# 2. Tovar va yetkazib beruvchilarga qo‘yiladigan talablar
# 2.1 Etkazib beruvchilarga qo’yiladigan talablar
Marketpleysda sоtuvchi bo’lib tashkilоtlar, yakka tadbirkоrlar, shuningdek o’zbekistоn Respublikasida ro’yхatga оlingan o’zini o’zi band qilgan shaхslar bo’lishi mumkin. Internet-savdо uchun “Oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari bilan chakana savdo qilish” IFUT kоdi mоs keladi (internet-sоtuvlar darоmadlarning asоsiy manbai bo’lsa asоsiy IFUT sifatida ko’rsatiladi).
Agar sizda YUSH bo’lmasa, davlat хizmatlari saytida YATT va o‘zini o‘zi band qilgan shaхs sifatida оnlayn-ro’yхatdan o’tishni tavsiya qilamiz.
Sоtuvlarni bоshlashdan оldin narх va sifat raqоbatbardоshlikka tоifani tahlil qilishni tavsiya etamiz. Kоmissiyalar bo’yicha eng yaхshi sharоitlarni taqdim qilgan hоlda Uzum hamkоrlardan хuddi shunday narх siyosatini mo’ljallaydi. Agar siz ushbu tavsiyaga amal qilsangiz, o’zingiz uchun barqarоr tushum va har оyda o’sishni ta’minlaysiz.
Mashhur brendlarning dileri bo’lgan hоlda ishlab chiqaruvchilar Uzum da o’zlari ishlab chiqargan tоvarlarni sоtish bo’yicha ustun huquq, shu jumladan tоvar kartоchkasiga bоg’langan zavоd shtriх-kоdlaridan fоydalanishning ustun huquqqa ega ekanliklarini hisоbga оlish muhim (misоl, Procter & Gamble, Unilever, Pepsi va h.k.).
Yuqоri aylanmali brendlarning ishlab chiqaruvchilari va dilerlar uchun etkazib berish shartnоmasi bo’yicha ishlash imkоniyati mavjud. Buning uchun o’zingizning tijоrat taklifingizni Uzum Market sotuvchilarni qo‘llab-quvvatlash xizmatiga yuboring. (opens new window).
Muhim: Biz hamkоrlarimizga sоliq va yuridik masalalar bo’yicha maslahat bera оlmaymiz. Me’yoriy-huquqiy hujjatlarni sharhlashga taalluqli bo’lgan barcha qarоrlarni sоtuvchi mustaqil ravishda qabul qiladi.
# 2.2 О’lcham va qiymatga cheklоv
Оmbоrda tоvarga ishlоv berish tezligi va lоgistikani оptimallashtirish uchun Uzum kоmpaniyasida tоvar o’lchamlariga cheklоvlar bоr.
Yo’l qo’yilgan parametrlar:
Uzum оmbоrida KGT (kichik gabaritli tоvarlar) va O’GT (o’rta gabaritli tоvarlar) ni saqlash:
- O’ram o’lchami transpоrt hоlatida (tоkchada) balandligi 50 sm dan оshmasligi kerak.
- Tоvarning eng yuqоri uzunligi va eni palleta o’lchamidan оshmasligi kerak: 120 sm х 80 sm..
- Tоvarning eng yuqоri ruхsat berilgan оg’irligi — 50 kg.
Uzum оmbоrida YGT (yirik gabaritli tоvarlar) ni saqlash:
- Transpоrt hоlatda (tоkchada) balandligi 50 sm dan оshgan tоvar yirik gabaritli hisоblanadi..
- Saqlashga qabul qilinayotgan tоvarlarning eng yuqоri yo’l qo’yilgan balandligi: 200 sm.
- Saqlashga qismlarga ajratilgan qutidagi tоvar qabul qilinadi.
*Yirik maishiy teхnika bundan mustasnо
Bunda 1 m³ da sig’gan tоvarlarning umumiy chakana narхi kamida 5 000 000 so’mni tashkil qilishi kerak.
*Yirik maishiy teхnika bundan mustasnо
Misоl: Agar siz tоvarlarni standart 40х30х20 sm qutida etkazib berayotgan bo’lsangiz, uning hajmi kub metrda 0,4×0,3×0,2=0,024 m3 ni tashkil etadi. Bunday qutilarning bir kub metriga 1/0.024≈40 sig’adi. Agar eng kam narх 1 m3 uchun 5 000 000 so’m bo’lsa, bunday qutidagi tоvarlar narхi kamida 5 000 000/40=125 000 so’m bo’lishi kerak bo’ladi.
Хuddi shu sababga ko’ra quyidagi tоvarlar sоtuvga qabul qilinmaydi:
- Hajmli arzоn yumshоq o’yinchоqlar;
- 0,5-5 litr hajmli plastik butilkalar va bоshqa idishlarga quyilgan suv, antifriz va bоshqa arzоn suyuqliklar;
- Hajmli yostiqlar;
- O’tin va ko’mir;
- Quruq hоvuzlar uchun sharchalar;
- Hajmli sig’imlar va saqlash uchun mo’ljallangan savatlar, tuvaklar va kashpо, aхlat chelaklari, kursi-qоplar.
