# 9. DBS sxemasi bo‘yicha buyurtmalar bilan ishlash
DBS (delivery by seller) — bu unda Sotuvchi (2-taraf) Tovarlarni o‘zining yoki ijaraga olingan omborida saqlab, buyurtmalarni qayta ishlab, yig‘adigan va Xaridorgacha mustaqil ravishda, Marketpleys (1-taraf) ishtirokisiz, yetkazib beradigan sxema.

# 9.1 DBS bo‘yicha sotish qanday boshlanadi
# FBO, FBS va DBS birga olib borish
Bitta tovarning o‘zini bir vaqtda FBO, FBS va DBS bo‘yicha sotish mumkin — bunda birga olib borishda FBO sxemasi har doim ustuvorroq bo‘lishi muhimdir.
FBO ustuvorligi qanday ishlaydi
Agar FBO va DBS birga olib borsangiz
Birinchi navbatda vitrinada FBO bo‘yicha qoldiqlarni ko‘rsatamiz. Ular tugaganda — DBS bo‘yicha qoldiqlarni ko‘rsatamiz.
Agar yana FBO bo‘yicha qoldiqlar paydo bo‘lsa — ortga qaytish qilamiz va hatto hali DBS bo‘yicha qoldiqlar bo‘lsa ham vitrinada FBO bo‘yicha qoldiqlarni ko‘rsatamiz.
Agar FBO, FBS va DBS birga olib borsangiz
Birinchi navbatda vitrinada FBO bo‘yicha qoldiqlarni ko‘rsatamiz, ular tugaganda esa — hammasi ma’lum bir tovar va xaridorning joylashuviga bog‘liq.
Agar xaridor siz bitta tovarning o‘zini DBS va FBS bo‘yicha sotayotgan joyda joylashgan bo‘lsa — vitrinada DBS qoldiqlari va muddatlari ustuvorlikda ko‘rsatiladi.
# Tovar kartochkasini yaratish
DBS sxemasi bo‘yicha sotuvlar tovar kartochkasini yaratish va moderatsiyasidan boshlanadi. Assortimentni belgilab oling, kartochkalarni to‘ldiring va moderatsiya natijalarini kuting.
Bu bosqichlar haqida batafsil ma’lumot quyida — 5-b. Tovar kartochkalarini yaratish (opens new window).
Agar siz bitta tovarning o‘zini bir vaqtda har xil sxemalar (FBO / FBS / DBS) bo‘yicha sotayotgan bo‘lsangiz — kartochkalarni har bir sxema uchun takrorlash mumkin emas. Bitta tovar uchun faqat bitta kartochka bo‘lishi mumkin, ishlash sxemalarini tanlash va sozlashni esa kechroq — ombor yaratilgandan keyin istalgan vaqtda qilish mumkin.
# 9.2 Ombor qanday yaratiladi va sozlanadi
Ombor — bu sotuvchi marketpleysga topshirishdan oldin tovarlarini saqlaydigan ma’lum bir joy. Hozir shaxsiy kabinetda faqat bitta ombor yaratish mumkin — bu sizning DBS bo‘yicha sotilayotgan hamma SKU uchun sozlamalarning hammasi bir xil bo‘ladi degani.
Agar sizda shaxsiy kabinetda ombor mavjud bo‘lsa
FBS/DBS (1) bo‘limida Omborlar (2) varaqasiga o‘ting va DBS ishlash sxemasini qo‘shish (3) tugmasini bosing. Keyin 9.2 b.Ombor qanday yaratiladi va sozlanadi (Yetkazib berish shaharlari va muddatlarini sozlang) yo‘riqnomasi bo‘yicha harakatlarni bajaring.

Agar siz hali shaxsiy kabinetda ombor yaratmagan bo‘lsangiz — quyidagi yo‘riqnoma bo‘yicha harakatlarni bajaring.
# Ma’lumotlarni to‘ldiring va ishlash jadvalini ko‘rsating
FBS/DBS (1) bo‘limiga o‘ting va Omborni yaratish (2) tugmasini bosing. Kerakli ishlash sxemasini tanlash va sozlashni keyingi bosqichlarda qilish mumkin.

