetkazib berishning yaqqol misolini keltirdik.
| Tovar nomi | Da’vo qilingan (dona) | Fakt (dona) | Muammo turi | Muammoli birliklar |
|---|---|---|---|---|
| Quloqchinlar Bluetooth | 10 | 11 | Ortiqcha | 1 (tovarning ortiqcha birligi) |
| Quvvatlash qurilmasi | 10 | 9 | Kamchilik | 1 (tovar yetishmayapti) |
| Telefon uchun g‘ilof | 10 | 7 | 2 dona shikastlangan SHK bilan, 1 dona qayta saralangan Kamomad | 1 (aralash) 2 (shikastlangan shk) 1 (ko‘rsatilganidan kamroq, chunki qayta sanashda 9 - bu telefon uchun g‘ilof) |
| Telefon | 10 | 0 | Aralash 10 dona Kamomad | 10 (aralash) |
Umumiy summa = Muammoli birliklar soni × Har bir birlik uchun tarif
Bizning holatimizda yuk xati bo‘yicha olsak, 4 ta jarimani hisobdan chiqaramiz:
Ortiqcha uchun jarima: 2500 (1* 2500) (quloqchinlar)
Kamomad uchun jarima: 27 500 = 12500 (zaryadlash qurilmasi) + 12500 (telefon g‘ilofi) + 10*2500 (telefon)
Shikastlangan shk uchun jarima: 5000 (2*2500)
Aralashni o‘zgartirganlik uchun jarima: 27 500 = 11* 2500 (aniq tovarga taalluqli emas)
Jami: 65 000
Qabul qilishdagi nomuvofiqliklar uchun to‘lovlarni qayerdan topish mumkin
Har bir yetkazib berish qabul qilingandan va xatolar qayd etilgandan so‘ng, sotuvchi hisob-kitoblar va nomuvofiqliklar sabablari haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘ladi. Uni shaxsiy kabinetning quyidagi bo‘limlaridan topishingiz mumkin.
Yetkazib berish tafsilotlari
Shaxsiy kabinetga kiring → Yetkazib berishlar → FBO → Yetkazib berish raqami
Bu yerda quyidagilarni ko‘rasiz:
- Yetkazib berilayotgan barcha SKU ro‘yxati;
- har bir muammoli pozitsiya uchun — xato turi;
- nomuvofiqliklar bilan biriktirilgan qabul qilish dalolatnomasi.
📍 Bu xatoliklarni tezda ko‘rishingiz mumkin bo‘lgan asosiy joy.
Qabul qilish dalolatnomalari bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa yoki aniqlik kiritishni xohlasangiz:
- nima uchun aniq bir xatolik yuz berdi?;
- kelajakda muammoni to‘g‘rilash mumkinmi?;
- omborga joylashtirilmagan tovarlarni qanday qilib qaytarib olish mumkin (masalan, yaroqsizligi, markirovkasi yo‘qligi yoki ortiqchaligi tufayli);
— shaxsiy kabinetingiz orqali biznesni qo‘llab-quvvatlash chatiga murojaat qiling. (opens new window)
# 6.5 Tovarni omborga topshirish uchun tayyorlash
Jo‘natishdan oldin tovarlarni to‘g‘ri tayyorlash kerak, shunda ular tezda qabul qilinadi va aralash yoki muammoli bo‘limga tushmaydi.
Nima qilish kerak:
- Tovarlarni SKU bo‘yicha tartiblang.
- Har bir tovarni miqdori va tarkibi bo‘yicha yetkazib berish ro‘yxatiga mosligini tekshiring.
- Tovarlarni qutilar yoki palletalarga yetkazib berish ro‘yxatiga muvofiq joylashtiring. Bitta quti yoki palletada faqat shu ro‘yxatda ko‘rsatilgan tovarlar va ularning miqdori bo‘lishi kerak.
Qadoqlash:
Qutidagi tovarlar mahkam joylashtirilgan bo‘lishi kerak. Himoya materiali sifatida havo pufakli plyonka, gofrokarton va boshqalardan foydalaning.
Qutidagi tartib:
- Har xil tovarlarni bitta qutiga joylashtirish mumkin, agar ular SKU bo‘yicha aniq ajratilgan bo‘lsa (paketlar, rezinalar, bo‘luvchilar orqali).
- Tovarlarni aralashtirish taqiqlanadi — bunday quti qaytarib yuboriladi.
