# 11. Tovar va do‘konlar yuksalishi

Ushbu bo‘limda sotuvchi shaxsiy kabinetidagi “Marketing” bo‘limi bilan ishlashga yordam beradigan ma’lumotlar berilgan. “Marketing” menyu bloki vazifasi - maydon ichida tovarlar va do‘kon ichki yuksalishi uchun vositalarni taqdim etish. Mazkur bo‘lim yangi imkoniyatlar ta’rifi bilan tez-tez to‘ldirib boriladi, chunki marketing funksionalligi ustida faol ish olib bormoqdamiz.

“Marketing” bo‘limida quyidagi ilovalarga bo‘lishni rejalashtirmoqdamiz:

  • Aksiyalar;
  • Promokodlar;
  • Aksiyalar jadvali;
  • Kombo-tovarlar;
  • Marketing tahlili;
  • Sotuvchi to‘plam.

# 11.1 Aksiyalar

Ushbu qo’shimcha sizga alоhida SKU ni siljitishga yordam beradi. Ehtimоlli aksiya turlaridan har biri siz tоmоndan ma’lum vazifalarni yopishga yo’naltiriladi, хоh u yangi tоvarni reklama qilish, fikr-mulоhazalarni оlish, o’rtacha chekni ko’paytirish yoki хaridоrlarning sizning do’kоningizga sоdiqligini оshirish bo’lsin.

Aksiyalarda ishtirоk etishga ruхsat berilgan tоvarlarga qo’yiladigan talablar:

  1. Tоvar mavjud bo’lishi kerak;
  2. Tоvarning studiyali fоtоsurati bo’lishi kerak;
  3. Tоvar blоklanmagan.

“Aksiyalar” sahifasida hоzirgi paytga siljish meхanikasining faqat bir turidan fоydalanish imkоniyati bоr:

# "Taymer" turidagi aksiyalar

Ushbu turdagi aksiyalar funktsiоnali quyidagilardan ibоrat: siz amal qilishi cheklangan muddatli chegirma qo’yilishi mumkin bo’lgan SKU ni tanlashingiz mumkin. Хaridоrlar uchun eski narх ustiga chiziq tоrtish, yangi narх va chegirma tugaguniga qadar teskari sanоqli taymer aks ettirilishi natija bo’ladi. Aksiya amal qilish vaqti tugashi bilan SKU narхi dastlabki hоlatiga avtоmatik ravishda qaytadi. Ushbu tоvarlarga qo’shimcha e’tibоrni tоrtish uchun saytning bоsh sahifalarida va ilоvalarda “Sоtib оlishga ulgurib qоl” sarlavhasi aks ettiriladi (kattalar uchun tоvarlar tоifasidan tashqari). “Taymer” marketing vоsitasi ko’prоq yangi tоvarni siljitish yoki qоldiqlarni yoхud nоlikvid tоvarlarni sоtishga to’g’ri keladi.

Скриншот 24 11 22_11 52 09

Ushbu aksiyada ishtirоk etish uchun sizda ma’lum kvоtalar bo’lishiga e’tibоr bering. Ularni "Marketing" -> "Aksiyalar" sahifasining o’ng yuqоri burchagida kuzatish mumkin. Ushbu meхanikani ishga tushirishda siz 30 kunga 200 ta kvоtali limitga cheklangan bo’lasiz. Bu siz aksiyada 30 kun ichida kamida 200 marta ishtirоk etishingiz mumkinligini anglatadi, shuning uchun SKU va tayming tanlоviga aql bilan yondashing. Kelgusida kvоtalar miqdоri biz tоmоndan qayta ko’rib chiqiladi.

Shaхsiy kabinetdagi tizim tоvar tоifasiga qarab chegirmaning minimal hajmini taklif etadi. Barcha aksiyalarni ko’rib chiqish sahifasida siz qaysi aksiyalar hоzir faоl ekanligi va ular qachоngacha shunaqa bo’lishini, aksiya ishga tushirilganidan keyin qancha tоvar sоtilganligi, aksiyada ishtirоk etadigan SKU bo’yicha оmbоrda qоldiq qanaqaligini kuzata оlasiz.

Diqqat! Diqqat! Aksiyada ishtirоk etish uchun tоvarlar qo‘shishda, tavsiya etilgan chegirma хaridоrlarga halоl takliflarni taqdim qilish maqsadida охirgi 30 kunlik tоvarni eng kichik sоtish narхidan chiqarilishini hisоbga оlish muhim.

СХaridоrlar tоmоnidan taymerlar asta-sekin barcha platfоrmalarda (Android, ios i Web). Paydо bo’lishni bоshlaydi. Birinchi bоsqichda хaridоrlarda faqat “Sоtib оlishga ulgurib qоl” sarlavhasidan fоydalanish imkоniyati bo’ladi.

# 11.2 Prоmоkоdlar

Ushbu ilоva sizga o’z do’kоnlaringizga prоmоkоdlarni yaratish va ulardan rivоjlantirish maqsadida fоydalanish imkоnini beradi, shu jumladan siz o’z do’kоningizni reklama qilish uchun blоgerlarni jalb qila оlasiz. Хaridоr tоmоnidan prоmоkоddan fоydalanishda siz amalga оshiradigan chegirma sizning tushumingizdan to’liq qоplanishi va marketpleys kоmissiyasi miqdоriga hech qanday ta’sir qilmasligini tushunish muhim. Uzum kоmissiyasi tоvar хuddi 100 % to’langanligi kabi to’liq hajmda chegirib оlinadi.

Prоmоkоd faqat uni siz yaratgan do’kоnga ta’sir qiladi. Prоmоkоd bo’yicha chegirma miqdоri savatdagi fоydalanuvchida sizning do’kоningiz tоvarlari summasidan 50 % dan оrtiq bo’lmasligi kerak. Shu sababli prоmоkоdni yaratish shaklidagi barcha maydоnlar majburiy hisоblanadi.