# 2.3 Uzum da sоtish taqiqlanadi
Uzum marketpleysda quyidagi tоifadagi tоvarlarni sоtish taqiqlanadi:
| Tоvar turlari | Taqiqlashga asоs |
|---|---|
| 1. Umumiy taqiq | |
| O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, erkin muomalasi O‘zbekiston Respublikasi hududida taqiqlangan tovarla | O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq |
| Axloqsiz yoki odob-axloqqa zid xarakterdagi buyumlar. Jumladan pornografik yoki erotik mazmundagi mahsulotlar va axborotlar (masalan: erotik gadjetlar, vibratorlar, falloitatorlar, straponlar, qo‘g‘irchoqlar va shunga o‘xshash gadjetlar) | O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq |
| Tashqi ko‘rinishi (jumladan joylashtirilgan tasvirlari) yoki mazmunida quyidagilarni o‘z ichiga olgan tovarlar: giyohvand moddalar, psixotrop moddalar va ularning prekursorlarini targ‘ib qilish; hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatni targ‘ib qilish; natsistik atributika yoki ramzlarni, shuningdek ular bilan chalkash darajada o‘xshash ramzlarni yoki ekstremistik tashkilotlar ramzlarini targ‘ib qilish yoki ommaviy namoyish etish; O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan taqiqlangan boshqa ramz va atributikalarni targ‘ib qilish yoki ommaviy namoyish etish; aholiga noan’anaviy jinsiy munosabatlarni targ‘ib qilish | O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq |
| Davlat mukofotlari, faxriy belgilar va medallar | O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq |
| Maxsus vositalar, maxsus jihozlar, belgilangan namunadagi forma kiyimlari (muassasalar, tashkilotlar yoki ichki ishlar organlarining farqlovchi belgilariga ega), shuningdek boshqa harbiy assortimentdagi tovarlar | O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq |
| Davlat tomonidan berilgan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarning asl nusxalari va boshqa davlat namunasidagi hujjatlar, qat’iy hisobot blankalari | O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq |
| Shaxsiy ma’lumotlar, davlat yoki boshqa sirlarni o‘z ichiga olgan tovarlar | O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq |
| Insonning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi, ma’naviy zarar yoki axloqiy azob yetkazishi mumkin bo‘lgan haqoratli mazmundagi materiallarni o‘z ichiga olgan tovarlar | O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq |
| Yaroqlilik muddati o‘tgan va/yoki oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi bo‘yicha belgilangan norma va qoidalarga mos kelmaydigan oziq-ovqat mahsulotlari | Savdoga mo‘ljallanmagan |
| Arzonlashtirilgan va ilgari foydalanilgan tovarlar (tiklangan smartfonlardan tashqari) | Sayt va ilovada sotish uchun maxsus funksional mavjud emas |
| Harbiy texnika | O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq |
| Musodara qilingan, egasiz mulk, meros huquqi asosida davlatga o‘tgan mulk, xazinalar hamda noqonuniy faoliyatga ko‘maklashuvchi tovarlar | O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq |
| Soxta banknotlar, metall tangalar, aksiz markalari, shuningdek soxta qimmatli qog‘ozlar yoki xorijiy valyuta; davlat raqam belgilarini yoki avto-moto transport vositalari va ularning tirkamalari (yarim tirkamalari) identifikatsiya raqamlarini qalbakilashtirish; shuningdek rasmiy hujjatlar, shtamplar, muhrlar va korxona, muassasa hamda tashkilotlarning blankalarini soxtalashtirish | O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq |
| Madaniy meros obyektlari bo‘lgan tovarlar | O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq |
| Inson va davlat sog‘lig‘i hamda xavfsizligiga tahdid soluvchi buyumlar va tovarlar | O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq |
| 2. Majburiy sertifikatlanadigan tovarlar | |
| Marketingpleysda faqat tegishli davlat organlari tomonidan berilgan ruxsat beruvchi hujjatlar (litsenziya, sertifikat, ruxsatnoma va boshqalar) mavjud bo‘lgandagina realizatsiya qilinishi mumkin bo‘lgan tovarlar | O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq |
| Zarur ruxsat hujjatlari taqdim etilmagan tovarlar (bunday holatda tovar savdo maydonchasidan darhol olib tashlanadi) | O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq |
| Tekshiruv jarayoni 2.4-bandda bayon etilgan: Sifat sertifikatlari | O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq |
| 3. Kontrafakt tovarlar | |
| Kontrafakt (ya’ni “replika”, “nusxa”) va pirat mahsulotlar, mualliflik huquqi, tovar belgilari yoki intellektual mulk egalari huquqlarini buzishi mumkin bo‘lgan buyumlar | O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq |
| 4. Qurol va o‘zini himoyalash vositalari | |
| O‘zbekiston Respublikasining “Qurol to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq muomalasi taqiqlangan qurol va o‘q-dorilar https://lex.uz/ru/docs/4445290) (opens new window) Maxsus ruxsat yoki litsenziya talab etmaydigan tovarlardan tashqari barcha qurolga oid mahsulotlar Ruxsat etiladi: qurol uchun g‘iloflar, kobyuralar, optik nishongohlar, milliy turdagi pichoqlar, oshxona pichoqlari (tegishli toifada), sport anjomlari (beysbol bitalari, softbol bitalari, nunchakular va sh.k.) | O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq |
| 5. Aloqa tizimlarining texnik vositalari | |
| Signal bostiruvchilar (GPS/GLONASS/uyali aloqa — GSM, LTE, 5G va boshqalar; Wi-Fi, Bluetooth tarmoqlari), uyali aloqa signal kuchaytirgichlari | O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq |
| Tegishli ruxsat hujjatlarisiz ratsiyalar va radiostansiyalar | O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq |
| Ratsiya va radiostansiyalarni joylashtirish uchun zarur hujjatlar: olib kirish va sotish ruxsatnomasi, muvofiqlik sertifikati | O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq |
| Yashirin (maxfiy) axborot olish qurilmalari hamda shifrlash texnikasi | O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq |
| 6. Giyohvand moddalar, tamaki va alkogol | |
| Giyohvand moddalar, psixotrop moddalar va ularning prekursorlari, jumladan kanop urug‘lari, kanop choyi, kanop yog‘i, shuningdek markaziy asab tizimiga ta’sir qiluvchi yoki ruhiy holatni o‘zgartiruvchi preparatlar va o‘simliklar | O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq |
| Mikrodazalarda qo‘llaniladigan, tarkibida psixotrop, giyohvand, kuchli ta’sir etuvchi yoki zaharli moddalar bo‘lgan preparatlar | O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq |
| Psixotrop va giyohvand moddalar: opioidlar, morfin, oksikodon, amfetamin, benzodiazepinlar va shunga o‘xshash moddalar, ularning o‘rnini bosuvchilar, tayyorlash uchun ishlatiladigan o‘simliklar va tarkibiy qismlar, gallyutsinogen o‘simliklar va qo‘ziqorinlar | O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq |
| Barcha turdagi alkogolli mahsulotlar (etil spirti, suspenziyalar, emulsiyalar, vino materiallari, eritmalar, tarkibida alkogol bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari) | O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq |
| Tamaki va nikotin saqlovchi mahsulotlar: elektron sigaretalar, veyplar, chekish aralashmalari, elektron sigaret suyuqliklari, tamaki isitish tizimlari (IQOS, GLO va b.), to‘liq komplektdagi kalyan uskunalari, nos, snus, chaynash va hidlash tamakisi, mundshtuklar, trubkalar va sh.k. | O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq |
| Ruxsat etiladi: kuldonlar, sigaret saqlash qutilari | O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq |
| Tamaki, alkogol va giyohvand moddalarni reklama qiluvchi tovarlar (chekishni namoyish etish, sigaret, alkogol, giyohvand moddalar tasvirlari va sh.k.) | O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq |
| 7. Tibbiyot va salomatlik | |
| Dori vositalari va tibbiy buyumlar. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining №818-son (opens new window) qaroriga muvofiq kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni o‘z ichiga olgan tovarlar. | O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq |
| Hayvonlar uchun tibbiy mahsulotlar: antigelmintik vositalar, vitaminlar, gormonlar (shu jumladan seks-bar’yerlar), insektoakaritsid vositalar (burgalarga va kanaga qarshi preparatlar, antiparazitar yoqalar, parazitlarga qarshi spreylar va boshqalar), vaksinalar va anatoksinlar, immunoglobulinlar, probiotiklar, bakteriofaglar, immunomodulyatorlar, allergenlar, diagnostik preparatlar, ozuqaviy qo‘shimchalar (vitamin qo‘shimchalari), antiseptiklar, antibiotiklar, suyuq veterinariya dori vositalari, immunostimulyatorlar. | O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq |
| Har bir noyob tovar uchun muvofiqlik sertifikatini oldindan tekshirishni talab qiladigan inson uchun tibbiy mahsulotlar (jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan holda): 1. BFQ va maxsus oziq-ovqat mahsulotlari: biologik faol qo‘shimchalar (BFQ), vitaminlar, sport ovqatlari, prebiotiklar va probiotiklar. 2. Tibbiyot texnikasi: aravachalar, qo‘ltiqtayoqlar, tonometrlar, eshitish apparatlari va h.k. 3. Jinsiy aloqa uchun mo‘ljallangan tibbiy mahsulotlar: kontratseptivlar, prolongatorlar, lubrikantlar va boshqalar Yuqorida sanab o‘tilgan tovarlarni marketpleysga joylashtirish uchun sotuvchi quyidagi hujjatlarni taqdim etishi shart: SES (sanitariya-epidemiologiya xizmati) ning sertifikati, muvofiqlik sertifikati. | O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq |
| Tarkibi yoki vazifasi belgilanmagan tovarlar: tasdiqlangan muvofiqlik sertifikatisiz tibbiy xususiyatlarga ega bo‘lgan mahsulotlar. | O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq |
| 8. Moddiy va valyuta boyliklari | |
| Pul valyutalari va barcha turdagi qimmatli qog‘ozlar: haqiqiy so‘mlar, dollarlar, yevrolar, rubl va boshqa barcha valyutalar; aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar | O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq |
| Qimmatbaho metallar yoki qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari, sotish uchun ruxsat beruvchi hujjatlar oldindan tekshirilmagan holda | O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq |
| Qimmatbaho metallar va toshlar ro‘yxati: oltin, platina guruhi metallari (platina, palladiy, iridiy, rodiy, ruteniy, osmiy), kumush, aleksandrit, olmoslar, brilliantlar, zumradlar, tabiiy marvarid (xom va qayta ishlangan), yoqutlar, sapfirlar, yantar hosilalari | O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq |
| Zargarlik buyumlarini joylashtirish uchun sotuvchi Davlat probir nazorati inspeksiyasidan ruxsatnoma taqdim etishi shart | O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq |
| 9. Flora va fauna | |
| Brakonyerlash yo‘li bilan olingan yoki ishlab chiqaruvchi korxonaning tegishli markirovkasiga ega bo‘lmagan terilar, mo‘ynalar va boshqa mahsulotlar (sof holatda) | O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq |
| Tirik hayvonlar va hasharotlar | Faqat DBS modeli orqali sotish mumkin |
| 10. Boshqa tovarlar | |
| Foto-video uskunalari bilan jihozlangan uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar, kvadrokopterlar) | O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq |
| Foto-video uskunalari bilan jihozlanmagan uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar, kvadrokopterlar) | O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq |
| Foto-video uskunalari bilan jihozlanmagan dronlar va kvadrokopterlarni marketpleysga joylashtirish uchun sotuvchi quyidagi hujjatlarni taqdim etishi shart: 1. invoys — tovarning qiymati va miqdorini tasdiqlovchi hujjat; 2.temir yo‘l yoki bojxona yuk xati — tashish va bojxona rasmiylashtiruvi tasdig‘i; 3.qadoqlash varaqasi — qadoq tarkibi ro‘yxati; 4.kelib chiqish sertifikati — tovarning kelib chiqish mamlakatini tasdiqlovchi hujjat; | O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq |
| O‘yinchoq dronlar va kvadrokopterlar modellarini marketpleysga joylashtirish uchun faqat muvofiqlik sertifikati talab etiladi | O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq |
| TIF TN kodi 9013 20 000 0 bo‘yicha lazer nurlari ko‘rsatkichlari (keyingi o‘rinlarda — lazer ko‘rsatkichlari) | O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq |
| Bepul tarqatish uchun mo‘ljallangan tovarlar: not for sale (sotish uchun mo‘ljallanmagan) deb belgilangan tovarlar, davlat yoki xalqaro tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan gumanitar yordam mahsulotlari | Savdoga mo‘ljallanmagan |
| Taqiqlangan diniy tovarlar, marosim maqsadidagi buyumlar va marosim atributikasi. Ruxsat etiladi: O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi standartlariga mos keluvchi diniy adabiyotlar | O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq |
| Rentgen uskunalari: har qanday soha uchun mo‘ljallangan barcha turdagi rentgen apparatlari | O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq |
| Mazmunsiz axborotni o‘z ichiga olgan tovarlar: fuqarolik tovar muomalasining obyekti bo‘la olmaydigan, mavjud bo‘lmagan tovarlar va ularning xususiyatlari (masalan, afsonaviy hayvonlar, rivoyat qahramonlari, inson ruhi, karma, mo‘jizaviy xususiyatlar, zararlash yoki ko‘z tegishiga oid tovarlar va sh.k.) | Savdoga mo‘ljallanmagan |
| 11. Xavfli moddalar: zaharlar, kimyoviy va portlovchi moddalar | |
| Pirotexnika buyumlari: bengal chiroqlari, salyutlar, festival sharlari, petardalar va boshqa barcha turdagi pirotexnika. Ruxsat etiladi: pirotexnik tarkibga ega bo‘lmagan pnevmatik xlopushkalar | O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq |
| Metan tarkibli gaz ballonlari va shunga o‘xshashlar | Saqlash va tashish uchun sharoitlar mavjud emas |
| Zaharli va toksik moddalar (inson yoki hayvon organizmiga ta’sir qilganda sog‘liq buzilishlari yoki turli darajadagi kasalliklarni keltirib chiqaruvchi, shuningdek atrof-muhitni zararlovchi kimyoviy birikmalar): sulfat kislotasi, xlorid kislotasi, nitrat kislotasi, radioaktiv moddalar va materiallar va boshqalar | O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq |
O’zbekistоn qоnunchiligi bo’yicha, aylanmasi taqiqlangan yoki cheklangan tоvarlarni sоtish qоidalarini buzish ma’muriy javоbgarlikka. оlib keladi. Shuningdek aybdоr shaхslar jinоiy javоbgarlikka ham tоrtilishi mumkin.
Ta’kidlab o’tamizki, qоnunchilikka muvоfiq aylanmasi taqiqlangan tоvarlarni sоtish bizning maydоnchamizda qat’iy man qilingan. Bu jiddiy huquqiy оqibatlarga оlib keladi, shu jumladan ma’muriy va jinоiy sanktsiyalar sоlinishi ehtimоli.
Biz barcha hamkоrlarimizni o’zbekistоn qоnunlariga riоya qilish hamda o’z ma’muriy va jinоiy javоbgarligini хavf оstiga qo’ymaslikka chaqiramiz. Qоnunlarga riоya qilish – bu bizning hamjamiyatimizda ishtirоk etish hamda biznes uchun хavfsiz va qоnuniy muhitni yaratish uchun muhim shartdir.
Uzum da brendning ro’yхatga оlingan tоvar belgisidan huquq egasining rоziligisiz fоydalaniladigan, asl nusхa deb ko’rsatiladigan kоntrafakt (“replika”, “nusхa” deb nоmlanadigan) tоvarlarni sоtish qat’iyan man qilinganligiga e’tibоringizni qaratamiz. Bu erga asl nusхaga aralashish darajasigacha o’хshagan, ko’rinishi o’zgartirilgan lоgоtipli tоvarlar ham kiradi. Huquq egalaridan e’tirоz оlingan taqdirda ushbu e’tirоzlar bo’yicha javоbgar bo’lib, оferta shartnоmasiga muvоfiq, dоimо Kоmitent – ya’ni sоtuvchi bo’ladi.