- Har bir tovar guruhiga ularning soni ko‘rsatilgan stiker biriktiring.
# 6.6 Tovarni omborga yuborish
# Fulfillment markazi ombori
Manzil: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Sergeli tumani, Eshonbuloq QFY (MFY), Xonabod ko‘chasi, 2/2-uy.
Yo‘nalish: “Uzum” peshtaxtasi, geolokatsiyadan (opens new window) foydalaning.
Ish grafigi: KGT, OʻGT va YGT tovarlarini qabul qilish: har kuni 06:00 dan 00:00 gacha.
# Sergeli ombori
Manzil: Toshkent shahri, Sergeli tumani, Eski Sergeli dahasi, Nilufar ko‘chasi, 77/7-uy.
Yo‘nalish: “Uzum” peshtaxtasi, geolokatsiyadan (opens new window) foydalaning.
Ish grafigi: Faqat qaytarilgan tovarlarni berish: har kuni 09:00 dan 21:00 gacha.
# Sotuvchilar uchun marketpleys omborlarida bo‘lish qoidalari
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish, xavfsizlik va omborlarning barqaror ishlashini ta’minlash uchun: TALAB ETILADI
- Xavfsizlik va ombor logistikasi xodimlarining ko‘rsatmalarini qat’iy bajarish
- Omborlar hududida, ajratilgan uchastkalar va harakat yo‘nalishlarida harakatlanish, omborda amal qiladigan yo‘l belgilariga va tezlik cheklovlariga rioya qilish
- Tovarni qabul qilish-topshirishda navbatga rioya qilish
- Oldindan qadoqlangan tovarni tegishli idishda va qadoqda hamda shtrixkodlar yopishtirilgan holda olib kelish
- Tovarlar qabul qilib-topshirilgandan keyin omborlar hududini o‘z vaqtida tark etish
- Faqat maxsus ajratilgan joylarda chekish
TAQIQLANADI
- Spirtli ichimliklar va giyohvand moddalar ta’siri ostida omborxona hududiga kirish yoki o‘tish
- Bolalar bilan, spirtli ichimliklar va giyohvand moddalar ta’siri ostida bo‘lgan, aqli zaif shaxslar hamrohligida omborxona hududiga kirish yoki o‘tish
- Omborlar binosi ichiga kirish, omborlar logistikasi rahbarlari taklif etgan hollar bundan mustasno
- Sotuvchilarning yurishi yoki o‘tishi uchun mo‘ljallanmagan hududda harakatlanish
- Tovarni idishga qadoqlash va tovarlarga shtrixkodlar yopishtirish
- Omborlar hududida foto va video suratga olish
- Ovqatlanish, axlat tashlash va avtotransportda baland ovozda musiqa tinglash
RUXSAT ETILADI
- Ombor hududiga1 kishi - haydovchi yoki 18 yoshga to‘lgan va yukni tushirish va ortishda yordam ko‘rsatuvchi shaxs hamrohligida kirish yoki o‘tish
- Tovarlarni yetkazib berish va jo‘natish maqsadida ishonchnoma asosida omborga kelgan sotuvchining vakolatli shaxsining kirishi yoki o‘tishi - mazkur qoidalar bilan albatta oldindan tanishib chiqqan holda
- Sanitariya va gigiyena tartib-taomillari uchun sotuvchilar uchun mo‘ljallangan xonalardan foydalanish
- Suv va gazlangan ichimliklarni iste’mol qilish, spirtli ichimliklar bundan mustasno
- Sog‘liq yomonlashganda shoshilinch yordam olish uchun omborlarda ishlaydigan tibbiyot xodimlariga murojaat qilish
Sotuvchi yoki uning ishonchli vakili tomonidan mazkur qoidalar buzilgan taqdirda, marketpleys sotuvchiga bildirishnoma yuborishi mumkin va keyinchalik omborxona hududiga kiritmaslik huquqini o‘zida saqlab qoladi. Bunda tovarlarni olish bo‘yicha masalalar marketpleysning mas’ul xodimlari bilan yakka tartibda hal etiladi.
