# 8. FBS sxemasi bo‘yicha buyurtmalar bilan ishlash

FBS (fulfilment by seller) — bu unda Sotuvchi (2-taraf) tovarlarni o‘zining yoki ijaraga olingan omborida saqlab, buyurtmalarni qayta ishlab, yig‘adigan va Marketpleysga (1-taraf) yuboradigan, marketpleys esa — xaridorlarga yetkazib beradigan ishlash sxemasi.

пример

FBS sxemasi bo‘yicha oziq-ovqat kategoriyasidagi tovarlarni sotish taqiqlanadi (istisno — sport ozuqalari).

# 8.1 FBS bo‘yicha sotish qanday boshlanadi

# FBO, FBS va DBS birga olib borish

Bitta tovarning o‘zini bir vaqtda FBO, FBS va DBS bo‘yicha sotish mumkin — bunda birga olib borishda FBO sxemasi har doim ustuvorroq bo‘lishi muhimdir.

FBO ustuvorligi qanday ishlaydi

Agar FBO va FBS birga olib borsangiz

Birinchi navbatda vitrinada FBO bo‘yicha qoldiqlarni ko‘rsatamiz. Ular tugaganda — FBS bo‘yicha qoldiqlarni ko‘rsatamiz.

Agar yana FBO bo‘yicha qoldiqlar paydo bo‘lsa — ortga qaytish qilamiz va hatto hali FBS bo‘yicha qoldiqlar bo‘lsa ham vitrinada FBO bo‘yicha qoldiqlarni ko‘rsatamiz.

Agar FBO, FBS va DBS birga olib borsangiz

Birinchi navbatda vitrinada FBO bo‘yicha qoldiqlarni ko‘rsatamiz, ular tugaganda esa — hammasi ma’lum bir tovar va xaridorning joylashuviga bog‘liq.

Agar xaridor siz bitta tovarning o‘zini DBS va FBS bo‘yicha sotayotgan joyda joylashgan bo‘lsa — vitrinada DBS qoldiqlari va muddatlari ustuvorlikda ko‘rsatiladi.

Agar FBO, FBS va DBS birga olib borsangiz

Birinchi navbatda vitrinada FBO bo‘yicha qoldiqlarni ko‘rsatamiz, ular tugaganda esa — hammasi ma’lum bir tovar va xaridorning joylashuviga bog‘liq.

Agar xaridor siz bitta tovarning o‘zini DBS va FBS bo‘yicha sotayotgan joyda joylashgan bo‘lsa — vitrinada DBS qoldiqlari va muddatlari ustuvorlikda ko‘rsatiladi.

# Tovar kartochkasini yaratish

FBS sxemasi bo‘yicha sotuvlar tovar kartochkasini yaratish va moderatsiyasidan boshlanadi. Assortimentni belgilab oling, kartochkalarni to‘ldiring va moderatsiya natijalarini kuting. Bu bosqichlar haqida batafsil ma’lumot quyida — 5-b. Tovar kartochkalarini yaratish (opens new window).

Agar siz bitta tovarni bir vaqtda har xil sxemalar (FBO / FBS / DBS) bo‘yicha sotayotgan bo‘lsangiz, kartochkalarni har bir sxema uchun takrorlash taqiqlanadi. Bitta tovar uchun faqat bitta kartochka bo‘lishi mumkin. Ishlash sxemalarini esa ombor yaratilgandan keyin istalgan vaqtda tanlash va sozlash mumkin

# 8.2 Ombor qanday yaratiladi va sozlanadi

Ombor — bu sotuvchi marketpleysga topshirishdan oldin tovarlarini saqlaydigan ma’lum bir joy. Hozir shaxsiy kabinetda faqat bitta ombor yaratish mumkin.

Agar sizda shaxsiy kabinetda ombor mavjud bo‘lsa

FBS/DBS (1) bo‘limida Omborlar (2) varaqasiga o‘ting va FBS ishlash sxemasini qo‘shish (3) tugmasini bosing.

пример

Agar siz hali shaxsiy kabinetda ombor yaratmagan bo‘lsangiz — quyidagi yo‘riqnoma bo‘yicha harakatlarni bajaring.

# Ma’lumotlarni to‘ldiring va ishlash jadvalini ko‘rsating

FBS/DBS (1) bo‘limiga o‘ting va Omborni yaratish (2) tugmasini bosing. Kerakli ishlash sxemasini tanlash va sozlashni keyingi bosqichlarda qilish mumkin.

пример

Yangi oynada tovarlarni saqlaydigan joyingiz haqida asosiy ma’lumotlarni ko‘rsating.