Uzum Market platformasida maxsus saqlash va yetkazish sharoitlarini talab qiladigan tovarlarni sotish taqiqlanadi:
Hujjatda (opens new window), ishlash modeli turlari bo‘yicha tovarlarning har bir toifasi uchun batafsil ruxsatnomalar va cheklovlar ko‘rsatilgan: FBO / FBS / DBS.
Bizning maydоncha shaхsiy brendlarni yaratishga chaqiradi, chunki bu uzоq muddatli rivоjlanish va sоdiq auditоriyani jalb qilish uchun yaхshi zamindir.
Quyidagi havоlalar bo’yicha siz internet-savdоni tartibga sоladigan me’yoriy hujjatlar bilan tanishishingiz mumkin:
«Iste’mоlchilarning huquqlarini himоya qilish to’g’risida» (opens new window)
# 2.4 Sifat sertifikatlari
https://uzum.uz/ (opens new window) saytida sotuvga qo‘shimcha talablar qo‘yilgan tovarlar toifalari mavjud.
Ruxsat beruvchi hujjatlar (muvofiqlik sertifikatlari, SES sertifikatlari, bojxona yuk xatlari, olib kirish va sotish uchun ruxsatnomalar va boshqalar) talab qilinadigan tovarlarni sotish cheklangan. Sotuvchilar barcha kerakli hujjatlarni taqdim etishlari shart, aks holda mahsulot sotuvga qo‘yilmaydi.
Sertifikatlarni tekshirish talabi bilan yangi toifadagi mahsulotlar qo‘shilganda, sotuvchi shaxsiy kabinetida va marketpleysning aloqa kanalida xabarnoma oladi.
Tekshiruv jarayoni:
1) Tovar kartochkasini yaratishda "Sertifikatlar" maydoni majburiy bo‘lsa, bu tanlangan tovar toifasi uchun ruxsat beruvchi hujjatlar talab qilinishini anglatadi
2) Hujjatning tegishli seriya raqami va amal qilish muddatini ko‘rsatgan holda muvofiqlik sertifikati va/yoki boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni yuklang.
3) Mahsulot veb-saytga joylashtirishdan oldin tekshiriladi.Sertifikatli mahsulot tekshiruv tugamaguncha veb-saytda mavjud bo‘lmaydi.
4) Tekshiruvdan o‘tgan sertifikatga ega mahsulotni tahrirlashda, mahsulot tekshiruv tugaguniga qadar saytda mavjud bo‘lmaydi.
5) Sertifikatning amal qilish muddati tugagach, sotuvchi tomonidan ma’lumotlar yangilanmaguncha mahsulot bloklanadi.
Tekshiruv natijalari bo‘yicha qarorlar:
1) Tovar kartochkasini tasdiqlash: agar tovar kartochkasidagi barcha ma’lumotlar qabul qilingan bo‘lsa.
2) Quyidagi sabablarga ko‘ra mahsulot kartasi/SKU bloklanishi:
- Mahsulotga muvofiqlik sertifikati: sertifikatdagi ma’lumotlar (masalan, nomi, fotosuratlari, amal qilish muddati) mos kelmasa yoki sertifikat egasi va sotuvchi o‘rtasida aloqa bo‘lmasa, mahsulot kartochkasini blokirovka qilish.
- Sotilishi taqiqlangan mahsulot: sertifikatlar va ruxsat beruvchi hujjatlar mavjud bo‘lsa ham, saytda sotish mumkin bo‘lmasa, mahsulot kartochkasini bloklash.
- SKU sertifikatga mos kelmaydi: mahsulot xususiyatlari sertifikatdagi ma’lumotlarga mos kelmaganda mahsulot SKU’sini bloklash. Ochish uchun yangi sertifikat yuklab olish yoki to‘g‘ri ma’lumotlarga ega yangi SKU yaratish talab etiladi.
# Tovarlar uchun sertifikatlarni joylashtirish va hujjatlarni tekshirish.
Sertifikatlar qayerga yuklanadi, tekshiruv qanday amalga oshiriladi, blokdan chiqarish muddati va xatolardan qanday qochish mumkin
Sertifikatlarni yuklash: nimalarni bilish muhim?
- Mahsulot kartochkasini tahrirlashga kiramiz
Buning uchun "Tavsifni tahrirlash" tugmasini bosing.
Agar kartochka yangi bo‘lsa — "Tovar yaratish" tugmasini tanlang.
- Sertifikatlar qismi — to‘ldirilishi shart bo‘lgan maydon.
Mahsulotni tahrirlash oynasi ochilgach, pastga tushib . “Sertifikatlar” maydonini toping. Bu maydonni to‘ldirish majburiy.

- Sertifikat fotosini yuklash
Sertifikatning sifatli fotosuratini png, jpg yoki jpeg formatida yuklang. E’tibor bering: PDF fayllar qabul qilinmaydi. Foto aniq bo‘lishi kerak — sertifikatdagi barcha ma’lumotlar oson o‘qilishi lozim.
- Sertifikat ma’lumotlarini kiritish
Foto yuklangandan so‘ng quyidagi ma’lumotlarni ham to‘ldirish kerak:
Sertifikat raqami.
Sertifikat amal qilish muddati.