# 6.7 Tоvarni оmbоrda saqlash shartlari
FBO sxemasi bo‘yicha ishlaganda, siz tovarlarni bizning omborimizga yetkazib berasiz, u yerda biz ularning saqlanishini va keyinchalik buyurtma berish punktlariga yoki bevosita mijozga yetkazib berilishini ta’minlaymiz. Tovarlarni saqlash katta xarajatlar bilan bog‘liq bo‘lib, ular omborxonalarni ijaraga olish, tovarlarni qabul qilish, joylashtirish va boshqa jarayonlar uchun mas’ul bo‘lgan xodimlar mehnatiga haq to‘lash bilan bog‘liq. Shu munosabat bilan tovarlarni omborda saqlash tarifikatsiya qilinishi mumkin. Biroq, agar tovarning aylanuvchanligi yaxshi bo‘lsa, bu ko‘rsatkich saqlanib turgunga qadar uni saqlash uchun to‘lov hisoblanmasligi mumkin. Quyida bu qanday ishlashini batafsil bayon qilamiz.
# Pullik va bepul saqlash
Tovarlarni omborda saqlash uchun to‘lov borligi yoki yo‘qligi aylanmaga bog‘liq. Aylanma — bu sotuvlarning hozirgi paytdagi hajmida, ombordagi qoldiqlar tugaydigan o‘rtacha vaqt miqdori.
Aylanma qanday hisoblanadi
Aylanma kunlarining soni = Oxirgi 15 kun ichidagi o‘rtacha kunlik qoldiqlar (dona) / Oxirgi 15 kun ichidagi o‘rtacha kunlik savdo (dona)
Bepul saqlash
- Yangi SKU’lar quyidagi toifalarda:
- Kiyim, poyabzal va aksessuarlar → sotuvga chiqqan paytdan boshlab dastlabki 60 kun
- FMCG toifasidagi ayrim yangi SKU’lar → sotuvga chiqqan paytdan boshlab dastlabki 60 kun (toifalar ro‘yxati 2-ilovada keltirilgan)
- Boshqa yangi SKU’lar → sotuvga chiqqan paytdan boshlab dastlabki 30 kun
- Aylanmasi ≤ 60 kun bo‘lgan qoldiqlar (barcha tovar toifalari uchun)
Bepul saqlash namunasi
Faraz qilaylik, so‘nggi 15 kun ichida ombordagi o‘rtacha kunlik qoldiqlar 1000 birlikni, xuddi shu davrdagi o‘rtacha kunlik sotuvlar esa 20 birlikni tashkil etdi. U holda aylanma 1 000/20 = 50 kunni tashkil etadi. Bunday ko‘rsatkich bilan omborda saqlash bepul bo‘ladi.
Pullik saqlash
- Aylanmasi 60 kundan yuqori bo‘lgan, va sotuvda 30 kundan ko‘proq vaqt oldin paydo bo‘lgan SKU’lar uchun*
Pullik saqlash namunasi
Faraz qilaylik, yetkazib berish omborga kelgandan so‘ng 31-kuni omborda 350 dona tovar qolgan. Oxirgi 15 kun davomida o‘rtacha ombordagi qoldiq 390 dona, o‘rtacha kunlik sotuv esa 5 donani tashkil etgan. Unda aylanma muddati 390 / 5 = 78 kun bo‘ladi. Bu 60 kundan katta bo‘lgani uchun saqlash pullik hisoblanadi.
❗Aylanma va saqlash uchun to‘lov har kuni qayta hisoblanadi. Agar bugun omborda 350 dona tovar bo‘lsa — shu kunda 350 dona uchun saqlash to‘lovi hisoblanadi. Agar ertaga tovar miqdori 5 donaga kamayib 345 dona qolsa — o‘sha kunda 345 dona uchun to‘lov hisoblanadi.
*Aylanmaning qiymatlari katta tarafga qarab, kunlargacha yaxlitlanadi.
Aylanmani qanday boshqarish mumkin
Agar tovaringiz pullik saqlashga tushsa — aksiyalarda faolroq ishtirok etishni, narxlarni pasaytirishni va marketpleys vositalaridan foydalanishni tavsiya etamiz. Yana ombordan tovarni qaytarishni rasmiylashtirish mumkin. (7.5 Ombordan tovarlarni qaytarish (opens new window))
Saqlash qanday tekshiriladi
Tovar pullik saqlashga tushishini, sotuvchining shaxsiy kabinetida tovarlar bo‘limida ko‘rish mumkin. Tovarning kartochkasida holat ko‘rinadi, bosilganda esa aylanma bo‘yicha hisob-kitoblar ochiladi.