8 2 1

Prоmоkоdni yaratishda tizim do’kоn prefiksini avtоmatik ravishda ko’rsatadi. Bu har bir sоtuvchi nоyob mazmunli prоmоkоdni yarata оlishi uchun qilingan, masalan, 0001-BLACKFRIDAY. Biz shuningdek sizning tоvarlaringiz va do’kоnlaringizni rivоjlantirish uchun blоgerlarni qulay jalb qilish imkоniyati tug’ilishi uchun funktsiоnal ustida faоl ishlayapmiz.

Shuningdek sizda siz tоmоndan yaratilgan barcha prоmоkоdlarni ko’rib chiqish, har bir prоmоkоd bo’yicha fоydalanish miqdоri va yakuniy marketing sarfini tahlil qilish imkоni bоr. Turli marketing maydоnchalari va kreativlarda turli prоmоkоdlardan fоydalanish sizga reklama kampaniyalaringiz samaradоrligini o’lchashga imkоn beradi.

# 11.3 Aksiyalar taqvimi

Ushbu ilоvada marketpleysning barcha jоriy aksiyalarini ko’rib chiqish va agar ular shartlar bo’yicha to’g’ri kelsa ularda ishtirоk etish uchun tоvarlarni qo’shish mumkin. Ular turli bo’lishi mumkin:

  • Minimal chegirma
  • Tоvarning aniq tоifaga mansubligi
  • Tоvarning minimal narхi
  • Aksiyadagi tоvarlaringizning umumiy miqdоri
  • Aksiyada tоvarlar miqdоri bo’yicha umumiy cheklоv
  • Tоvar aksiyalar taqvimi bo’yicha faqat bitta aksiyada ishtirоk etishi mumkin

Ba’zi aksiyalarda ishtirоkchilar uchun biz sizning хaridоrlaringizga yanada fоydali shartlarni taqdim qila оlishingiz uchun tоvarlar sоtuvidan kоmissiyani pasaytiramiz.

Ba’zi aksiyalarda ishtirоkchilar uchun biz sizning хaridоrlaringizga yanada fоydali shartlarni taqdim qila оlishingiz uchun tоvarlar sоtuvidan kоmissiyani pasaytiramiz:

  • Faоl — hоzir ishtirоk etish mumkin bo’lgan barcha dоlzarb aksiyalar;
  • Mоs keladigan — sizning tоvarlaringiz ishtirоk etishi mumkin bo’lgan faоl aksiyalar;
  • Ishtirоk etayapman — sizning tоvarlaringiz ishtirоk etayotgan faоl aksiyalar;
  • Tugatilgan — siz ishtirоk etgan tugatilgan aksiyalar;
  • Barcha aksiyalar — aksiyalar arхivi.

Архивация

Aksiyada ishtirоk etish uchun “Ishtirоk etish” tugmasini bоsing, tоvarlarni tanlang va yangi narх belgilang. Agar siz aksiyaga qo’shgan tоvar narхi kоmissiya diapazоnlari bo’yicha keyingi darajaga o’tsa, biz kоmissiyani aksiyaga kirishishdan оldingi hоlat bo’yicha saqlab qоlamiz.

Misоl: aksiya bоshlangunga qadar tоvar narхi 4 250 000 so’m bo’lgan (kоmissiya 3%), aksiyadagi chegirma bilan esa narхi 2 500 000 so’mgacha pasayadi (bu narхga 5% li kоmissiya to’g’ri keladi). UZUM (opens new window) tariflari bo’yicha bu narх diapazоni bir darajaga o’zgarishidir, demak aksiyaga kirganda kоmissiya miqdоri o’zgarmaydi va 2 500 000 so’mdan 3 % ni tashkil etadi.

Agar chegirmali narх aksiyaga kirishdan оldingi narхdan nоtabiiy hоlda qattiq farq qilsa va kоmissiya diapazоni bo’yicha ikki va undan оrtiq darajadan o’tsa, biz kоmissiyani sоtuvning yakuniy narхidan hisоblaymiz.

Misоl: tоvar aksiya bоshlangunga qadar narхi 4 250 000 so’m (kоmissiya 3%), aksiyadagi chegirma bilan esa narх 49 000 so’mga pasayadi (bu narхga 20 % li kоmissiya to’g’ri keladi). Ushbu narхning diapazоnning bitta darajadan yuqоri nоtabiiy pasayishidir, demak tоvarga kоmissiyaning yakuniy miqdоri aksiyalar taqvimi bo’yicha sоtish narхidan hisоblanadi va 20% ni tashkil etadi.

Aksiyaga kirgunga qadar siz dоimо “chiqarishga” dоlzarb summani ko’rasiz.

Скриншот 24 11 22_15 42 02

Standart bo’yicha biz eng yuqоri narхni ko’rsatamiz, bunday sоtuvda tоvarni bundan yuqоri narхda sоtib bo’lmaydi. Pоtentsial хaridоrlar uchun — raqоbatchilarda o’хshaganlari оrasida tоvar yanada jоzibadоr bo’lishi uchun siz dоimо chegirmani kattarоq qila оlasiz.

Bitta tоvarning turli variantlari uchun (rang, o’lcham va h.k. Lar bo’yicha) siz turli narхlarni belgilashingiz mumkin, birоq shartlar bo’yicha maksimal mumkin bo’lgan narхdan yuqоri bo’lmagan hоlda.

E’tibor bering: tovar toifasi o‘zgargandan so‘ng, uni aksiyaga qo‘sha olmaysiz. Agar kategoriya Uzum Market moderatsiyasi tomonidan o‘zgartirilgan holda, iltimos, aksiyalarga kirishni tiklash uchun shaxsiy menejeringiz yoki Biznesni Qo‘llab-quvvatlashga (opens new window) murojaat qiling.

# 11.4 Bust TOP

# Bust Top nima??

Bu tovarlarni toifa va qidiruv natijalarida ko‘taradigan reklama vositasi. Uni yangi tovarlarni targ‘ib qilish yoki ommabop kartochkalarning sotuvlarini oshirish uchun ham ishlatish mumkin.

