# 12. Analitika bilan ishlash
# 12.1 Savdo voronkasi bilan qanday ishlash kerak
# Sotuvlar voronkasi nima?
Bu xaridorlar sotuvning qaysi bosqichida yo‘q bo‘lib qolayotganini ko‘rsatuvchi vosita — tovar kartochkasi namoyishidan buyurtmani sotib olishgacha.
# Sotuvlar voronkasi qanday yordam beradi?
- Sizning e’tiboringiz va yaxshilashlarni talab qiluvchi, ma’lum bir tovarlarni topish
- Potensial xaridorlar sotuvning qaysi bosqichida yo‘q bo‘lib qolayotganini aniqlash
- O‘zgartirishlar kiritish va ta’sirini o‘zgarishlarda baholash (masalan, narx tushirilgandan keyin yoki reklama ishga tushurilganda)
- Ko‘rsatkichlarni yaxshilash — bu degani, sotuvlarni oshirish
# Ma’lumotlar qanday hisoblanadi?
Hisobotdagi ma’lumotlar buyurtmalarni yaratilish sanalariga qarab hisoblanadi, hodisalarning sanasiga qarab emas. Tizim dastlab tanlangan davrda rasmiylashtirilgan, hamma buyurtmalarni oladi. Keyin — hatto ular kechroq sodir bo‘lgan bo‘lsa ham sotuvlar, bekor qilishlar va qaytarishlarni ko‘rsatadi.
Masalan
Siz 1-dan 7-maygacha bo‘lgan davrni tanladingiz. Agar buyurtmalardan biri shu oraliqda rasmiylashtirilgan, sotib olinishi esa 10-mayda bo‘lsa — siz baribir uni sotuvlarda ko‘rasiz.
Agar siz “Kecha” davrini tanlasangiz va 0 sotuvlar ko‘rsangiz — bu kecha sotuvlar bo‘lmaganini anglatishi shart emas. Ehtimol, buyurtma kecha rasmiylashtirilgan, lekin uni sotib olishga ulgurishmagan. Tizim bu haqida bilishi bilan sotuv ko‘rinadi.
Aniqroq tahlil qilish uchun kamida 3–7 kunlik davrlarni tanlash kerak — rasmiylashtirilgan buyurtmalar bo‘yicha bekor qilishlar va sotuvlar ko‘rinishga ulgurishi maqsadida.
# Vosita qanday tuzilgan?
- Filtrlar
Davr, do‘kon, toifa va nomi yoki ID bo‘yicha tovarni tanlash mumkin. Yana oldingi davr bilan solishtirishni ham yoqish mumkin.
Davrlar bo‘lgan filtrlarda faqat haqiqatdagi yil mavjud — oxirgi 365 kun. Solishtirish uchun kesimlar kunlar soni bo‘yicha har doim bir-biriga o‘xshash bo‘ladi.

- Grafik
Voronka asosiy ko‘rsatkichlarning tanlangan va solishtirish davridagi o‘zgarishlarini ko‘rsatadi.

- Tovarlar jadvali
Har bir tovar bo‘yicha raqamlarni ko‘rsatadi — ularni saralash mumkin. Ko‘rsatkichlarning oldingi davr bilan solishtirganda o‘zgarishlarini foizlarda ko‘rsatadi.
Grafiklar va jadvaldagi hamma ma’lumotlar filtrlarga qarab to‘g‘rilanishadi.
# Vositadan qanday foydalaniladi?
- Filtrlarni sozlang
Davr, kerakli do‘kon, toifa yoki ma’lum bir tovarni tanlang, oldingi davr bilan solishtirishni o‘rganib chiqing. Bu vaziyatni to‘liq ko‘rishga yordam beradi — ko‘rsatkichlar qanday o‘zgardi va sotuvlarning tushishi yoki o‘sishi aynan qayerda bo‘ldi.

- Muammoli tovarlarni toping
Tovarlarni jadvalda buyurtmalar, sotuvlar yoki konversiyalar soni tushishi bo‘yicha saralang. Keskin og‘ishlar va salbiy o‘zgarishlarni qidiring — bu qaysi tovarlarga e’tibor qaratishingiz kerakligini ko‘rsatadi.