Keyin 8.2-b. Ombor qanday yaratiladi va sozlanadi (opens new window) (Ma’lumotlarni to‘ldiring va ishlash jadvalini ko‘rsating) yo‘riqnomasi bo‘yicha harakatlarni bajaring.
# Ishlash sxemasini tanlang
Har doim faqat bitta sxema bo‘yicha ishlash shart emas — oldin bittasini ko‘rsatish, keyin esa boshqasini qo‘shish mumkin. Kerakli ishlash sxemasini tanlang va Keyingisi tugmasini bosing.

# Yetkazib berish shaharlari va muddatlarini sozlang
Yetkazib berish shaharlari va muddatlarini tanlang.
- Buyurtmalarni yetkazib berishni tashkillashtira oladigan shaharlaringizni ko‘rsating (1). Butun O‘zbekiston yoki alohida joylarni tanlash mumkin — tovarlaringiz faqat shu hududlardagi xaridorlarga ko‘rinadi.
- Yetkazib berish muddatlarini (2) har bir joy uchun alohida yoki hammasi uchun bittada umumiy muddatni sozlang — 1 kundan 30 kungacha ko‘rsatish mumkin.
- Agar kuryerlarning xizmatlaridan foydalanishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz — ularning yetkazib berish muddatlarini hisobga oling.
- Tez yetkazib berish sotuvlarga yordam berishiga e’tibor qarating. Xaridorlar ko‘pincha tezroq olish mumkin bo‘lgan tovarlarni tanlashadi.
Yetkazib berish shaharlari va muddatlarini tanlagandan keyin Tayyor (3) tugmasini bosing.
.020a87c5.png)
Hammasi FBS/DBS (1) bo‘limida saqlanadi — Omborlar (2) varaqasi. Ombor, yetkazib berish shahri va muddatlari haqidagi ma’lumotni qalam (3) tugmasi yordamida, istalgan vaqtda o‘zgartirish mumkin.

Yetkazib berish shaharlari va muddatlarini har doim tahrirlash mumkin, lekin bunda hozirgi paytda Yangi va Yig‘ishda holatlarida bo‘lgan buyurtmalar uchun shartlar o‘zgarmaydi. Ular avvalgi muddatlarda yetkazib berilishi kerak
# Qoldiqlarni yangilang
FBS va DBS uchun qoldiqlar — yaxlit. Buyurtmalarni qabul qilishni boshlash uchun ularni yangilash — ya’ni sizning omboringizda saqlanadigan tovarlarni tanlash va ko‘rsatish kerak.
8.2-b. Ombor qanday yaratiladi va sozlanadi (opens new window)
(Qoldiqlarni yangilang) yo‘riqnomasiga amal qiling.
Qoldiqlar qanday hisoblanadi
- Qoldiqlardan buyurtmaga tushgan va xaridorga topshirilgan tovar birliklarining miqdorini ayiramiz.
- Agar xaridor buyurtmani rasmiylashtirgandan keyin bekor qilgan bo‘lsa — tovarning miqdor birliklarini buyurtmadan qoldiqlarga qaytaramiz.
- Agar buyurtmani sotuvchi bekor qilgan yoki xaridor olib ketmagan bo‘lsa — qoldiqlar o‘zgarmaydi.
E’tiborli bo‘ling — sotuvlarni uzmaslik uchun qoldiqlarni doimiy ravishda tekshiring va yangilang
# 9.3 DBS buyurtmarlari bilan qanday ishlanadi
DBS sxemasi bo‘yicha hamma buyurtmalarni FBS/DBS (1) bo‘limida — DBS buyurtmalari (2) varaqasida ko‘rish mumkin.