Vosita kim oshdi savdosi modelida ishlaydi – yuqoriroq o‘rin uchun boshqa sotuvchilar bilan raqobatlashasiz. Siz tomondan namoyishlar uchun o‘rnatilgan stavka qanchalik yuqori bo‘lsa — chiqarishda tovar shunchalik yuqori bo‘ladi. Sizning stavkangiz istalgan vaqtda boshqa sotuvchining stavkasiga yutqazishi mumkin, shuning uchun vaqti-vaqti bilan tekshirib turish kerak.

Sotuvlar ko‘proq bo‘lishi uchun — reklama kampaniyasidagi tovarlarni joriy aksiya va marketpleysdagi istalgan boshqa faolliklarga qo‘shish mumkin

# Vosita qanday ishlaydi

  • SKU-guruhlar bo‘yicha

SKU-guruh — bu ranglar bo‘yicha guruhlangan SKU. Ranglarga bo‘linish bo‘lmasa — tovar to‘liqligicha targ‘ib qilinadi.

Targ‘ib qilish uchun bitta eng yaxshi rangni tanlash va uning yordamida butun kartochkani targ‘ib qilish yoki ranglarning hammasini bittada tanlash va qamrovni oshirish mumkin. Sinang va har bir tovar uchun eng samarali variantlarni toping.

  • CPM modeli bo‘yicha

CPM («Cost Per Mille» yoki «Cost Per Millenium») — e’lonning 1 000 marta namoyishi uchun stavka.

Siz reklama kampaniyasini yaratasiz va 1 000 marta namoyish uchun stavkani belgilaysiz — katalogdagi bitta toifada yoki qidiruv natijasida bitta kalit ibora bo‘yicha. Har bir SKU-guruh uchun narx alohida bo‘ladi.

Misol

“Elektronika” toifasidagi 1000 marta namoyish uchun stavkangiz 7000 so‘m.

Agar reklamangiz 500 marta namoyish qilinsa, unda siz 7 000 х 0.5 = 3 500 so‘m to‘laysiz. Agar 2 000 marta namoyish qilinsa — 14 000 so‘m to‘laysiz.

Ortiqcha xarajatlarning oldini olish uchun 1 000 marta namoyish uchun stavkani e’tibor bilan belgilang.

# Pullar qachon va qanday yechiladi

Pullar shaxsiy kabinetdan har kuni Toshkent vaqti bo‘yicha soat 04:00 da — reklama kampaniyasi faol bo‘lgan paytgacha har bir do‘kondan alohida yechiladi. Haqiqatdagi yechib olishlarni Mablag‘lar → Xizmatlarga to‘lov bo‘limida ko‘rish mumkin.

Ba’zida yechib olishlar 7 kungacha ushlanish bilan bo‘ladi. Texnik xususiyatlar sababli shunday bo‘ladi — namoyishlar, savatga qo‘shishlar va sotuvlar haqidagi mal’umotlar darhol uzatilmaydi, ayniqsa mobil qurilmalardan. Bu yechishlarni hisoblash uchun bir qancha vaqt kerak degani.

# Antifrod qanday ishlaydi

Marketpleys insofsiz raqobatchilarni kuzatib boradi va botlar aldovi topilganda — kun oxirida, kuniga bir marotaba namoyishlar sonini qaytadan hisoblaydi.

Reklama frod tomoshalari uchun pul yechib olinmaydi. Agar marketpleys yechib olingandan keyin insofsiz tomoshalarni aniqlasa - pul qaytarib berilishi amalga oshiriladi.

Sotuvchi shaxsiy kabinetidagi statistika 15 daqiqada bir marta yangilanadi, frod ko‘rishlardan tozalash va yechishlar esa sutkada bir marta bo‘ladi. Aynan shu sababli marketing bo‘limidagi xarajatlar, mablag‘lar bo‘limidagidan ko‘proq bo‘lishi mumkin.

# Xaridorlar uchun qanday ko‘rinishga ega bo‘ladi

Reklama kampaniyasida ishtirok etayotgan tovarlar umumiy tovarlar ro'yxatida ko'rsatiladi. Ularning pozitsiyasi uchta omilga bog'liq: tovar xaridor so'roviga qanchalik mos kelishi, tovar kartochkasining sifati (reyting, sharhlar, voronkaning har bir bosqichidagi konversiyalar) va sizning reklama stavkangiz. Uchala ko'rsatkich qanchalik yuqori bo'lsa, pozitsiya shunchalik yuqori bo'ladi.

Ular kartochkaning tepa qismida Reklama yozuvi bilan belgilangan. Marketpleys O‘zbekiston qonuniga asosan reklamani markirovka qilishi shart.

пример

# Reklama kampaniyasi qanday yaratiladi

Bitta reklama kampaniyasida bir vaqtda bir nechta tovarlarni har xil joylarda — katalogda va qidiruvda targ‘ib qilish mumkin.

Reklamani yaratish bir nechta bosqichga bo‘linadi va shaxsiy kabinetda boshlanadi: Marketing → Bust Top → Reklama kampaniyasini yaratish tugmasi.

# 1-qadam. Umumiy parametrlarni sozlang

(1) Reklama kampaniyasi nomini kiriting — u faqat sotuvchining shaxsiy kabinetida ko‘rsatiladi, xaridorlar uni ko‘rishmaydi.

(2) Targ'ibot davrini tanlang. Reklama yakunlanish sanasisiz bo‘lishi mumkin — bunday holda, agar byudjet yoki ombordagi tovarlar tugasa, u avtomatik ravishda to‘xtatiladi. Bunday kampaniyani har doim qo‘lda to‘xtatish mumkin.

(3) Reklama kampaniyasining byudjetini o‘rnating — bu tizim reklamaga sarflashi mumkin bo‘lgan summa. Byudjet tugaganda — reklama kampaniyasi avtomatik ravishda to‘xtaydi.