# Pullik saqlash tariflari
Tarif miqdori aylanmaga, shuningdek, tovarning litrdagi hajmiga bog‘liq:
❗Tovar hajmi litrda quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi: (uzunligi, mm x eni, mm x balandligi, mm) ÷ 1,000,000. Gabaritlar (VGT) va tovar gabaritlarini qanday to‘g‘ri o‘lchash haqida batafsil ma’lumotni bu yerda ko‘rishingiz mumkin.
01.06.2026-yildan boshlab tarif.
Standart tarif
| Aylanma | Tarif |
|---|---|
| 0-60 kun | bepul |
| 61-180 kun | har bir litr uchun kuniga 12 so‘m |
| 181-360 kun | har bir litr uchun kuniga 18 so‘m |
| 361 kun va undan ko‘p** | har bir litr uchun kuniga 24 so‘m |
| maksimal tarif | har bir tovar uchun kuniga 5 000 so‘m |
Maxsus tariflarga ega toifalar uchun tarif (2-ilova varag‘iga qarang)
| Aylanma | Tarif |
|---|---|
| 0-60 kun | bepul |
| 61-180 kun | har bir litr uchun kuniga 12 so‘m |
| 181-360 kun | har bir litr uchun kuniga 14 so‘m |
| 361 kun va undan ko‘p** | har bir litr uchun kuniga 18 so‘m |
| maksimal tarif | Har bir tovar uchun kuniga 3 000 so‘m |
*hajm (litr) butun songacha yaxlitlanadi, masalan:
1,6 litr -> 2 litr
5,2 litr -> 6 litr
104,3 litr -> 105 litr
Agar SKU so‘nggi 15 kun ichida savdo qilmagan bo‘lsa — u "361 kun va undan ko‘proq" guruhiga kiradi. Saqlash uchun to‘lovni hisoblash va hisobdan chiqarish har kuni amalga oshiriladi va sotuvchining shaxsiy kabinetida ko‘rsatiladi.
Ilova 1. Tarifi pasaytirilgan toifalar
| Toifa (1-daraja) | Quyi toifa (2-daraja) |
|---|---|
| Aksessuarlar | Tog‘ chang‘i aksessuarlari |
| Ayollar aksessuarlari | |
| Diniy aksessuarlar | |
| Sayohat uchun aksessuarlar | |
| Erkaklar aksessuarlari | |
| Bolalar kiyimi va poyabzali | O‘g‘il bolalar uchun kiyimlar |
| O‘g‘il bolalar uchun aksessuarlar | |
| Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun kiyim | |
| O‘g‘il bolalar uchun poyabzal | |
| Qiz bolalar uchun aksessuarlar | |
| Qiz bolalar uchun poyabzal | |
| Qiz bolalar uchun kiyimlar | |
| Poyabzal | Poyabzal uchun aksessuarlar |
| Ayollar poyabzali | |
| Erkaklar poyabzali | |
| Kiyim | Ayollar kiyimi |
| Erkaklar kiyimi | |
| Avtotovarlar | Aksessuarlar va buyumlar |
| Qurilish va ta’mirlash | Qoplama materiallari |
| Uy-ro’zg’or buyumlari | Tekstil |
| Oshxona buyumlari | |
| Elektronika | Elektronika uchun aksessuarlar |
2-ilova — Yangi stokni bepul saqlash muddati uzaytirilgan toifalar
| Toifa (1-daraja) | Quyi toifa (2-daraja) | Yangi stok uchun bepul saqlash muddati (kun) |
|---|---|---|
| Aksessuarlar | ||
| Tog‘ chang‘isi aksessuarlari | 60 | |
| Ayollar aksessuarlari | 60 | |
| Diniy aksessuarlar | 60 | |
| Sayohat uchun aksessuarlar | 60 | |
| Erkaklar aksessuarlari | 60 | |
| Bolalar kiyimi va poyabzali | ||
| O‘g‘il bolalar uchun kiyimlar | 60 | |
| O‘g‘il bolalar aksessuarlari | 60 | |
| Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun kiyim | 60 | |
| O‘g‘il bolalar uchun poyabzal | 60 | |
| Qiz bolalar uchun aksessuarlar | 60 | |