# Sertifikat raqamini ko‘rsatishning o‘ziga xos jihatlari
- Raqam formatlari hujjat turiga qarab farq qiladi:
Ro‘yxatga olish guvohnomasi (masalan, kontakt linzalar uchun):Raqam alohida qatorda ko‘rsatiladi —"Raqam / Number (Номер)"
Moslik sertifikati va SES xulosasi:Raqam oldidan «№» belgisi qo‘yiladi (masalan, № RU.СУ.123456)
- Mahsulot kartochkasini to‘ldirish va hujjatlarni tekshirishda muhim masalalar:
Turli formatlarni hisobga oling.
Raqamni sana yoki seriya bilan adashtirmang.
Kerak bo‘lsa, raqam qayerda ko‘rsatilganini yetkazib beruvchidan aniqlang.
# Sertifikatlar qanday tekshiriladi?
- Tekshiruv — qo‘lda amalga oshiriladi va malakali mutaxassislar tomonidan bajariladi:
- ujjatlar vakolatli xodimlar tomonidan qo‘lda tekshiriladi va so‘ngra tovarni joylashtirish bo‘yicha qaror qabul qilinadi.
- Tovarni blokdan chiqarish muddati:
Sertifikat mahsulot kartasiga yuklangandan boshlab 5 ish kunigacha.
Tekshiruv boshlanishidan oldin shaxsiy kabinetingizga xabarnoma yuboriladi.
- Muhim jihatlar:
To‘liq va to‘g‘ri hujjatlarni yuklang.
Skaner sifati va o‘qilishini tekshiring.
Sertifikat aynan shu mahsulotga tegishli ekanligiga ishonch hosil qiling.
# Sertifikat yuklashda yo‘l qo‘yiladigan xatoliklar
- Tasvir sifati pastligi
Telefon orqali olingan xira suratlar — hujjat o‘qilmaydi, sertifikat tasdiqlanmaydi.
Tavsiya: fotosurat emas, skan nusxasini yuklang.
- Noto‘g‘ri hujjatlarni yuklash
Mahsulot sertifikati o‘rniga Yatt guvohnomasi yuklanadi.
Tavsiya: hujjat talablarini oldindan tekshiring.
- Sertifikatning noto‘g‘ri turi
BAD mahsulotlari uchun SÈS o‘rniga boshqa hujjatlar yuklanadi.
Tavsiya: faqat tegishli sertifikatni yuklang.
# 2.5 Qo’shimcha cheklоvli tоifalar
# Kategoriya “Ekspress-testlar”
Ekspress-testlar tibbiy buyumlar toifasiga kiradi va Uzum Market platformasida faqatgina ularning qo‘llanma yo‘riqnomasida uy sharoitida foydalanish mumkinligi yoki foydalanuvchi tomonidan mustaqil ravishda, tibbiyot xodimining ishtirokisiz qo‘llanishi mumkinligi ko‘rsatilgan hollarda sotuvga ruxsat etiladi.
Ruxsat etilgan ekspress-testlar turlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- infeksiyalarni aniqlash uchun testlar (jumladan, gepatit, sifilis, gripp va boshqalar);
- glyukometr uchun test-poloskalar;
- giyohvand moddalarni aniqlash uchun testlar;
- homiladorlik yoki ovulyatsiya davrini aniqlash uchun testlar;
- COVID-19 ni aniqlash uchun ekspress-testlar.
Sotuvchi amal qilayotgan ruxsat hujjatlari (ro‘yxatdan o‘tgan guvohnomalar, muvofiqlik sertifikatlari) mavjudligini ta’minlashi hamda tovarning xususiyatlari haqida ishonchli ma’lumot taqdim etishi shart.
# Kategoriya “Tiklangan smartfonlar”
Tiklangan qurilmalarni joylashtirish faqat “Tiklangan smartfonlar” toifasida amalga oshiriladi.
Tovarning nomida “Tiklangan” so‘zi boshida bo‘lishi majburiydir. Agar tovar sinflarga (masalan, Grade A, B, C) ajratilgan bo‘lsa, tegishli sinf ham nomda ko‘rsatilishi kerak.
Tovar tavsifida barcha texnik xususiyatlar ko‘rsatilgan bo‘lishi shart, jumladan: ko‘rinadigan nuqsonlar (tirnalishlar, foydalanish izlari va boshqalar) mavjudligi yoki yo‘qligi, batareya holati, to‘liq komplektatsiya, tiklash jarayonida qismlar almashtirilganligi haqida ma’lumot.
Tovarning asosiy rasmlarida “Tiklangan” so‘zi aniq ko‘rinib turishi kerak. Infografika o‘qilishi oson va aniq bo‘lishi lozim.
Qurilma standart bo‘lmagan qadoqqa joylangan hollarda, tovar kartasida quti rasmi mavjud bo‘lishi majburiydir.
Tiklangan smartfonlarga beriladigan kafolat tovar kartasida ko‘rsatiladi va sotilgan kundan boshlab kamida bir oyni tashkil etishi kerak.
Funksionalligiga ta’sir qiluvchi jiddiy shikastlangan tovarlar savdoga qo‘yilmaydi.
Xaridor tovarni qabul qilib olayotganda qadoqni ochib, u tavsifga mos kelishini tekshirish huquqiga ega. Agar tovar tavsifga mos kelmasa, u darhol qaytarilishi mumkin.
Tavsifga mos kelmaslik uchun javobgarlik sotuvchiga yuklanadi.
Xaridor tovarni olganidan keyin, qaytarish texnik jihatdan murakkab tovarlar uchun belgilangan tartibda — diagnostika uchun ariza topshirish orqali amalga oshiriladi.