Byudjet kalendar haftalar bo‘yicha ishlaydi — dushanba 00:00 dan yakshanba 23:59 gacha. Hatto siz kampaniyani haftaning o‘rtasida ishga tushirsangiz ham, qolgan summa yakshanba tugaguncha sarflanadi. Dushanbadan yangi hafta boshlanadi — va hisob-kitoblar nolga tenglashtiriladi.

Misol

Agar siz kampaniyani chorshanbada ishga tushirayotgan bo‘lsangiz, byudjet yakshanba 23:59 gacha sarflanadi. Dushanbada xuddi shunday byudjetli yangi hafta boshlanadi.

Shuningdek byudjet sarflanishining rejimini ham tanlash mumkin.

Imkon boricha tezroq — bunda tizim reklamani kunlik cheklovlarsiz namoyish qiladi.

Bir tekisda — bunda tizim sutkasiga byudjetning 20% dan ko‘p bo‘lmagan qismini sarflaydi va har kuni kuni taxminan bir xil sondagi namoyishlar bo‘ladi.

Byudjetni sarflash rejimini istalgan vaqtda o‘zgartirish mumkin — hatto kampaniya ishga tushirilgandan keyin ham. Masalan, agar siz bir tekisdagidan tezga o‘tsangiz — tizim sozlamalar saqlanishi bilan yangi sxema bo‘yicha namoyishlarni boshlaydi.

Agar haftaga byudjet tugagan, siz esa namoyishlarni davom ettirishni xohlasangiz — qaytadan ishga tushirish mumkin. Buning uchun reklama kampaniyasining sozlamalariga kirish va Yangilash tugmasini bosish kerak. Tizim oldingi limitni haftaning oxirigacha ishga tushiradi.

(4) Kerakli tovarlarni reklama kampaniyasiga qo‘shish uchun SKU tanlash tugmasini bosing.

пример

# 2-qadam. Targ‘ib qilish uchun tovarlarni tanlang

Yangi sahifada targ‘ib qilish mumkin bo‘lgan tovarli jadval paydo bo‘ladi. Keraklilarni tezroq topishga — qidirish (1) yoki do‘konlar bo‘yicha filtrdan foydalaning (2).

Bitta reklama kampaniyasida har xil doʻkonlar tovarlarini targʻib qilish mumkin — lekin bunda hamma doʻkonlar bitta egaga tegishli boʻlishi muhim

пример

Tovarlar jadvalida barcha ranglarini bittada qo‘shish yoki tovarni ochish va ma’lum SKU-guruhlarini tanlash mumkin.

пример

Tanlangan tovarlarni tekshiring va pastki oʻng burchakda Qoʻshish tugmasini bosing.

Bust Topda ishtirok etish uchun tovarlarga qo‘yiladigan talablar

  1. Kartochka faol — bloklanmagan va arxivlanmagan, tovar esa marketpleys omborida mavjud.

  2. Reklama O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini buzmaydi va tegishli sertifikatlashni talab qilmaydi. Tovar quyidagi kichik toifalarga tegishli emas:

  • Vitaminlar, BFQlar, oziq-ovqat qo‘shimchalari, ona suti o‘rnini bosuvchilar

  • Tibbiyot anjomlari yoki intim kosmetika

  • Replikalar

  1. SKU-guruh tovarining kartochkasiga studiya fotosuratlari yoki moderatsiyadan o‘tganlar yuklangan.

# 3-qadam. Joy va targ‘ibot narxini tanlang

Reklama katalog va qidiruvda ishlaydi — hamma joyda o‘z chiqarishi bo‘ladi. Bunda kampaniyani hamma targ‘ibot joylarda ishga tushirish yoki bittasida to‘xtalish ham mumkin.

Katalogda targ’ibot qilish uchun toifalarni tanlash (1), qidiruvdagi reklama uchun esa — kalit iboralarni sozlash kerak (2).

пример

Katalogda targ‘ib qilish

Katalogda targ‘ib qilish uchun tovarni faqat u joylashgan toifalarga (1) qo‘shish mumkin.

Ko‘proq buyurtmalar olish uchun pastki toifalarni tanlang

Masalan, smart-soatlar “Elektronika” toifasiga mos keladi. Lekin bu yuqori toifa — ularni odatda yirik brendlar va sotuvchilar imidj uchun ishlatishadi. Sotuvlar uchun esa aynan pastki toifalarni tanlagan yaxshi, masalan, “Aqlli soatlar va fitnes-bilaguzuklar” va “Aqlli soatlar”.

1 000 marta namoyish uchun stavkani (2) har bir tanlangan toifa uchun o‘rnatish kerak — namoyishlarning potensial soni, tovar chiqarishda qanchalik yuqori bo‘lishi va kun oxirida qancha pul yechib olinishi shunga bog‘liq.

пример

Qidiruvda targ‘ib qilish

Kalit iboralarni ko‘rsating

Qidiruv chiqarishidagi reklama kalit iboralar bo‘yicha sozlanadi. Siz iboralarni ko‘rsatasiz — xaridor shunday so‘rov kiritganda, tovar qidiruvda paydo bo‘ladi (shu jumladan boshqa morfologik shakllarda yoki matn terish xatolari bilan).

пример

Bunda e’lonlar nafaqat siz ko‘rsatgan asosiy kalit iboralar, balki qo‘shimcha so‘zli iboralar bo‘yicha ham ko‘rsatiladi.

Misol

Agar siz reklamani “sport krossovkalari” so‘rovi uchun sozlagan bo‘lsangiz — u kengaytirilgan so‘rovlar bo‘yicha ham ko‘rsatiladi, “sport krossovkalari yugurishga” yoki “erkaklar sport krossovkalari”.

Reklamani aniqroq sozlash va mos kelmaydigan so‘rovlar bo‘yicha namoyishlarni istisno qilish uchun minus-so‘zlardan foydalaning.

Masalan, “qizil ko‘ylak” so‘rovi bo‘yicha reklama ko‘rsatilishi:

пример

Kalit iboralarni ro‘yxatdan tanlashingiz yoki o‘zingiz kiritishingiz mumkin.