- O‘zgarishlar grafikini o‘rganing
Davrlarni solishtiring va xaridorlar voronkaning qaysi bosqichida yo‘q bo‘lib qolayotganini aniqlang. Namoyishlar kamroq? Tovar kartochkasini ochishmayapti? Savatga qo‘shishmayapti? Sotib olishmayapti? Bu aynan nima xaridgacha yetib borishga yo‘l bermayotganini aniqlashga yordam beradi.
Mavsumni hisobga oling — talab kamayishi har doim ham muammo degani emas. Ba’zida bu shunchaki aksiya yoki mavsumning tugashi.
- Nimalarni yaxshilash mumkin ekanligini o‘ylab ko‘ring
Muammoli bosqichda yordam berishi mumkin bo‘lgan 1–2 ta o‘zgarishlarni tanlang va kiriting. Bu tovar kartochkasini yangilash, narxni o‘zgartirish yoki reklama ishga tushirish bo‘lishi mumkin.
- Ta’sirini tekshirib ko‘ring
Bir necha kundan keyin raqamlarga qayting — harakatlaringizdan keyin ko‘rsatkichlar o‘zgardimi? Agar ha bo‘lsa — davom eting va muvaffaqiyatni rivojlantiring. Agar yo‘q bo‘lsa — boshqa fikrlarni sinab ko‘ring.
“tahlil → harakat → tekshirish” doimiy qaytarilishi — sotuvlar o‘sishining kalitidir!
# 12.2 Hodisalar tahlili bilan ishlash tartibi
# Hodisalar tahlili nima?
Bu marketing voqealari, tovar kartochkasidagi o‘zgarishlar va boshqa harakatlaringiz sotuv voronkasi ko‘rsatkichlariga qanday ta’sir ko‘rsatishini tushunishga yordam beradigan vosita. U alohida SKU va ranglar darajasida ishlaydi, shu tufayli har bir pozitsiya dinamikasini aniq ko‘rishingiz mumkin.
# Hodisalar tahlili qayerda yordam beradi?
Ushbu vositadan quyidagi hollarda foydalaning:
- Sotuvning o‘sishi yoki pasayishini sezib, sababini tushunmoqchi bo‘lsangiz
- Uzum Market marketing hodisalarida — aksiyalar, “Arzon narx kafolati” yoki “Bust TOP” pullik targ‘ibotida qatnashgan bo‘lsangiz va bularning sotuv natijalariga ta’sirini baholamoqchi bo‘lsangiz
- Narxni o‘zgartirgan, tovar kartochkasini yangilagan yoki o‘z reklama kampaniyangizni o‘tkazgan (bloggerlar, ijtimoiy tarmoqlar, xabarnomalar orqali) bo‘lsangiz va bular sotuv voronkasi ko‘rsatkichlariga qanday ta’sir qilganini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz
- Sotuv o‘sishining to‘g‘ri strategiyasini tanlash uchun qaysi hodisalar natija berishini aniqlamoqchi bo‘lsangiz.
# Vosita qanday ishlaydi?
Hodisalar tahlili bir vaqt shkalasida ikki turdagi ma’lumotlarni birlashtiradi:
- Ko‘rsatkichlar dinamikasi — grafikda
- Tanlangan muddat davomida tovar bilan sodir bo‘lgan hodisalar — grafik ostidagi taymlayn.
U shuningdek, har qanday sana uchun tahlil hisobotini ko‘rsatadi: buning uchun kursorni grafik ustiga olib boring.
Bularning barchasi ko‘rsatkichlardagi o‘zgarishlarni aniq hodisalar bilan taqqoslash imkonini beradi.
1. Ko‘rsatkichlar grafigi
Oxirgi 365 kun ichidagi sotuv voronkasi ma’lumotlarini ko‘rsatadi:
- Buyurtmadagi tovarning o‘rtacha narxi
- Ro‘yxatdagi ikkita voronka ko‘rsatkichi (masalan, namoyishlar, ochilishlar, savatga qo‘shishlar, buyurtmalar)
- Tovar statusining o‘zgarishi haqidagi belgilar

Agar tanlangan muddat bugungi kunni o‘z ichiga olsa, joriy kun uchun ma’lumotlar ko‘rsatilmaydi — statistika faqat yakunlangan sanalar bo‘yicha shakllantiriladi.
2. Tahliliy hisobot
Grafik ustiga kursor keltirilganda paydo bo‘ladi. Tanlangan sana bo‘yicha barcha ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi:
- Grafikda ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlarning qiymatlari
- Ushbu ko‘rsatkichlarning oldingi muddat ma’lumotlari bilan taqqoslanishi: agar siz haftalik voqealarni tahlil qilayotgan bo‘lsangiz, vosita ko‘rsatkichlarni o‘tgan hafta ma’lumotlari bilan, agar oylik tahlil qilayotgan bo‘lsangiz, o‘tgan oy ma’lumotlari bilan taqqoslaydi va hokazo.
- Tovar statusining o‘zgarishi
- O‘sha kuni mahsulot bilan sodir bo‘lgan hodisalar.