  • Nomi (1) — aynan sizga qulay va tushunarli bo‘lishi kerak, xaridorlar uni ko‘rishmaydi.
  • Manzil va qo‘shimcha ma’lumot (2).
  • Aloqa uchun odam (3) — bu batafsil ma’lumotlarni biladigan va buyurtmalar bo‘yicha savollarga javob bera oladigan odam bo‘lishi kerak.

пример

Ombor qachon ishlashini ko‘rsating. Haftada kamida 5 kunni tanlash kerak.

  • Buyurtmalar har qanday vaqtda kelib tushishi mumkin, lekin yetkazib berish vaqti siz ko‘rsatgan ish va dam olish kunlarini hisobga olib hisoblanadi.

пример

Omboringizning ishlash jadvali qanday hisobga olinadi

Marketpleys yetkazib berish hisob-kitoblarida, sotuvchi omboridagi ish va dam olish kunlarini har doim hisobga oladi. Agar buyurtma olingan sana va uni yetkazib berish sanasi orasida dam olish kunlari bo‘lsa — yetkazib berishning umumiy muddati avtomatik ravishda ularning soniga oshiriladi (ya’ni 1 yoki 2 kunga).

Ta’minlashlar muddatlari va davriyligi haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgandan keyin — Tayyor tugmasini bosing.

Tovarlarni saqlash joyingiz FBS/DBS (1) bo‘limida — Omborlar (2) sahifasida paydo bo‘ladi. Ombor haqidagi ma’lumotlarni istalgan vaqtda ombor nomi (3) ro‘parasidagi shesteryonka tugmasi orqali va "Ombor sozlamalari" amalini tanlash orqali o‘zgartirish mumkin. Ish sxemasi sozlamalarini istalgan vaqtda ombor nomi (3) ro‘parasidagi shesternya tugmasi orqali va "FBS sxemasi sozlamalari" yoki "DBS sxemasi sozlamalari" amalini tanlash orqali o‘zgartirish mumkin.

пример

FBS qaytarishlarini olish joyini istalgan paytda o‘zgartirish mumkin. Lekin yangi shartlar faqat sozlamalar o‘zgartirilgandan keyingi qaytariladigan buyurtmalarga qo‘llaniladi. Topshirilishga tayyor bo‘lgan qaytarishlar uchun hech narsa o‘zgarmaydi — ular oldin belgilangan qaytarish joyidan olinishi kerak.

пример

Hududlarda qaytarishlarni olish uchun mobil ilovadagi sotuvchining QR kodidan foydalaning.

пример

# Qoldiqlarni yangilang

FBS va DBS uchun qoldiqlar — yaxlit. Buyurtmalarni qabul qilishni boshlash uchun ularni yangilash — ya’ni sizning omboringizda saqlanadigan tovarlarni tanlash va ko‘rsatish kerak.

Ombordagi qoldiqlarni ikki usulda yangilash mumkin: fayl orqali va interfeys orqali.

Fayl orqali qoldiqlarni yangilash

Ombor sahifasidagi fayl orqali qoldiqlarni yangilash tugmasini bosing.

пример

Yo‘riqnoma bo‘lgan oyna ochiladi. Tovarlaringizni ro‘yxati bo‘lgan faylni yuklab oling — bu Excel formatidagi jadvalli hujjat bo‘ladi. Ro‘yxatga moderatsiyadan o‘tgan va ularning toifasi FBS yoki DBS bo‘yicha sotish uchun mos keladigan, tekshirilgan SKU tushadi.

пример

Ishlash sxemasiga mos keladi ustunida, qanday tovarlarni FBS yoki DBS bo‘yicha sotish mumkin ekanligi oldindan ko‘rsatilgan. Agar biz tovar uchun faqat DBS sxemasini ko‘rsatgan bo‘lsak — demak bu tovarni FBS bo‘yicha sotish mumkin emas va teskarisi.

пример

Yashil ustunlarni — faqat bu ombordan sotishni xohlaydigan SKU uchun to‘ldiring. Boshqa SKU uchun maydonlarni bo‘sh qoldiring.

Ombordagi qoldiq (1) ustunida

  • nechta birlik SKU borligini ko‘rsating
  • agar tovar tugagan bo‘lsa — 0 deb ko‘rsating
  • bitta SKU uchun 10 000 donadan ko‘p ko‘rsatish mumkin emas

FBS bo‘yicha sotish va DBS bo‘yicha sotish (2) ustunlarida

  • FBS bo‘yicha sotishni xohlaydigan SKU satrlarida Да deb yozing
  • Agar siz faqat bitta sxema bo‘yicha ishlaydigan bo‘lsangiz — boshqasi bo‘lgan ustunni e’tiborga olmang va bo‘sh qoldiring

Faylning tuzilishini o‘zgartirmang — ustunlarni qo‘shish yoki o‘chirib yuborish, ularning tartibini o‘zgartirish yoki berkitish mumkin emas.