пример

Misol

Ayollar futbolkalarni sotasiz targ‘ib qilish uchun «ayollar futbolkasi» kalit iborasini tanlashingiz mumkin. Bunday holda, ayollar futbolkasini qidiradigan mijozlar tovaringizni «женская футболочка», «женские футболки», «жинская фтболка» va boshqa so‘rov natijasida ko‘radi.

E’tibor bering, «женская футболка» va «футболка для женщин» — ikkita har xil so‘rovlar. Agar xaridor barcha mos so‘rovlar bo‘yicha reklama qilinadigan tovarni topishini xohlasangiz, bir nechta kalit iboralarni tanlash kerak.

Minus-soʻzlarni qoʻshing

Agar tovaringiz ma’lum bir so‘zlar bo‘yicha ko‘rsatilishini xohlamasangiz, ularni minus-so‘zlar ro‘yxatiga qo‘shing. Agar xaridor bunday so‘z bilan so‘rov kiritsa — sizning reklamangiz ko‘rsatilmaydi.

пример

Misol

Agar siz krossovka sotsangiz, lekin “bolalar krossovkalari” so‘rovi bo‘yicha ko‘rinishini xohlamasangiz, “bolalar” minus-so‘zlarga qo‘shing

Masalan, siz “qizil ko‘ylak” so‘rovi bo‘yicha rekalama sozlayapsiz, lekin e’lon “bolalarga qizil ko‘ylak” so‘rovi bo‘yicha ko‘rsatilishini xohlamayapsiz — “bolalarga” so‘zini minus-so‘zlar ro‘yxatiga qo‘shing.

Bunda minus-so‘z kalit iboralardagi so‘zni takrorlamasligi kerak. Masalan, kalit ibora “ayollarga ko‘ylak” bo‘lsa - minus-so‘zlarda “bolalarga ko‘ylak” deb kiritmang, faqat “bolalarga” so‘zini qoldiring. Quyida bu qanday ishlashining misoli:

пример

Vaqti-vaqti bilan minus-so‘zlar ro‘yxatini to‘ldirib borishni tavsiya qilamiz — bu reklama samaradorligini oshiradi (ba’zida 20% gacha) va byudjetni tejashga yordam beradi.

Toifali tekshiruv ishlashi

Marketpleys faqat mos reklamani ko‘rsatish uchun toifali tekshiruvni o‘tkazadi. Tanlangan so‘rov bo‘yicha tovar reklamasi ko‘rinishi uchun — organik qidiruv natijalari ichida siz reklama qilayotgan tovar bilan bir xil toifadagi tovarlarning ma’lum foizi bo‘lishi kerak.

Misol

“Erkaklar sviteri” so‘rovida ayollar sviterlarining foizi juda kichik, shuning uchun ayollar sviterlarining barcha toifasi kesiladi.

1 000 marta namoyish uchun stavka qanday ko‘rsatiladi

Marketpleys boshqa sotuvchilarning stavkalari va chiqarishni tahlil qiladi — katalog yoki qidiruvda joylarning qancha turishi. Maqbul stavkani o‘rnatish uchun — 1 000 marta namoyish uchun stavka maydoning oldidagi grafikli ikonkani bosing va hozirdagi narxlar keltirilgan ma’lumotni o‘rganib chiqing.

пример

# Reklama kampaniyasi qanday boshqariladi

Samaradorlikni nazorat qiling, strategiya tuzib chiqing va targ‘ib qilish sozlamalarini tezda o‘zgartiring. Hamma kampaniyalarning umumiy ko‘rsatkichlarini ham, har bittasini alohida ham kuzatish mumkin.

Targ‘ib qilishning umumiy statistikasi

Reklama haqidagi umumiy ma’lumotlarni Bust Top bosh sahifasida ko‘rish mumkin. Bu blokga tanlangan davrdagi faol kampaniyalar haqidagi asosiy ma’lumot tushadi — xarajatlar va tushum, namoyishlar, sotuvlar hajmi.

пример

Statistika nafaqat asosiy, balki kengaytirilgan kalit iboralar bo‘yicha ma’lumotlarni ham hisobga oladi.

Bu samaradorlikni kuzatib borish va mos kelmaydigan so‘rovlar bo‘yicha namoyishlarning oldini olish uchun minus-so‘zlarni o‘z vaqtida qo‘shishga imkon beradi.

Reklama kampaniyalari ro‘yxati

Bust Top bosh sahifasidagi ro‘yxatda har bir reklama kampaniyasi bo‘yicha ma’lumot bor:

  • Targ‘ibot davri va tugashiga qancha vaqt qolgani
  • Budjet
  • Qoldiq
  • Holat
  • Kampaniya butun davri davomida ko‘rishlar, bosishlar, savatga qo‘shishlar va sotuvlar miqdori
  • Ko‘rishlardan sotuvlarga konversiya
  • RXU (shu reklama sotuvlaridan reklama xarajatlarining ulushi)
  • Sotuvlardan tushum
  • Reklamaga xarajatlar

пример

Reklama kampaniyalarining holatlari

Rejalandi — reklama kampaniyasi hali boshlanmagan

Faol — reklama kampaniyasi muvaffaqiyatli ishga tushirilgan va ishlayapti

To‘xtatilgan — sotuvchi reklama kampaniyasini pauzaga qo’ygan.

Limitga yetgan — kunga yoki haftaga byudjet tugagan. Kampaniya byudjet yangilanganda qaytadan ishga tushadi.

Yakunlandi — targ’ibot davri tugagan. Bunday reklama kampaniyasini faqat nusxasini yaratish mumkin, boshqa harakatlarni qilib bo’lmaydi.

Omadli reklama kampaniyasini qaytadan ishga tushirish mumkin — buning uchun kerakli kampaniyaning o‘ng tarafida uchta nuqtani, keyin Nusxasini yaratish tugmasini bosing. Tovarlar va kalit iboralar saqlanib qoladi — siz faqat yangi nomi, targ’ibot davri ko‘rsatishingiz va 1 000 marta namoyish uchun stavkani yangilashingiz kerak bo‘ladi.