Hisobot ko‘rsatkichlar dinamikasiga nima ta’sir qilgan bo‘lishi mumkinligini tezda tushunib olishga yordam beradi.
3. Hodisalar taymlayni
Tanlangan SKU yoki tovar rangi bo‘yicha belgilangan va qo‘lda kiritilgan hodisalar ro‘yxatini hamda ular sodir bo‘lgan davrlarni ko‘rsatadi.
Belgilangan hodisalar — Uzum Market tomonidan avtomatik ravishda taymlaynga qo‘shiladigan marketing va narx aksiyalari:
- Bust TOP
- Aksiyalar
- Arzon narx kafolati
Qo‘lda kiritilgan hodisalar — bu taymlaynga o‘zingiz qo‘shgan barcha ma’lumotlar. Bularga blogerlar orqali reklama, shaxsiy aksiyalaringiz, tovar kartochkasidagi o‘zgarishlar va sizningcha ko‘rsatkichlarga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan boshqa voqealar kiradi.
Taymlayn yordamida quyidagilarni amalga oshirishingiz mumkin::
- Tanlangan tahlil davridan chiqsa ham, hodisaning butun davrini ko‘rish. Buning uchun kursorni hodisa ustiga olib boring va “Butun davrni ko‘rsatish” tugmasini bosing
- Grafikda hodisa davomiyligini kuzatish: kursorni vaqt oralig‘iga olib boring va hodisa davri hodisa rangiga bo‘yaladi
- Qo‘lda hodisa kiritish — hodisalar ro‘yxati ostidagi “Ochish” tugmasini bosing. Qo‘lda kiritilgan hodisadagi vaqt oralig‘ini tahrirlash yoki o‘chirish uchun unga bosing va “Tahrirlash” yoki “O‘chirish” tugmasini bosing.

Agar tahlil davri joriy sanani o‘z ichiga olsa, taymlaynda hozirgi hodisalar ko‘rsatiladi va siz bugun sodir bo‘lgan hodisani qo‘lda kiritishingiz mumkin bo‘ladi.
4. Tavsiyalar
Grafik tepasida siz “Aksiyada qatnashish”, “Tovarni targ‘ib qilish” yoki “Narxni tushirish” tugmalarini ko‘rasiz. Ular yordamida siz Uzum Market’ning marketing hodisalarida — joriy aksiyalarda, pullik targ‘ibotlarda yoki “Arzon narx kafolati”da ishtirok etishingiz mumkin.

# Hodisalar tahlilidan qanday foydalanish mumkin?
1. SKU yoki tovar rangini tanlang
“Tahlil” bo‘limini oching → “Hodisalar tahlili” bo‘limiga o‘ting va sizni qiziqtirgan tovarni toping. Kursorni kerakli SKU yoki rang ustiga olib boring va “Hodisalarni ko‘rish” tugmasini bosing.

2. Grafik va taymlaynni sozlang
Sotuv voronkasining dinamikasini o‘rganmoqchi bo‘lgan ikkita ko‘rsatkichni tanlang. Tahlil davrini va tafsilot darajasini belgilang: kunlar yoki oylar bo‘yicha. Kerakli davrda o‘tkazilgan qo‘lda kiritilgan hodisalarni qo‘shing, agar ular taymlaynda bo‘lmasa.

3. Ko‘rsatkichlarning keskin o‘sishi yoki pasayishini aniqlang
Tahlil hisobotini ko‘rish uchun kursorni grafik ustiga olib boring. Unda siz ko‘rsatkichlarning aniq qiymatlarini va o‘sha kuni tovar bilan sodir bo‘lgan hodisalar haqidagi ma’lumotlarni ko‘rasiz.