пример

Yangi qoldiqlar bo‘lgan tayyor faylni yuklang — faylni biriktiring (1) va Yuklash (2) tugmasini bosing.

пример

Bundan keyin qoldiqalar avtomatik ravishda yangilanadi va tanlangan ishlash sxemasiga bog‘langan bo‘ladi — omborning holati Faol bo‘lib o‘zgaradi va tovarlar sotuvda paydo bo‘ladi.

Agar faylda faqat qoldiqlar to‘ldirilgan, lekin ishlash sxemalari ko‘rsatilmagan bo‘lsa — tovarlar sotuvda paydo bo‘lmaydi

пример

Interfeys orqali qoldiqlarni yangilash

SKU bo‘yicha qoldiqlarni interfeys orqali yangilash uchun tovarlar ro‘yxatidan kerakli SKU’ni toping va qoldiq miqdorini kiriting (1 qadam). So‘ng o‘zgarishlarni saqlash uchun “Saqlash” tugmasini bosing (2 qadam).

E’tibor bering, qoldiqlarni ko‘rish va yangilash uchun ikki xil bo‘lim mavjud:

  • Faqat FBS / Faqat FBS va DBS — bu yerda faqat avval siz ish sxemasini belgilagan SKU’lar ko‘rsatiladi.
  • Barcha tovarlar — bu yerda barcha SKU’laringiz ko‘rsatiladi, ya’ni ish sxemasi belgilangan va belgilanmaganlari ham. Agar shu bo‘limdan qoldiqni yangilasangiz va SKU uchun avval ish sxemasi belgilanmagan bo‘lsa, u avtomatik ravishda qoldiq yangilanishi bilan birga belgilanadi.

пример

Agar siz tovarlarni FBS va DBS ikki sxema bo‘yicha sotayotgan bo‘lsangiz, SKU uchun ish sxemasini ko‘rsatish (1 qadam) yoki o‘chirish (1 qadam) amalidan foydalanishingiz mumkin — bu orqali mazkur sxema bo‘yicha savdoni to‘xtatasiz. O‘zgarishlarni kiritganda “Saqlash” tugmasini bosishni unutmang (2 qadam). Shuningdek, SKU’ni barcha ish sxemalaridan o‘chirish va uni ombordan olib tashlash uchun SKU qatoridagi savatcha belgisini bosishingiz mumkin (3-qadam).

пример

SKU’ni ro‘yxatdan topish uchun qidiruv satridan foydalanishingiz mumkin (qadam).

Shuningdek, quyidagi filtrlar mavjud:

  • “Barcha tovarlar” bo‘limida:
    • Do‘kon bo‘yicha — bitta, bir nechta yoki barcha do‘konlarni tanlash mumkin.
  • “Faqat FBS / Faqat FBS va DBS” bo‘limida:
    • Do‘kon bo‘yicha — bitta, bir nechta yoki barcha do‘konlarni tanlash mumkin.
    • Barcha qoldiqlar — mavjud va nol qoldiqli barcha SKU’lar.
    • Tugagan — qoldig‘i 0 bo‘lgan SKU’lar.
    • Mavjud — qoldig‘i bor SKU’lar.

пример

Qoldiqlar qanday hisoblanadi

  • Qoldiqlardan FBS yoki DBS buyurtmasiga tushgan va xaridorga topshirilgan tovar birliklarining miqdorini ayiramiz.
  • Agar xaridor buyurtmani rasmiylashtirgandan keyin bekor qilgan bo‘lsa — tovarning miqdor birliklarini buyurtmadan qoldiqlarga qaytaramiz.
  • Agar buyurtmani sotuvchi bekor qilgan yoki xaridor olib ketmagan bo‘lsa — qoldiqlar o‘zgarmaydi.

E’tiborli bo‘ling: sotuvlar uzilmasligi uchun qoldiqlarni doimiy ravishda tekshiring va yangilang.

# 8.3 FBS buyurtmarlari bilan qanday ishlanadi

FBS sxemasi bo‘yicha hamma buyurtmalarni FBS/DBS (1) bo‘limida — FBS buyurtmalari (2) varaqasida ko‘rish mumkin.