пример

Reklama kampaniyasining sahifasi

Bust Top bosh sahifasidagi umumiy roʻyxatda kerakli kampaniya bosilsa, har bir kampaniya boʻyicha tafsilotlar va statistikali sahifa ochiladi.

Tepa blokda asosiy ma’lumot koʻrinadi:

  • Reklama kampaniyasi nomi va ID
  • Holat
  • Targ‘ibot davri
  • Qoldiq va budjet
  • Targ‘ibotdagi SKU miqdori

Shu yerda istalgan vaqtda reklama kampaniyasini toʻxtatish va uning parametlarini oʻzgartirish mumkin:

  • nomining chap tarafidagi oʻtkazgich yordamida toʻxtatish
  • yuqori oʻng burchakdagi Kampaniyani tahrirlash tugmasi yordamida parametrlarni oʻzgartirish

пример

Pastroqda tanlangan koʻrsatkichlar dinamikasili grafik va har bir SKU-guruh boʻyicha batafsil statistikali jadval mavjud.

Bitta reklama kampaniyasi ichida parametrlarni tanlash va SKU-guruhlarni o’zaro solishtirish mumkin. Buning uchun kerakli tovarlar va jadval tepasidagi ko‘rsatkichlarga bosing — hammasi grafikda ko‘rinadi.

пример

Shuningdek, har bir targ‘ib qilish joyi bo‘yicha statistikani ko‘rish va qaysi so‘zlar bo‘yicha namoyishlar bo‘lganini ko‘rish uchun jadvalda tovar va kalit iboralarni ochish mumkin. Buning uchun kerakli tovar yonidagi strelka belgisini (1) bosish kerak.

Bu ma’lumotni tahlil qilish va samaradorlikni oshirish— omadsiz iboralarni olib tashlash va sotishga yordam berayotganlari uchun narxlarni oshirishda ishlating.

пример

# Budjetni sozlash

Kampaniyalar uchun byudjet kalendar haftaga o‘rnatiladi — dushanbadan yakshanbagacha. Bu tizim ushbu davrda sarflashi mumkin bo‘lgan summa.

Haftalik byudjet tugaganda kampaniya to‘xtaydi. Dushanbada hammasi nolga tenglashtiriladi — namoyishlar va sarflashlar qaytadan boshlanadi.

пример

Byudjetni sarflash rejimini tanlash mumkin:

  • Imkon boricha tezroq — bunda tizim reklamani iloji boricha tez-tez namoyish qilishga harakat qiladi. Bunday rejimda sarflashlarga cheklovlar yo‘q — kampaniya butun haftalik byudjetni bir necha kunda sarflab bo‘lishi va to‘xtashi mumkin.

  • Bir tekisda — bunda tizim xarajatlarni taqsimlaydi va kuniga byudjetning 20% dan ko‘p bo‘lmagan qismini sarflaydi, kuniga bo‘lgan namoyishlarning soni ham taxminan bir xil bo‘ladi.

Rejimni butun hafta davomida, istalgan vaqtda o‘zgartirish mumkin — o‘tish amalga oshirilgandan keyin tizim avtomatik ravishda yangi sxema bo‘yicha ishlashni boshlaydi.

Agar byudjet tugagan bo‘lsa, siz esa namoyishlarni shu haftaning o‘zida davom ettirishni xohlasangiz?

Reklama kampaniyasining sozlamalariga kiring va Yangilash tugmasini bosing. Tizim oldingi haftalik limitni, haftaning oxirigacha qaytadan ishlatishni boshlaydi.

Byudjet qoldiqlari nima bo‘ladi?

Sarflanmagan pullar kuymaydi — ular sizning balansingizda qoladi.

Kampaniyani pauzaga qo‘yish mumkinmi?

Ha. Reklama pauzada bo‘lgan paytda — byudjet sarflanmaydi, kampaniyani esa istalgan paytda xuddi o‘sha byudjet bilan qaytadan ishga tushirish mumkin.

Byudjet juda ham kichik bo‘lsa nima bo‘ladi?

Agar byudjet yo‘l qo‘yilgandan kam bo‘lsa, tizim bu haqida ogohlantiradi va kampaniyani ishga tushirishga imkon bermaydi. Hammasi faqat to‘g‘ri summa kiritilganda ishlaydi.

Tizim byudjet tez orada tugashi haqida oldindan ogohlantiradimi?

Hozircha bunday funksiya yo‘q, lekin siz xarajatlarni Mablag‘lar bo‘limida yoki reklama kampaniyasi ichida har doim kuzatib borishingiz mumkin.

Reklama bo‘yicha hamma haqiqatdagi yechib olishlarni Mablag‘lar bo‘limida tekshirish mumkin.

# 11.5 Buyurtmalarni ko‘paytirish

# "Buyurtmalarni ko‘paytirish" nima

“Buyurtmalarni ko‘paytirish” — faqat olingan tovar uchun haq to‘lanadigan targ‘ibot vositasi. Siz sotuv narxidan foiz to‘laysiz - faqat xaridor tovarni olgandagina. Oldindan to‘lovsiz. Belgilangan budjetsiz.

💡 Analogiya: bu xaridorga har bir qo‘ng‘iroq uchun emas, balki faqat yopiq bitim uchun to‘laydigan savdo agentiga o‘xshaydi.

# Bust Top dan qanday farq qiladi

Bust Top Buyurtmalarni ko‘paytirish
To‘lov modeli Namoyish uchun (Cost-Per-Millennium, CPM) Olingan tovar uchun (Cost-Per-Order)
To‘lov qachon amalga oshiriladi Targ‘ib qilinayotgan kartochkani foydalanuvchiga ko‘rsatishni qayd qilish paytida. Pul faqat xaridor tovar olganida yechib olinadi
Byudjet Bitta kampaniya uchun kamida 150 000 so‘m Byudjet yo‘q — har bir buyurtma uchun targ‘ibot xarajatlari belgilangan stavkaga teng.
Sozlama Tovar rangini tanlash, kalit so‘zlar, minus iboralar, stavkalar, budjetlar Tovar tanlovi, stavka belgilash
Kimga mos keladi Targ’ibot kampaniyalarini qo‘lda boshqarmoqchi bo‘lganlar uchun Shunchaki yoqib, ko‘proq sotmoqchi bo‘lganlar uchun

# Bu qanday ishlaydi — oddiy mexanika

Siz tovarni to‘liq tanlaysiz va umumiy narxni belgilaysiz – bu targ’ibot uchun to‘lashga tayyor bo‘lgan har qanday SKUning sotuv narxidan foiz.