4. Dinamika qanday shakllanishini o‘rganing
Hodisalar ko‘p bo‘lishi mumkin, ammo ularning barchasi ham tanlangan ko‘rsatkichlarga ta’sir etavermaydi. Dinamikaga qaysi hodisalar va qanday ta’sir ko‘rsatishini aniqroq tushunish uchun:
- Nafaqat keskin o‘zgarish sanasini, balki undan oldingi va keyingi davrlarni ham tahlil qiling
- “Sotuvlar qanday oshiriladi” (opens new window) maqolasini o‘qing — unda biz voronkaning turli bosqichlariga va ularning ko‘rsatkichlariga qanday harakatlar ta’sir qilishi haqida aytib o‘tganmiz.
5. Strategiya ishlab chiqing
Qaysi o‘zgarishlar ko‘rsatkichlarni yaxshilashga yoki ularning o‘sishini qo‘llab-quvvatlashga yordam berishini o‘ylab ko‘ring. Siz Uzum Market marketing faoliyatida qatnashishingiz, o‘z reklama kampaniyangizni yo‘lga qo‘yishingiz yoki tovar kartochkasini yangilashingiz mumkin. Keyingi tahlilda hisobga olish uchun qo‘lda hodisa yaratishni unutmang.
Misol uchun, tovar kartochkasini ochish ko‘rsatkichlari barqaror o‘sib borayotganini va to‘satdan tushib ketganini sezdingiz. Tahlil natijasida, bu ko‘rsatkich aksiyada qatnashish tufayli ortgan, ammo tovar rasmi o‘zgarganidan keskin pasayganligi aniqlandi. Eski rasmni qaytarib, ochilishlar dinamikasini kuzatib ko‘ring. Agar gipotezangiz to‘g‘ri bo‘lsa, ko‘rsatkichlar yana o‘sa boshlaydi.
6. Natijani baholang
Bir necha kundan so‘ng tahlilga qaytib, harakatlaringiz ko‘rsatkichlar dinamikasiga ta’sir qilgan-qilmaganini tekshiring:
- Agar yondashuvingiz samara bergan bo‘lsa, uni boshqa SKUlarga ham qo‘llashingiz mumkin
- Agar o‘zgarishlar natija bermagan bo‘lsa, yangi ma’lumotlarni hisobga olgan holda tahlil o‘tkazing va boshqa gipotezani sinab ko‘ring.
Tajribalarni davom ettiring: doimiy tsikl Tahlil → Harakat → Tekshirish — barqaror sotuv o‘sishining kaliti.
# 12.3 Qidiruv natijasi
Uzum Marketdagi qidiruv — bu shunchaki xaridorlarning so‘rovlari bo‘yicha tovarlarni ko‘rsatish emas. Bu trafikni taqsimlaydigan va sotuvchilarning takliflarini ma’lum bir so‘rov bo‘yicha tovarni xarid qilish ehtimolligi nuqtai nazaridan saralab beradigan mexanizmdir.
Qidiruv natijalari xaridorlarning xatti-harakatlari, sotuvchilarning strategiyasi va tovar kartochkasining mazmuniga bog‘liq. Tovarning qidiruvdagi pozitsiyasi esa konversiya, trafik hajmi va sotuvga bevosita ta’sir qiladi.
Uzum Marketdagi qidiruv tizimi sotuvchilarga o‘z tovarlarining xaridorlar uchun ko‘rinishiga ta’sir qilish imkonini beradi. Tegishli takliflar yuqoriroqda ko‘rsatiladi, ko‘proq trafik oladi va natijada - savdolarni oshirishga yordam beradi.