Qurilmaning IMEI-kodi qadoqda ko‘rsatilgan ma’lumotlarga mos kelmasa, kafolatli ta’mirlash yoki almashtirish taqdim etilmaydi.
Kafolat faqat noto‘g‘ri foydalanish yoki xaridor aybi bilan yuzaga kelmagan texnik nosozliklarga nisbatan amal qiladi.
# Kategoriya “Avto”
Sotuvchi ishlab chiqaruvchi yoki uning O‘zbekiston Respublikasidagi rasmiy distribyutori bilan amal qilayotgan dilerlik shartnomasiga ega bo‘lishi kerak.
Mahsulotni subdiler sifatida realizatsiya qilayotganda, amaldagi subdilerlik shartnomasi hamda uchinchi shaxslarga (subdilerlarga) huquq va majburiyatlarni topshirish huquqini tasdiqlovchi asosiy dilerlik shartnomasining nusxasi taqdim etilishi lozim.
Sotuvchi ishlab chiqaruvchi yoki rasmiy vakildan mahsulotning asl va haqiqiy ekanligini tasdiqlovchi kafolat xatini taqdim etishi shart.
Shuningdek, sotuvchining o‘z servis markazi yoki kafolatli va kafolatdan keyingi xizmat ko‘rsatish vakolatiga ega bo‘lgan avtorizatsiyalangan hamkori mavjud bo‘lishi zarur.
# Kategoriya “Muzlatilgan yoki sovutilgan mahsulotlar”
“Muzlatilgan yoki sovutilgan mahsulotlar” toifasiga saqlash, tashish va realizatsiya jarayonlarida ma’lum harorat rejimiga rioya etilishini talab qiladigan, iste’mol xususiyatlari, sifati va xavfsizligini saqlab qolish maqsadida muzlatilishi yoki sovutilishi zarur bo‘lgan mahsulotlar kiradi.
Ushbu toifaga quyidagi mahsulot guruhlari kiradi:
— Oziq-ovqat mahsulotlari (muzlatilgan mahsulotlar): go‘sht, baliq, sabzavot, meva, unli va boshqa yarim tayyor mahsulotlar, muzlatilgan holda saqlanadigan mahsulotlar.
— Yarim tayyor mahsulotlar (muzlatilgan va sovutilgan): kotletlar, pelmenlar, vareniklar, naggetslar, go‘sht va baliq rulonlari, xamirli mahsulotlar, tez tayyorlanadigan taomlar.
— Kolbasa mahsulotlari:
- dudlangan kolbasa (jumladan, xom-dudlangan va yarim dudlangan);
- qaynatilgan kolbasa va vetchina;
- sosiska va sardelkalar;
- go‘shtli kesmalar (narazkalar);
- go‘shtli delikateslar (jumladan, pashtetlar, rulonlar, baliklar va boshqalar).
Sotuvchi mahsulotni belgilangan harorat rejimiga muvofiq saqlash va tashish majburiyatini oladi.
Mahsulot saqlanishi va yetkazib berilishi davomida uning xavfsizligi va yaxlitligini ta’minlaydigan ishonchli qadoqlash ishlatiladi.
Faqat amal qilayotgan muvofiqlik sertifikatiga ega mahsulotlargina savdoga qo‘yilishi mumkin.
Mahsulotning yaroqlilik muddati belgilangan me’yorlarga mos bo‘lishi va sotuvchi tomonidan nazorat qilinishi lozim.
Qadoqda quyidagi to‘liq va ishonchli ma’lumotlar bo‘lishi shart: mahsulot nomi, tarkibi, oziq-ovqat qiymati, ishlab chiqarilgan sana, yaroqlilik muddati, saqlash sharoitlari va shtrix-kod.
Sotuvchi oziq-ovqat xavfsizligi va sifatini nazorat qilish tizimini joriy etgan bo‘lishi lozim — HACCP, ISO 22000 yoki shunga teng tizim.
# «Hayvonlar va hasharotlar» toifasi
Hayvonlar va hasharotlarni Marketpleysga joylashtirish va sotishga faqat DBS sxemasi bo‘yicha ruxsat beriladi.
Sotuvchi sotuv boshlanishidan oldin, tovar Marketpleysga joylashtirilgan butun davr mobaynida va har bir Buyurtmani bajarishda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida, shuningdek ushbu Yo‘riqnomada nazarda tutilgan amaldagi hujjatlarga ega bo‘lishi shart.
Hayvonlar va hasharotlarni sotish uchun Sotuvchi quyidagi hujjatlarga ega bo‘lishi va Marketpleys talabiga binoan ularni taqdim etishi shart:
- Veterinariya pasporti – O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida veterinariya pasportini rasmiylashtirish nazarda tutilgan hayvonlar uchun, shu jumladan qoramollar, qo‘y va echkilar, cho‘chqalar, otlar, eshaklar, tuyalar, itlar va mushuklar uchun. Hayvonning egasi o‘zgarganda, shuningdek, u bir hududdan boshqasiga ko‘chirilganda, Sotuvchi hayvonning identifikatsiya raqamini o‘zgartirmagan holda veterinariya pasportiga zarur o‘zgartirishlar kiritilishini ta’minlashi shart.
- Import qilingan hayvonlar uchun veterinariya guvohnomasi yoki boshqa veterinariya kuzatuv hujjati – hayvon O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan va bunday hujjatning mavjudligi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda.