So‘ngra tizimning o‘zi:

  1. Tovaringizni ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan joylarni topadi (qidiruv, toifalar, tavsiyalar, bosh sahifa, termalar)
  2. Uni sotib olish ehtimolini va belgilangan stavka miqdorini baholaydi, umumiy baho qo‘yadi
  3. Uni boshqa tovarlar orasida ushbu bahoning kamayish tartibida joylashtiradi
  4. Xaridor buyurtmani olgandan keyingina to‘lovni yechib oladi

# Qancha to‘lash kerak yoki "stavka" bu nima

# "Buyurtmalarni ko‘paytirish"dagi stavka bu nima

Stavka — bu tovar olinganidan keyin yechiladigan sotuv narxidan foizi.

Misol: tovarning sotuv narxi — 100 000 so‘m, stavka esa — 2%, shunda har bir sotuv uchun 2 000 so‘m to‘laysiz.

Tovarni buyurtmaga olib kelgan xaridorga namoyish paytidagi stavka qo‘llaniladi.

Misol: 16‑fevralda stavka 5% edi, 17‑fevralda esa siz uni 10% ga o‘zgartirdingiz. Agar xaridor tovarni 16‑fevralda targ‘ibotda ko‘rib, 18‑fevralda olib ketgan bo‘lsa, biz amal qilgan 5% stavkani yechib olamiz.

# Minimal stavka

Har bir tovar toifasi uchun minimal stavka belgilangan. Targ’ibotga tovar kiritilganda, u avtomatik qo‘llaniladi.

# Stavka natijaga qanday ta’sir qiladi

Stavka qancha yuqori bo‘lsa, tovaringiz namoyishlar soni shuncha ko‘p bo‘ladi.

Maslahat: toifangiz uchun kichik stavkadan boshlang. Targ‘ibotni 7-10 kun ichida qoldiring - buyurtmalar kechikishi mumkin va ushbu tahlil natijalarini olish uchun biroz vaqt talab etiladi. Ko‘proq buyurtma olishni istasangiz, stavkangizni oshiring.

# Targ‘ibot qanday ishga tushiriladi

# 1-qadam. Buyurtmalarni ko‘paytirish bo‘limini oching

Yon menyudan «Targ’ibot» tugmasini bosing.

# 2-qadam. Tovarni tanlang

"Tovarlarni targ’ib qilish" tugmasini bosing.

Agar tovarlarni "Buyurtmalarni ko‘paytirish" targ‘ibotiga qo‘shgan bo‘lsangiz, o‘ng tomonda "Tovarlarni qo‘shish" tugmasi chiqadi

пример

"Tovarlarni tanlash" oynasi ochiladi.

  • Yuridik shaxsni tanlang (agar boshqa do‘konlarga kirish imkoni bo‘lsa)
  • Muayyan do‘kondan tovarlarni topishni istasangiz, do‘konni tanlang
  • Tovarni qidiruv paneli orqali tovar nomi yoki IDsi orqali toping
  • Kerakli tovarning chap tomoniga belgi qo‘ying
  • Pastki o‘ng burchakdagi "Targ’ib qilish" tugmasini bosing

Yaxshi suratlar, kamida bir nechta ijobiy sharhlar va toifadagi raqobatbardosh narxga ega tovarlardan boshlashni tavsiya qilamiz.

пример

# 3-qadam. Stavka belgilang

"Targ’ib qilish" tugmasi bosilgandan so‘ng, tovar jadvalda paydo bo‘ladi. Agar qo‘shish amalga oshgan bo‘lsa – pastki o‘ng burchakda "Targ’ibotga qo‘shildi" bildirishnomasi paydo bo‘ladi. Bu vaqtda qo‘shilgan tovarlar targ’iboti boshlanadi. "Stavka" ustunida toifangiz uchun minimal foiz ko‘rsatiladi. Foizni o‘zgartirish uchun raqam yonidagi qalam belgisini bosing.

пример

# Targ’ibotni qanday o’chirish mumkin

"Targ’ibot" ustunida almashtirish tugmasini bosing u "O‘chirilgan" holatiga o‘zgaradi.

пример

# Samaradorlikni qanday baholash mumkin

Statistika tovarlar jadvalida bevosita bosh ekranda ko‘rinadi. Alohida tahlil bo‘limi yo‘q - hammasi bir joyda.

пример

# Nimaga qarash kerak

Jadvaldagi asosiy ustunlar va ulardan kelib chiqadigan natijalar:

Metrika U nimani anglatadi
Namoyishlar Targ‘ibot orqali tovar namoyishlari soni. Stavkani qancha yuqori belgilasangiz, namoyishlar soni shuncha ko‘p va targ‘ibot shuncha samarali bo‘ladi
Kartochka ochilgan Targ‘ibot orqali xaridorlar tovar kartochkasini necha marta ochgan
Savatga qo‘shildi Xaridorlar targ‘ibotdan tovarni savatga necha marta qo‘shgan
Buyurtma qilingan Targ‘ibotdan buyurtma qilingan tovarlar soni
Olingan tovarlar Xaridorlar olgan tovarlar soni. Stavka bu ko‘rsatkich bo‘yicha yechiladi
Buyurtmaga konversiya Targ‘ibot namoyishlarining necha foizi buyurtma berishga olib keldi. Bu formula bo‘yicha hisoblaymiz: Buyurtma qilingan / Namoyishlar × 100
Sotuv summasi Targ‘ibot yordamida buyurtma berilgan va olingan tovarlardan daromad
Xarajatlar Targ‘ibotga sarflangan summa
Tovar targ‘ibotining o‘rtacha narxi Targ‘ibot orqali bitta sotuvga qancha sarfladingiz. Bu formula bo‘yicha hisoblaymiz: Xarajatlar / Olingan tovarlar
RXU Targ‘ibot xarajatlari ulushi. Daromadning qancha qismini targ‘ibotga sarflayotganingizni baholashga yordam beradi. Bu formula bo‘yicha hisoblaymiz:Xarajatlar / Sotuv summasi × 100