# 1 Qidiruv natijasida tovarni qanday qilib yuqoriga ko‘tarish
# 1.Matnni takomillashtiring
- Tovar nomi xaridorlar tez-tez kiritadigan kalit so‘zlarni o‘z ichiga olishiga ishonch hosil qiling.
- Tavsifga tovarga aloqador ommalashgan iboralar va so‘rovlarni kiriting.
- Xatolarni tekshiring va tuzating.
# 2.Narxlarni kuzatib boring
- Tovar marketpleysdagi eng yaxshi takliflar ro‘yxatiga kirishi uchun bozorga mos va raqobatbardosh narxlarni belgilang.
# 3.Konversiyani oshiring.
- Tovar kartochkasini yaxshilang: filtrlar ishlashi uchun sifatli rasmlar, batafsil tavsif va xususiyatlarni qo‘shing.
- Xaridorlarni tovarni savatga qo‘shishga va xarid qilishga motivatsiya beradigan aksiyalar va chegirmalardan foydalaning.
# 4.Reyting va ommaboplik ustida ishlang.
- Xaridorlarga tovarlarni tanlash va xarid qilish qarorlarini qabul qilishda yordam bering — fikr-mulohazalar asosida tovar kartochkasini yaxshilang.
- Sotuvlarni oshiring — bu qidiruv tizimida tovarning ommabopligi haqida signal beradi.
# 5.Bustni TOPga chiqarish pullik targ‘ibotdan foydalaning
- Kerakli qidiruv so‘rovlari bo‘yicha tovaringizning pozitsiyasiga bevosita ta’sir eting.
# 2. Uzum Marketda qidiruv qanday ishlaydi
Xaridor so‘rovni kiritgach, bir necha bosqichdan iborat jarayon boshlanadi.
1. So‘rovni qayta ishlash va nomzodlarni saralash Tizim imlo xatolarini bartaraf etadi, stop-so‘zlarni filtrlaydi va so‘rov turini — toifali yoki qidiruv ekanligini aniqlaydi. Shunday qilib, natija yoki nomzod tovarlarning keng ro‘yxati shakllanadi.
2. Chiziqli saralash Tizim olingan nomzodlarni qayta ishlaydi va matn bo‘yicha yuqori moslikka hamda yaxshi reytingga ega bo‘lgan eng yaxshi 1 000 ta tovarni ajratib oladi.
3.Tovar xususiyatlari va xaridorlarning xatti-harakatlari asosida saralash ML-modeli (mashina o‘rganishiga asoslangan algoritm) nomzodlarni yana bir bor saralaydi. Bu bosqichda tovarning xususiyatlari (reyting, fikr-mulohazalar va hokazo) va xaridorlarning harakatlar tarixi (savatga qo‘shish, xaridni rasmiylashtirish va shu kabilar) inobatga olinadi.
Endi qidiruvning har bir bosqichi haqida batafsil to‘xtalamiz..
# Bosqich 1. So‘rovni qayta ishlash va nomzodlarni saralash
So‘rov turini Tizim so‘rov turini aniqlab, xaridor nima izlayotganini tushunishga yordam beradi: tovarlar toifasinimi yoki aniq biror narsanimi.
- Toifaviy — toifa nomi bilan mos keladigan so‘rov. Bunday holda xaridorni to‘g‘ridan-to‘g‘ri katalogning tegishli toifasiga yo‘naltiramiz.
- Qidiruv — toifa nomi bilan mos kelmaydigan so‘rov. Bu holda nomzod tovarlarning keng ro‘yxatini shakllantiramiz va xaridor qidiruv natijalarini ko‘radi.