# Yangi buyurtmalar
Xaridorlar bilan qanday muloqot qilish kerak
- Buyurtmani ishlash uchun olishdan oldin — buyurtmadagi tovarlar omborda mavjud ekanligiga ishonch hosil qiling.
- Xaridorning manzili sizning yetkazib berish zonangizga kirishiga va muddatlar siz ombor sozlamalarida o‘rnatganga mos kelishiga ishonch hosil qiling.
- Buyurtmani olganingizda birinchi ish kunida xaridor bilan aloqaga chiqing — erta tongda yoki kechasi tungi paytda emas. Messenjer orqali yozish yoki telefon orqali qo‘ng‘iroq qilish mumkin.
- Xaridor bilan yetkazib berishning tafsilotlari: muddatlar va usullarni aniqlashtiring. Agar buyurtmani kuryer yoki yetkazib berish xizmati orqali berib yuboradigan bo‘lsangiz — “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra xaridorning ma’lumotlarini uchinchi shaxslarga berayotganingiz haqida albatta ogohlantiring.
- Agar bir necha ish kuni davomida xaridor bilan aloqaga chiqa olmagan bo‘lsangiz — buyurtmani “Xaridor bilan aloqaga chiqa olmadim” belgisi bilan bekor qiling.
Zarur bo‘lsa — sotuvchiga maslahatlar bering va tovar haqida gapirib bering. Ishlash uchun olish kerak bo‘lgan, kelib tushgan hamma buyurtmalar Yangi (1) varaqasida ko‘rinadi. Ular yaratish sanasiga ko‘ra — eskilaridan yangilariga saralangan (2).
Shungacha tasdiqlansin (3) — ungacha buyurtmani tasdiqlash va ishlash uchun olish kerak bo‘lgan vaqt. Bunga u yaratilgan paytdan boshlab 16 soat bor. Buyurtmani tasdiqlash uchun Yig‘ishga (4) tugmasini bosish kerak — undan keyin u Yig‘ishda holatiga o‘tadi va tegishli varaqaga o‘tadi (5).

Ro‘yxatda buyurtmaga bosganda — tarkibi, xaridorning manzili va uning aloqa ma’lumotlari bo‘yicha batafsil ma’lumot bo‘lgan oyna ochiladi.

Agar xaridor muloqot paytida buyurtmadan voz kechadigan bo‘lsa — uning o‘zi buyurtmani saytdagi yoki Uzum Market ilovasidagi profilida bekor qilishi kerak. Agar xaridor bir necha kun davomida javob bermayotgan bo‘lsa — buyurtmadan Xaridor bilan aloqaga chiqa olmadim sababi bilan voz keching. DBS buyurtmalarini bekor qilish haqidagi batafsil ma’lumot quyidagi bandda.
# Buyurtmalarni bekor qilish
Agar qandaydir sababga ko‘ra buyurtmani yetkazib bera olmasangiz — buyurtmalar ro‘yxatidagi krest tugmasini (1) yoki buyurtma haqida ma’lumotli oynadagi Voz kechish (2) tugmasini bosing.

Buyurtmani yetkazib bera olmasligingiz sababini ko‘rsating. Bundan keyin buyurtma
Bekor qilingan varaqasida bo‘ladi.

Jarimalar nima uchun belgilanadi:
siz belgilangan sanagacha buyurtmani mijozga yetkazmadingiz, shuning uchun buyurtma avtomatik bekor qilindi.
siz buyurtmani juda kech bekor qildingiz — buyurtma kelib tushgandan 12 soat o‘tgandan keyin.
Barcha bekor qilishlar uchun jarima olinadi. Agar mijoz bilan bog‘lana olmasangiz, "Mijoz bilan bog‘lanish imkoni bo‘lmadi" sababini tanlab, jarimani qoplash uchun biznes qo‘llab-quvvatlash (opens new window) xizmatiga murojaat qiling. Mijoz bilan qo‘ng‘iroq va xabar orqali bog‘lanishga uringaningizni tasdiqlovchi ma’lumotni taqdim etishingiz lozim bo‘ladi.
Jarima miqdori buyurtma yaratilganidan boshlab bekor qilingan vaqtga bog‘liq:
| Bekor qilish vaqti | Jarima(buyurtma summasidan%) | Kamida, so‘m | Undan ortiq emas, so‘m |
|---|---|---|---|
| 12 soatgacha | jarimasiz | ||
| 24 soatgacha | 3 % | 10 000 | 120 000 |
| 48 soatgacha | 5 % | 10 000 | 200 000 |
| 72 soatgacha | 6 % | 10 000 | 240 000 |
| 96 soatgacha | 7 % | 10 000 | 280 000 |
| 120 soatgacha | 8 % | 10 000 | 320 000 |
| 120 soatdan ko‘p | 9 % | 10 000 | 360 000 |
Buyurtmalarni bekor qilishlar xaridorlarning ishonchiga, bu degani — sizning reyting va kelgusi sotuvlaringizga ta’sir qiladi. Bekor qilish sonlarini imkoni boricha kamaytirish uchun qoldiqlarni vaqtida to‘ldiring va yetkazib berish muddatlariga amal qiling
# Buyurtmalarni yig‘ish
Buyurtma ishlash uchun olingandan keyin u Yig‘ishda (1) holatiga o‘tadi va tegishli varaqaga o‘tadi (2).