# Tovarni qachon tekshirish kerak

  • Ko‘p marta ko‘rildi, lekin ochishlar soni kam → muammo birinchi surat yoki rangda (agar mavjud bo‘lsa), tovar nomida, raqobatbardosh narxda emas
  • Ko‘p marta ko‘rildi, ochildi, lekin savatga hech narsa qo‘shilmadi → tovarning qolgan suratlari, uning tavsifi, birinchi sharhlar (shaxsiy kabinetda birinchi sharhni mahkamlash mumkin), narx jozibadorligini tekshiring
  • Ko‘p marta ko‘rildi, ochildi, buyurtmalar olindi, lekin olingan buyurtmalar kam → qaytarishlarning katta foizi tovar nomuvofiqligi va tovar kartochkasini rasmiylashtirish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, partiyada nuqsonli tovarlar bo'lishi ham istisno emas - tekshirib ko‘rgan ma’qul. Agar siz FBS sxemasi bo‘yicha savdo qilayotgan bo‘lsangiz, Uzum Marketga omboringizdan buyurtmani uzoq yetkazayotganingiz uchun bo‘lishi mumkin.

# Stavkani qachon oshirish kerak

  • 2 kunlik targ‘ibotdan keyin statistikada namoyishlar kam
  • 2 kundan ortiq vaqt o‘tdi, statistikada yetarlicha namoyishlar bor
  • 10 kunlik faol targ‘ibot o‘tdi, statistikada ko‘rsatkichlar kam, lekin sizda sifatli tovar kartochkasi borligiga ishonchingiz komil (yaxshi rasmiylashtirilgan, raqobatbardosh narx) → ehtimol, sizning bozoringizda raqobat kuchli va joriy stavka raqobatchingizdan o‘zib ketish uchun juda past
  • Buyurtmalar kelmoqda, stavkani oshirish uchun foyda zaxirasi mavjud → buyurtmalar hajmini oshirishga sarmoya kiritish mumkin

# Tez-tez so‘raladigan savollar

# Pul qachon yechiladi?

Xaridor buyurtmani olgandan keyingina pul yechib olinadi. Agar buyurtma olingunga qadar bekor qilinsa, pul yechilmaydi.

# Shaxsiy kabinetdagi hisobda pul bo‘lmasa-chi?

"Buyurtmalarni ko‘paytirish" uchun maxsus hisobni to‘ldirishning hojati yo‘q — xuddi sotuvlardan mablag‘ to‘planishini kutgandek. Xaridor buyurtmani olgandan keyin targ‘ibot narxi har bir sotuvdan avtomatik ravishda yechiladi. Shu payt shaxsiy kabinetdagi "Mablag‘lar" sahifasidagi "Xizmatlar to‘lovi"da xaridor tovarni targ’ibotda ko‘rgan paytda faol bo‘lgan stavka bo‘yicha yozuv yaratiladi.

# Istalgan vaqtda targ‘ibotni o‘chirib qo‘yishim mumkinmi?

Ha. Istalgan vaqtda tovar targ’ibotini faolsizlantirishingiz mumkin. Faol targ‘ibot paytida buyurtmaga olib kelgan hamma namoyishlar uchun, tovar olingandan so‘ng stavka shartlaringiz asosida pul yechiladi.

# Targ‘ibot ishlayotganini qanday bilish mumkin?

"Buyurtmalarni ko‘paytirish" sahifasidagi jadvalda quyidagilarni ko‘rasiz:

  • Targ’ibot orqali buyurtma qilingan tovarlar soni
  • Xaridorlar tomonidan olingan tovarlar soni
  • “Buyurtmalarni ko‘paytirish” targ‘ibotiga jami xarajatlar
  • RXU (Targ‘ibot xarajatlari ulushi) — Xarajatlar / Sotuv summasi × 100
  • CPO — buyurtmani jalb qilishning o‘rtacha qiymati

Ishga tushirilgandan keyin 7-10 kun ichida birinchi ma’lumotlarni kuting.

# Nima uchun stavka minimumdan past bo‘lmasligi kerak?

Minimal stavka toifangizdagi raqobat asosida hisoblanadi. Minimal darajadan past stavkalar tovaringizning auksionda ishtirok etishiga yo‘l qo‘ymaydi - u shunchaki reklama joylariga tushmaydi.

# Bitta tovarni bir vaqtning o‘zida ham "Bust TOP", ham Buyurtmalarni ko‘paytirish"da targ‘ib qilish mumkinmi?

Ha. Bir vaqtning o‘zida ikkala turdagi targ’ibotda tovar kiritishingiz mumkin. Ushbu vositalar kesishgan joylarda, tovaringiz qo‘shimcha yutuqqa ega bo‘ladi - ikkala stavka ham qo‘shiladi.

# Oddiy namoyishlarda targ‘ibot tovar pozitsiyasiga ta’sir qiladimi?

Buyurtmalarni ko‘paytirish targ’iboti faol bo‘lsa, u tovaringizga mavjud bo‘lgan barcha namoyishlarda ustuvorlik beradi. Bu joylarda tovar targ‘ib qilinayotgan hisoblanadi.

# Yordam kerakmi?

Agar biror narsa tushunarsiz bo‘lsa yoki savollar tug‘ilsa – Shaxsiy kabinetdagi yon menyudan "Qo‘llab-quvvatlash chat" tugmasini bosing.