Masalan, xaridor “futbolka” so‘rovini kiritsa, — tizim uni darhol “Kiyim” toifasiga yo‘naltiradi.

Qidiruv o‘xshash so‘zlarni ham tushunadi. Masalan, agar xaridor “kastrulka” o‘rniga “kastrulya” deb yozsa, — baribir “Kastrulkalar” toifasiga yo‘naltiramiz.
Shuningdek, tizim umumiy yirik toifadagi tovarlarni ham, so‘rovga to‘liq mos keladigan torroq toifadagi tovarlarni ham ko‘rsatishi mumkin.
# Stop-so‘zlar
So‘ngra tizim so‘rovni qidiruv uchun hech qanday foyda bermaydigan stop-so‘zlar bo‘yicha filtrlaydi. Masalan, “chiroyli”, “bepul”, “aksiya” kabi so‘zlar, shuningdek, ko‘makchilar va yuklamalar ham filtrlanadi.
# So‘rov tahlili
Xaridor uchun barcha mos takliflarni topish uchun — tovarning to‘liq nomi va to‘liq qidiruv so‘rovini tahlil qilamiz. Imkon qadar aniq taqqoslash va taqdim etishga nomzod tovarlar ro‘yxatini shakllantirish uchun, ularni qayta ishlab, shunday ko‘rinishga keltirishimiz kerak. Bu jarayon quyidagicha kechadi:
Matnni alohida so‘zlarga ajratish — bu haqda quyida batafsil ma’lumot beriladi.
Sinonimlar qo‘shish — so‘rov ko‘proq tovarlarni qamrab olishi uchun. Masalan, “telefon” so‘rovi bo‘yicha smartfonlar ham qidirilishi;
So‘rovni normallashtirish — barcha so‘rov so‘zlarini bir shaklga keltirish, bunda kelishik, ko‘plik soni hisobga olinadi va bog‘lovchilar kabi yordamchi so‘zlar chiqarib tashlanadi. Masalan, “maktab kedalari” so‘rovi normallashtirilgandan so‘ng “maktab keda” ko‘rinishida bo‘ladi.
Tovar nomi uchun so‘zlarga ajratish Tizim tovar nomlarini alohida so‘zlarga ajratadi. Tovar kartochkalari uchun bu jarayon oldindan amalga oshiriladi, keyin esa ma’lum vaqt oralig‘ida — eng ko‘pi bilan 15 daqiqada yangilanib turiladi.
So‘zlarga ajratish filtrlarga ham qo‘llaniladi. Mavjud va mos keladigan barcha filtrlarni to‘ldirish muhim, chunki bu tovarning qidiruv natijalarida ko‘rinish imkoniyatini oshiradi.
Misol Tovar nomi “paxta futbolka”, kartochkada “ko‘k” va “qizil” filtrlari to‘ldirilgan. Bunday holda, tovar “ko‘k futbolka” so‘rovi bo‘yicha qidiruv natijalarida namoyon bo‘ladi.
Qidiruv so‘rovini so‘zlarga ajratish Qidiruv so‘rovi ham so‘zlarga bo‘linadi. Masalan, “iPhone uchun chexol” so‘rovi quyidagicha ko‘rinadi: “chexol”, “iphone”. “Uchun” ko‘makchisi tushib qoladi, chunki yordamchi so‘zlar va tinish belgilari qidiruvga yordam bermaydi va tizim ularni hisobga olmaydi.
# Bosqich 2. Chiziqli saralash
Ushbu bosqichda tizim nomzodlar ro‘yxatidagi tovarlarni saralaydi va ularning qidiruv natijalarida qanday tartibda ko‘rsatilishini belgilaydi. Bunga matnning o‘xshashligi va tovarning reytingi ta’sir qiladi.
Tovarlar umumiy baho oladi va tizim keyingi bosqich uchun so‘rov bo‘yicha eng mos keluvchi 1 000 ta tovar ro‘yxatini taqdim etadi.
| Tizim nimani baholaydi | Baholash uchun muhimlik darajasi |
|---|---|
| Tovar nomi | 18% |
| Sinonimlar bilan tovar nomi | 1% |
| Tovar reytingi | 81% |
Matn o‘xshashligi Matn o‘xshashligi — bu xaridor so‘rovi va tovar nomi matn nuqtai nazaridan qanchalik mos kelishi. Masalan, xaridor “oq Adidas krossovkalari” so‘rovini kiritadi. Marketpleys katalogida 3 ta tovar bor:
- “Oq Adidas krossovkalari”
- “Ko‘k‘ Adidas krossovkalari”
- “Oq Puma kedalari”
Tizim bu tovarlarning har birini baholab, ularning so‘rovga qanchalik mos kelishini va natijada ko‘rsatilishga qanchalik muvofiqligini aniqlaydi. Quyida taqqoslash uchun mezonlar keltirilgan.
Aniq mosliklar
- Birinchi tovarda barcha so‘zlar mavjud: “oq”, “krossovkalar”, “Adidas”. Bu aniq moslik bo‘lib, qidiruv natijalarida ko‘rinish ehtimoli eng yuqori hisoblanadi.
- Ikkinchi tovarda “Adidas” va “krossovkalar” so‘zlari mos keladi, ammo “oq” so‘zi yo‘q.
- Uchinchi tovarda faqat “oq” so‘zi mos keladi, “Adidas” esa umuman yo‘q.
Mosliklar qancha ko‘p bo‘lsa — shuncha yaxshi.