Shungacha yetkazib berilsin sanasi va vaqtiga e’tibor qarating — bu buyurtmalarni ungacha xaridorgacha yetkazib berish kerak bo‘lgan vaqt. U buyurtmani yetkazib berish kerak bo‘lgan shahar uchun eng uzoq muddat asosida shakllanadi. Agar buyurtma 15:00 dan keyin yaratilgan bo‘lsa — yaratish kuni yetkazib berish muddatlarida hisobga olinmaydi
Shtrixkodlar, markirovkalar, qadoqlash va etiketkalar
Marketpleys DBS buyurtmalariga shtrixkodlar va etiketkalarni yopishtirishni talab qilmaydi, lekin bu sizning shaxsiy hisobga olishingiz uchun kerak bo‘lsa, buni qilish mumkin.
Marketpleysda qadoqlashga ham ma’lum bir talablar yo‘q. Agar buyurtmani yetkazib berish xizmatlari orqali berib yuborayotgan bo‘lsangiz — ularning qadoqlashga bo‘lgan talablariga amal qiling. Agar buyurtmani kuryer orqali berib yuborayotgan bo‘lsangiz — xaridordan boshqa hech kim tovarning bir qismini yoki tovarni to‘liqligicha chiqara olmaydigan va ololmaydigan qilib qadoqlang.
Markirovka bo‘yicha talablar FBS buyurtmalari uchun bo‘lgan talablar kabi — 8.3-b. FBS buyurtmarlari bilan qanday ishlanadi (Buyurtmalarni yig‘ish/Markirovka).
# Buyurtmalarni yetkazib berish
Buyurtmani yetkazib berishdan oldin xaridor bilan bog‘lanish kerak. Agar buyurtmani begona kuryerlik yoki pochta xizmatlari orqali berib yuborayotgan bo‘lsangiz — xaridorga bu haqida albatta xabar bering, xizmatning nomi va jo‘natmaning trek-raqamini ayting.
Buyurtma kuryerlik xizmatiga berib yuborilganda va yo‘lga chiqqanda Yetkazib berishga tugmasini bosing — buyurtmalar ro‘yxatida (1) yoki buyurtma kartochkasida (2). Bu xaridorni ogohlantirish uchun kerak.

# Buyurtmalarni topshirish
Buyurtmani olish deb nima hisoblanadi
- Agar buyurtmani o‘zingiz yetkazib berayotgan bo‘lsangiz — rasm yoki xaridorning imzosi bo‘lgan yuk xati (qabul qilish-topshirish haqidagi qandaydir hujjat) tasdiqlash bo‘ladi.
- Agar Yandex.Yetkazish yordamida yetkazib berayotgan bo‘lsangiz — xaridordan buyurtmani olganini messenjerda matn yoki rasm bilan tasdiqlashini so‘rang.
- Boshqa xizmatlar orqali (O‘zR pochtasi, CDEK va h.k.) yetkazib berayotgan bo‘lsangiz — trek-raqam holatining o‘zgarishi tasdiqlash bo‘ladi.
- Agar xaridor buyurtmani eshik oldida qoldirishni so‘rasa — tovarning saqlanganligi uchun to‘liq mas’uliyat sotuvchi tomonida bo‘ladi.
Faqat buyurtma olinganligi tasdiqlangandan keyin topshirishni tasdiqlash kerak. Buning uchun buyurtmalar ro‘yxatida (1) yoki buyurtma kartochkasida (2) Topshirishni tasdiqlash tugmasini bosing.