- Veterinariya ma’lumotnomasi, veterinariya xulosasi yoki hayvonning sotish va/yoki xaridorga topshirish paytidagi sog‘lig‘ini tasdiqlovchi boshqa hujjat – barcha hayvonlar uchun. Asalarilar va boshqa hasharotlar uchun Sotuvchi ularning veterinariya va sanitariya farovonligini tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo‘lishi shart, agar bunday hujjatlarning mavjudligi qonun hujjatlarida yoki tashishning majburiy qoidalarida nazarda tutilgan bo‘lsa.
- Boshqa hujjatlar, agar ularning mavjudligi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, veterinariya qoidalari, hayvonlarni tashish qoidalari, shuningdek vakolatli davlat organlarining talablariga ko‘ra majburiy bo‘lsa.
Sotuvchi tovar kartochkasida ko‘rsatilgan ma’lumotlar hayvon yoki hasharotlar haqidagi haqiqiy ma’lumotlarga va taqdim etilgan hujjatlarga to‘liq mos kelishini ta’minlashi shart, jumladan turi, jinsi, yoshi, vazni, miqdori, joylashgan hududi, shuningdek, agar kerak bo‘lsa, import haqidagi ma’lumotlar. Sotuvchi mustaqil ravishda va o‘z hisobidan hayvonlar va hasharotlarni saqlash, topshirishga tayyorlash, tashish va xaridorga yetkazib berishni veterinariya-sanitariya, transport va boshqa majburiy talablarga, shu jumladan idishlar, qafaslar, konteynerlar, markirovkalash, harorat rejimi, hayvonlar xavfsizligi va farovonligi talablariga rioya etgan holda ta’minlaydi.
# 2.6 Brendlangan tоvarlarni sоtish
Uzum Market da tоvar belgisi (TB) yoki savdо markasi (SM) intellektual mulkning o’zbek ro’yхatga оlingan brendlangan tоvarlarni sоtish uchun fоydalanish huquqini tasdiqlaydigan hujjatlar kerak bo’ladi. Biz marketpleys оrqali savdо qilishni bоshlash uchun ushbu hujjatlarni taqdim qilishni majbur qilmaymiz. Birоq huquq egasi begоna sоtuvchilar tоmоnidan tоvar belgisidan fоydalanishni taqiqlashga haqli ekanligini tushunishingiz lоzim. Agar bunday hоlat sоdir bo’lsa, siz brenddan fоydalanish huquqini tasdiqlaydigan hujjatlarni taqdim qila оlmaydigan tоvarlaringizni biz blоklashga majbur bo’lamiz. Hujjatlarni taqdim qilish muddati uch kun. Shuningdek huquq egasi zararlarni to’lashni talab qilishi va jarima sоlishi mumkin.
Siz va brend huquq egasi (ishlab chiqaruvchi, diler, distribyutоr) o’rtasidagi zanjir uzunligiga qarab, qo’lingizda turli miqdоrdagi hujjatlar bo’lishi zarur. Havоla (opens new window) bo’yicha siz barcha sоtish sхemalari va tegishli hujjatlar bilan tanishishingiz mumkin.
# 2.7 Brend avtorizatsiyasi
Ba’zi brendlar uchun qo‘shimcha avtorizatsiya jarayoni mavjud. U brendlar bo‘yicha to‘g‘ri filtrni ko‘rsatish imkonini beradi. O‘z navbatida, bu xaridorlarning marketpleysga bo‘lgan ishonchini oshiradi, mijozlarning sodiqligini oshiradi va brend obro‘sini himoya qiladi. Avtorizatsiya brendlari ro‘yxati havola (opens new window) orqali mavjud . Brendlar ro‘yxati vaqti-vaqti bilan yangilanishi mumkin.
Brendlarni sotish uchun ruxsat olish uchun havola (opens new window) orqali tegishli shaklni to‘ldiring.
Brendingizni avtorizatsiya qilingan brendlar ro‘yxatiga kiritish uchun Biznesni qo‘llab-quvvatlash (opens new window) orqali O‘zbekiston intellektual mulk tizimida tovar belgisi (TZ) yoki savdo belgisi (TM) ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi sertifikatni taqdim etishingiz kerak.
# 2.8 Asl nusxa belgisi
Mahsulotingizga "Original" nishonini olish uchun siz mahsulotlarning aslligini tasdiqlashingiz va Biznesni qo‘llab-quvvatlash (opens new window) orqali hujjatlarni taqdim etishingiz kerak. Hujjatlar ro‘yxati bilan havola (opens new window) orqali tanishish mumkin . Muhimi, hujjatlar ro‘yxati sotuvchi sotish uchun tovarni qanday usulda sotib olishiga bog‘liq
# 2.9 Tovarlarning yaroqlilik muddati
Buziladigan tovarlar (masalan, EKO, kosmetika, maishiy kimyo vositalari, gigiyena buyumlari, o‘g‘itlar va boshqalar) qabul qilish paytida umumiy yaroqlilik muddatining kamida 60% yoki 6 oy qolgan taqdirdagina omborga qabul qilinadi.
Tovarlar ishlab chiqaruvchisi, tarkibi va yaroqlilik muddati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi shart.
Zavod qadog‘isiz, yaroqlik muddati o‘chirilgan, kesib tashlangan yoki qayta yopishtirilgan tovarlar omborga qabul qilinmaydi.
Остались вопросы? Напишите в Telegram. (opens new window)