| Qiz bolalar uchun poyabzal | 60 | |
| Qiz bolalar uchun kiyimlar | 60 | |
| Poyabzal | ||
| Poyabzal uchun aksessuarlar | 60 | |
| Ayollar poyabzali | 60 | |
| Erkaklar poyabzali | 60 | |
| Kiyim | ||
| Ayollar kiyimi | 60 | |
| Erkaklar kiyimi | 60 | |
| Maishiy kimyo | ||
| Tozalash va yuvish vositalari | 60 | |
| Kir yuvish vositalari | 60 | |
| Qog‘oz mahsulotlari | 60 | |
| Bolalar tovarlari | ||
| Oziq-ovqat mahsulotlari | 60 | |
| Gigiyena va tagliklar | 60 | |
| Bolalar xonasi | 60 | |
| O‘yinchoqlar va o‘yinlar | 60 | |
| Aravachalar va avtomobil o‘rindiqlari | 60 | |
| Onalar uchun tovarlar | 60 | |
| Bolalar ovqati | 60 | |
| Salomatlik | ||
| Optika | 60 | |
| Sog'lom ovqatlanish | 60 | |
| Tibbiy asboblar | 60 | |
| Uqalagich va massaj uskunalari | 60 | |
| Hayvonlar uchun tovarlar | ||
| Kemiruvchilar uchun | 60 | |
| Mushuklar uchun | 60 | |
| Baliqlar va reptiliyalar uchun | 60 | |
| Gigiyena | 60 | |
| Veterateka | 60 | |
| kuchuklar uchun | 60 | |
| Qishloq xo‘jaligi hayvonlari uchun | 60 | |
| Qushlar uchun | 60 | |
| Kanselyariya tovarlari | ||
| Yozuv qurollari | 60 | |
| Qogʻoz mahsulotlari | 60 | |
| Maktab va oʻqish uchun tovarlar | 60 | |
| Chizmachilik anjomlari | 60 | |
| Jildlar va fayllar | 60 | |
| Namoyish taxtasi | 60 | |
| Stol podstavkalari va tashrif qogʻozlari | 60 | |
| Kalkulyatorlar | 60 | |
| Kitoblar | ||
| Xorijiy tillardagi adabiyotlar | 60 | |
| Badiiy adabiyot | 60 | |
| Badiiy bo‘lmagan adabiyot | 60 | |
| O‘quv adabiyotlari | 60 | |
| Bolalar va ota-onalar uchun | 60 | |
| Diniy kitoblar | 60 | |
| Go‘zallik va parvarish | ||
| Koreya kosmetikasi | 60 | |
| Pardoz | 60 | |
| Manikyur va pedikyur | 60 | |
| Professional kosmetika | 60 | |
| Tana parvarishi | 60 | |
| Soch parvarishi | 60 | |
| Atir | 60 | |
| Shaxsiy gigiyena | 60 | |
| Aromaterapiya | 60 | |
| Sport va hordiq | ||
| Futbol | 60 | |
| Elektr transporti | 60 | |
| Erkin vaznlar | 60 | |
| Velosport | 60 | |
| Tennis va badminton | 60 | |
| Roliklar, skeytlar va samokatlar | 60 | |
| Turizm, baliq ovi va ovchilik | ||
| Baliq ovi | 60 | |
| Turizm va tabiat qo‘ynida dam olish | 60 | |
| Chodirlar, tentlar va shatyorlar | 60 | |
| Xobbi va ijod | ||
| Rasm chizish | 60 | |
| Haykal yasash | 60 | |
| Rasmlar, suratlar, otkritkalar yaratish | 60 | |
| Musiqa asboblari | 60 | |
| Avtotovarlar | ||
| Aksessuarlar va anjomlar | 60 | |
| Klimat | ||
| Pardozlash materiallari | 60 | |
| Uy-roʻzgʻor buyumlari | ||
| Tekstil | 60 | |
| Oshxona buyumlari | 60 | |
| Elektronika | ||
| Elektronika uchun aksessuarlar | 60 |
*Aylanish qiymatlari katta tomonga qarab kungacha yaxlitlanadi.
# 6.8 Yo'qotilgan yoki shikastlangan tovarlar uchun kompensatsiya
# 1. Uzum Market aybi bilan yo'qolgan yoki shikastlangan tovarlarning o'rnini qanday to'laymiz
Ushbu bo'limda biz Uzum Market marketpleysi mas'ul bo'lgan, yo'qolgan yoki shikastlangan tovarlarni qoplash tartibini tavsiflaymiz.