# 9.4 DBS qaytarishlari qanday ishlaydi
Agar xaridor tovarlarni buyurtmani olgandan keyin qaytarib berishni xohlasa — qaytarishning sababini so‘rang va topshirish paytidan boshlab 10 kundan ko‘p vaqt o‘tmaganiga ishonch hosil qiling. Keyin xaridor bilan qaytarish shartlarini muhokama qiling.
Agar siz tovarni qaytarib olmaslikka rozi bo‘lsangiz — shunchaki pullarni xaridorga qaytarish mumkin. Agar tovarni olishni xohlasangiz — qaytarish tartibi uning sabablariga bog‘liq.
Agar tovar xaridorga yoqmagan yoki to‘g‘ri kelmagan bo‘lsa
Xaridor tovarni sotuvchiga qaytarib berishi kerak. Xaridor tovarni mustaqil ravishda yoki yetkazib berish xizmatlari orqali berib yuborishi mumkin, shuningdek sotuvchining o‘zi ham tovarni olib ketishi mumkin — lekin holatlarning har birida ham sotuvchigacha yetkazib berish xarajatlari xaridor tomonida bo‘ladi.
Agar tovar nuqsonli bo‘lsa
Xaridor tovarni sotuvchiga qaytarib berishi kerak — bunda sotuvchigacha yetkazib berish xarajatlari sotuvchining o‘zi tomonida bo‘ladi. Shuningdek nuqsonli tovarlar tekshirishni talab etadi — buning uchun “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra ma’lum bir tartib va muddatlar mavjud.
Xaridor bilan muhokama qilib va hamma tafsilotlarni tasdiqlab olgandan keyin xaridorga pullarni qaytarib berish kerak. Buning uchun Topshirilgan (1) varaqasiga kiring va Qaytarish qilish tugmasini buyurtmalar ro‘yxati (2) yoki buyurtma kartochkasida (3) bosing.

Yangi oynada shartlarni e’tibor bilan o‘qing va Pullarni qaytarish tugmasini bosing.

Har qanday bahsli holatda qo‘llab-quvvatlash xizmatiga (opens new window) murojaat qilish mumkin ekanligini yodda tuting
# 9.5 Sotuvchining DBS bo‘yicha reytingi nima
Sotuvchining reytingi FBS/DBS bo‘limida, DBS buyurtmalari varaqasidayuqori o‘ng burchakda ko‘rinadi.
Sotuvchilarning reytingi qanday hisoblanadi
Reyting har bir yuridik va jismoniy shaxs uchun hisoblanadi va quyidagi formula bo‘yicha hisob-kitob qilinadi:
100% topshirilgan buyurtmalar minus oxirgi 8 kunda bekor qilingan hamma buyurtmalar,
topshirilgan buyurtmalar — bu Yangi, Yig‘ishda, Bekor qilingan (xaridor tomonidan bekor qilinganlar) holatlaridan tashqari hamma buyurtmalar, bekor qilingan buyurtmalar esa — sotuvchi bekor qilgan yoki vaqtida olib kelmagan buyurtmalar.
- Agar reyting 95% dan pastga tushsa — marketpleys bu haqida shaxsiy kabinetda ogohlantiradi va sizda ko‘rsatkichlarni ko‘tarish uchun vaqt bor.
- Agar reyting 89% dan pastga tushsa va sizda 10 ta buyurtma bor bo‘lsa — tovarlar DBS sxemasidan yechiladi va bu sxema bo‘yicha sotuvdan ketadi va 3 kunga bloklash yoqiladi. Bu holatda hozirda Yangi va Yig‘ishda holatlarida bo‘lgan buyurtmalarning hammasi bilan albatta ishlash kerak bo‘ladi.
- Bloklash yechilgandan keyin reyting nolga tenglashtiriladi va qaytadan hisoblanadi — yangi kelib tushgan buyurtmalar asosida.
Agar sotuvchi buyurtmalarning ko‘p qismini bekor qilayotgan bo‘lsa, qadoqlash qoidalarini buzayotgan, mijozlar bilan qo‘pol muloqot qilayotgan bo‘lsa marketpleys o‘z ixtiyoriga ko‘ra DBS sxemasi bo‘yicha ishlashni bloklash huquqiga ega. Shuningdek, agar sotuvchi qo‘llab-quvvatlash xizmatiga (opens new window) murojaat qilsa, bekor qilishlarning sababini tushuntirsa va muammolarni to‘g‘rilash uchun qadamlarni taklif qilsa bloklashni yechishi mumkin.
← 8. FBS sxemasi bo‘yicha buyurtmalar bilan ishlash 10. EDBS sxemasi bo‘yicha buyurtmalar bilan ishlash →
Остались вопросы? Напишите в Telegram. (opens new window)