Kam uchraydigan so‘zlar
Ba’zi so‘zlar kamroq uchragani uchun muhimroq hisoblanadi. Masalan:
“Adidas” so‘zi 3 ta tovardan faqat 2 tasida uchrayapti — demak, u muhim so‘z hisoblanadi.
“Oq” so‘zi ham muhim, chunki u faqat 2 ta tovarda uchrayapti.
Ammo “krossovkalar” so‘zi hamma joyda uchraydi, shuning uchun uning ahamiyati kamroq.
So‘z qanchalik kam uchrasa — uning baholashdagi ahamiyati shunchalik yuqori bo‘ladi.
Matn uzunligi
Tovar nomi juda uzun bo‘lsa — ayrim so‘zlarning ahamiyati pasayib ketadi. Masalan, “Yugurish va sayr qilish uchun oq rangli Adidas krossovkalari, zamonaviy, yengil, qulay” degan nomli tovarning har bir so‘zi “Oq Adidas krossovkalari” degan qisqa nomga nisbatan kamroq ahamiyatga ega bo‘ladi.
Nima uchun? Chunki matn qanchalik uzun bo‘lsa, nomning asl mohiyati shunchalik xiralashib boradi.
Tovar reytingi
Reyting yuqori baholangan tovarlarni yuqoriga chiqaradi va saralashning keyingi bosqichlarida hisobga olinadi. Agar tovar yangi bo‘lsa va uning reytingi bo‘lmasa, u holda Bustni TOPga chiqarish pullik targ‘ibotidan foydalanish mumkin.
Reyting qanday aniqlanadi
SKU-guruhi ichidagi barcha SKU reytinglari yig‘indisini hisoblab, uni SKU-guruhi ichidagi barcha SKU baholari yig‘indisiga bo‘lamiz. SKU — bu o‘ziga xos parametrlar to‘plamiga ega bo‘lgan aniq tovar: rangi, o‘lchami va hokazo. SKU-guruh — bu rang bo‘yicha SKU birlashmasi. Bitta SKU-guruh faqat bir xil rangda, ammo turli o‘lchamlarda bo‘lishi mumkin.
# Bosqich 3. Tovar xususiyatlari va xaridorlarning xatti-harakallari asosida saralash
Bu bosqichga chiziqli saralash natijasida tanlangan 1 000 ta tovar tushadi. Shundan so‘ng, tovarlarni ML-algoritm qayta ishlaydi va har bir tovarning xaridor so‘roviga qanchalik mosligini aniqlaydi.
Tizim har bir alohida tovar uchun omillarni hisoblaydi va baholaydi — masalan, bu tovarning reytingi yoki o‘tgan hafta davomidagi buyurtmalar soni bo‘lishi mumkin. Baholash natijalariga ko‘ra, har bir tovarga saralash uchun ishlatiladigan son beriladi.
Bunda aynan bir xil tovar xaridorlarning turli so‘rovlariga nisbatan har xil baholanishi mumkin.
Tovar kartochkasidagi qaysi matn maydonlari baholashda hisobga olinadi
- tovar nomi
- filtrlar
- sinonimlar
- toifa nomi
- toifaning to‘liq yo‘li
Boshqa baholash omillari
Bular tovar xususiyatlari, reyting yoki xaridorlarning xatti-harakatlari — savatga qo‘shish yoki buyurtma berish bo‘lishi mumkin.
Umumiy hisobda, Uzum Market qidiruv tizimi taxminan 25 ta omilni hisobga oladi. Ularning ba’zilarini sotuvchilar bevosita nazorat qilishlari, shu orqali tovarning qidiruv natijalaridagi pozitsiyasiga ta’sir ko‘rsatishlari mumkin.
| Omil | Tavsif | Ahamiyati |
|---|---|---|
| Konversiya va xaridlar | Tovarning oldingi sotuvlari bo‘yicha hisoblanadigan xususiyatlar: tovarlarning xaridga aylanish konversiyasi, so‘nggi 3/7/14/30 kun ichida yoki butun davr mobaynida amalga oshirilgan xaridlar soni | 51% |
| Matn moslik darajasi | Tovarning matni so‘rovga mosligi yoki so‘rov va tovar o‘rtasidagi semantik yaqinlikni tavsiflovchi xususiyatlar | 37% |
| **Reyting va fikr-mulohazalar ** | Tovar reytingi bo‘yicha hisoblanadigan xususiyatlar: tovarning o‘z reytingi va unga berilgan fikr-mulohazalar soni | 7% |
| Narxlar | Narx o‘zgarishlari bo‘yicha hisoblanadigan xususiyatlar: agar narx pasaysa, tovar yuqoriroq o‘ringa ko‘tariladi | 5% |
Ushbu bosqichda tizim 1 000 ta nomzod ichidan har bir tovarni baholaydi. Baho qanchalik yuqori bo‘lsa — tovar qidiruv natijalarida shunchalik yuqoriroq o‘rinni egallaydi. Marketpleys doimiy ravishda yangi omillarni qo‘shib boradi va baholash formulasi ustida ishlaydi, shu sababli baholash tobora puxtaroq va sifatliroq bo‘lib boradi.
Остались вопросы? Напишите в Telegram. (opens new window)