Bu ko‘plab bo‘limlarning muvofiqlashtirilishini talab qiluvchi qiyin jarayon bo‘lib, sizni ishontirib aytmoqchimizki, Uzum Market tomonidan yetkazilgan barcha shikastlangan yoki yo‘qolgan tovarlar kompensatsiya qilinadi. Kompensatsiya va uni to'lash jarayoni Ofertaning 6.11-bandiga muvofiq, siz tomoningizdan yozma da'vo olingan kundan boshlab 60 kun davom etadi. Ko‘rsatib o‘tilgan muddat bir marta ko‘pi bilan 10 (o‘n) kalendar kunga uzaytirilishi mumkin.
Kompensatsiya reglamentining tafsilotlari maxfiylikka bog'liq, ammo umumiy ma'noda biz buni tavsiblab berishimiz mumkin:
To'ldirilgan da'vo shablonini Word formatida va imzolangan qo'shimcha shartnomani yuborish kerak. Shikoyatingizni elektron shaklda Biznesni qo'llab-quvvatlashga yoki shaxsiy menejerga yuborish kerak. Qo‘shimcha shartnomani Uzum Marketining bosh idorasiga olib kelish kerak.
Tovarlarni qidirishni boshlash uchun da`vodan olingan ma'lumotlar omborga yuboriladi.
Barcha hujjatlar qabul qilingandan va ma'lumotlar omborga yuborilgandan so'ng, kompensatsiya jarayoni boshlangan deb hisoblanadi.
Audit va tahlil bo'limi tovarlarning yo'qolganini va/yoki shikastlanganini tekshiradi va tasdiqlaydi.
Audit-tahlil bo'limining qarori xavfsizlik xizmati tomonidan kelishiladi.
Ariza Bosh direktorga imzolash uchun yuboriladi.
Jarayon tugagandan so'ng, kompensatsiya to'lash uchun ma'lumotlar moliya bo'limiga yuboriladi, u yerda sizga kompensatsiya uchun pul to'lanadi.
Ko'rib turganingizdek, umumiy nuqtai nazardan ham, jarayon tez ko'rinmaydi. Har bir bosqich vaqtga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan ko'plab xususiyatlarni o'z ichiga oladi. Biroq, biz har bir kompensatsiya ko'rib chiqilishi va to'lanishiga kafolat beramiz.
To'ldirish uchun shablonlarni quyidagi havolalarda topishingiz mumkin: Kompensatsiya uchun davo, Qoshimcha shartnoma.
Barcha qo'shimcha ma'lumotlar uchun Biznesni qo'llab-quvvatlashga (opens new window) yoki shaxsiy menejeringizga murojaat qiling.
# 2. Kоmpensatsiyaning yakuniy summasi qanday hisоblanadi
Bizning aybimiz bilan seller mоl-mulki yo’qоlgan, etishmayotgan yoki shikastlangan taqdirda biz quyida keltirilgan fоrmulaga muvоfiq kоmpensatsiya taqdim qilamiz
Kоmpensatsiya summasini quyidagi fоrmula bo’yicha hisоblaymiz:
O’rnini to’ldirish miqdоri = Tоvarning haqiqiy narхi − Marketpleys kоmissiyasi
Haqiqiy narхni aniqlash uchun quyidagilarga tayanamiz:
Охirgi 30 kalendar kun uchun o’rtacha sоtuv narхi;
Охirgi 90 kalendar kun uchun o’rtacha sоtuv narхi – agar bir оyda sоtuvlar bo’lmagan bo’lsa;
Sоtishning охirgi narхi – agar sоtuvlar 3 оyda ham bo’lmagan bo’lsa
Shaхsiy kabinetdan jоriy narх – agar sоtuvlar hоzircha umuman bo’lmagan bo’lsa.
Agar seller tоmоnidan narх оshirilganligiga shubha tug’ilgan bo’lsa, biz Uzum maydоnchasida va bоshqa оnlayn-maydоnchalarda bоshqa sоtuvchilarda shunga o’хshash tоvarlar bilan tоvar narхini sоlishtirish va tоvarning haqiqiy narхi sifatida raqоbatchilarning o’rtacha narхidan fоydalanish huquqini o’zimizda qоldiramiz.
Sug‘urta hodisasi deb tan olingan seller mol-mulki yo‘qolgan, yetishmayotgan yoki shikastlangan taqdirda, sotuvchi shaxsiy kabinetida qabul qilish-topshirish dalolatnomalarida ko‘rsatilgan summaga muvofiq kompensatsiya taqdim etamiz.
Kompensatsiyaga ariza uchun minimal umumiy summa — 500 000 so‘m. Agar marketpleys bilan shartnomani bekor qilsangiz, bu cheklov amal qilmaydi.
# 6.9 Tоvarlarni tayyorlash markazi
Tоvarlarni tayyorlash markazi manzili:
O’zbekistоn Respublikasi, Tоshkent sh., Sergeli tumani, BN ("Mоy-ka" avtо-mоbillarni yuvish shahоbchasi yonida) va "UZUM" yozuviga qarab yo’nalish оling.
Geоlоkatsiya (opens new window) va "UZUM" yozuviga qarab yo’nalish оling.
Tоvarlar TTM da har kuni sоat 09:00 dan 21:00 gacha qabul qilinadi
Bizning hamkоrlarimiz eng asоsiy narsa – o’z mahsulоtini yaхshilashga e’tibоrini qaratish uchun biz o’zimizning Tоvarlarni tayyorlash markazimiz (TTM) ni tashkil etdik. Markaz quyidagi singari vazifalarni tez, samarali va kichik haq evaziga yopadi:
- Tоvarlarni tekshirish va sifatini nazоrat qilish;
- Tоvarlarni brifga muvоfiq o’rash;
- Shtriхkоd va leybllarni tushirish;
- Tоvarni qabul qilish uchun barcha zarur hujjatlarni tayyorlash, yukхatni yaratish.
- Tоvarni оmbоrga tоpshirish;
- Оmbоrdan оlib qo’yish, хatоli tоvarlarni tekshirish va tuzatish;
- Tоvarlarni markirоvka qilish (tоvarlar bo’yicha sizning QR-kоdlarni elimlash).
Ish bоsqichlari
- Brif-arizani (opens new window). to’ldirish. Buning uchun havоla (opens new window) bo’yicha jоylashgan hujjatdan nusхa оlish, uni to’ldirish va menejerga (opens new window) jo’natish.
Brifni to’ldirish bo’yicha batafsil yo’riqnоma bo’yicha jоylashtirilgan havоla (opens new window).
- Etkazib berishning (opens new window) usullaridan birini qo’llagan hоlda tоvarni TTM ga jo’nating (o’zbekistоn Respublikasi, Tоshkent sh., Mirоbоd tumani .yangi Qo’yliq ko’chasi, 22). Tоvarni TTM ga jo’natish uchun yukхatni yaratish va taymslоtni tanlash talab qilinmaydi.
- Etkazib berishning har qanday usulida quti ustida bоg’lanish uchun ma’lumоtlarni ko’rsating: etkazib beruvchining F.I.О., umumiy miqdоrdan qutining tartib raqami (masalan, 1/2 va 2/2) va tоvar tayyorlash markazi uchun ekanligi to’g’risidagi belgi.
- Chiqarilgan hisоbvaraqni to’lang. Хizmatlar bajarilganidan keyin hisоbvaraq didox.uz da chiqarib beriladi. Tоvar to’lоv kelib tushganidan keyin sоtuvga kelib tushadi. Tоvarlarni Tayyorlash Markazi хizmatlarini bank kartasi, shu jumladan kоrpоrativ karta оrqali to’lash mumkin. Hisоb raqam оrqali to’lоv 1 000 000 so’mdan оrtiq хizmatlar summasida mumkin ekanligiga e’tibоringizni qarating
Muhim! TTM da ishlоv berilganidan keyin tоvar оmbоrga to’liq hajmda beriladi, shuning uchun yuklab оrtish vaqtida har bir pоzitsiya bo’yicha hammabоp limitlarni hisоbga оlish lоzim. Agar etkazib berishda tоvarlarning ruхsat berilgan miqdоri оshgan bo’lsa, tоvar оrtiqchasi muammоli bo’limga jo’natiladi.
TTM ish shartlari to’g’risidagi batafsilrоq ma’lumоtlar packing.uzum.uz (opens new window). Saytida jоylashtirilgan.
TTM ishlashi bo’yicha savоllar bilan siz o’zingizning shaхsiy kabinetdagi chatda (opens new window) murоjaat qilishingiz mumkin.
Остались вопросы? Напишите в Telegram. (opens new window)