пример

# Yangi buyurtmalar

Ishlash uchun olish kerak bo‘lgan, kelib tushgan hamma buyurtmalar Yangi (1) holatida ko‘rinadi. Ular yaratish sanasiga ko‘ra — eskilaridan yangilariga saralangan (2).

Shungacha tasdiqlansin (3) — ungacha buyurtmani tasdiqlash va ishlash uchun olish kerak bo‘lgan vaqt. Bunga u yaratilgan paytdan boshlab 16 soat bor. Buyurtmani tasdiqlash uchun Yig‘ishga (4) tugmasini bosish kerak — undan keyin u Yig‘ishda holatiga o‘tadi va tegishli varaqaga o‘tadi (5).

пример

Ro‘yxatda buyurtmaga bosganda — tarkibi, qabul qilish joyi va yetkazib berish bo‘yicha batafsil ma’lumot bo‘lgan oyna ochiladi.

пример

# Buyurtmani bekor qilish

Agar qandaydir sababga ko‘ra buyurtmani yetkazib bera olmasangiz, buyurtmalar ro‘yxatidagi krest tugmasini (1) yoki buyurtma haqida ma’lumotli oynadagi Voz kechish (2) tugmasini bosing.

пример

Buyurtmani yetkazib bera olmasligingiz sababini ko‘rsating. Bundan keyin buyurtma Bekor qilingan holatiga o‘tadi va Bekor qilingan varaqasida bo‘ladi.

пример

Buyurtmalarni bekor qilishlar xaridorlarning ishonchiga, bu degani — sizning reyting va kelgusi sotuvlaringizga ta’sir qiladi. Bekor qilish sonlarini imkono boricha kamaytirish uchun qoldiqlarni vaqtida to‘ldiring va yetkazib berish muddatlariga amal qiling.

Jarimalar nima uchun belgilanadi:

  • siz uni qabul qilish punktiga vaqtida olib kelmadingiz, shu sababli buyurtma avtomatik ravishda bekor qilindi.

  • siz buyurtmani juda kech bekor qildingiz — buyurtma kelib tushgandan 12 soat o‘tgandan keyin.

Jarima miqdori buyurtma yaratilganidan boshlab bekor qilingan vaqtga bog‘liq:

Bekor qilish vaqti Jarima(buyurtma summasidan%) Kamida, so‘m Undan ortiq emas, so‘m
12 soatgacha jarimasiz
24 soatgacha 3 % 10 000 120 000
48 soatgacha 5 % 10 000 200 000
72 soatgacha 6 % 10 000 240 000
96 soatgacha 7 % 10 000 280 000
120 soatgacha 8 % 10 000 320 000
120 soatdan ko‘p 9 % 10 000 360 000

# Buyurtmalarni yig‘ish

Buyurtmalarni yig‘ish va qaytarilgan tovarlarni ochish jarayonini videoga olishni tavsiya qilamiz. Xaridor tovarni shikastlasa yoki o‘rniga boshqasini qo‘ysa, video asosiy isbotga aylanadi. Yig‘ish jarayonidan video siz hamma tovarlarni shikastlamasdan jo‘natganingizni tasdiqlaydi

Buyurtma ishlash uchun olingandan keyin u Yig‘ishda (1) holatiga o‘tadi va tegishli varaqaga o‘tadi (2).

пример

Shungacha yetkazib berilsin sanasi va vaqtiga e’tibor qarating — bu buyurtmalarni ungacha ombor yoki qabul qilish punktiga olib kelish kerak bo‘lgan vaqt. Agar marketpleys tovarlarni o‘z vaqtida olmasa — buyurtma bekor qilinadi.

Yig‘ish bosqichida buyurtmalarni marketpleys tomonga topshirishga tayyorlash kerak: shtrixkodlar va markirovkalarni yopishtirish, o‘rash va etiketkalarni yopishtirish.

Boshqa tovar jo‘natish jarimasi

Buyurtmada belgilangan tovarlar o‘rniga boshqalarini, o‘xshashlarini yoki almashtirilganlarini jo‘natmang. Kerakli tovar bo‘lmasa, buyurtmani bekor qiling. Agar xaridor “Boshqa tovar keldi” sababi bilan tovarni qaytarsa, va tekshiruv buyurtma qilingan tovar o‘rniga boshqa tovar jo‘natganingizni tasdiqlasa, sizga shu tovar narxiga teng jarima solamiz.

Yetkazib berishni qanday uzaytirish mumkin

  • Mustaqil ravishda. Agar yetkazib berishga ulgurmasligingizni bilsangiz — "Yig‘ilishda" buyurtmalarini tanlang va "Yetkazib berishni 1 kunga uzaytirish" tugmasini bosing. Bunday buyurtmalarni kechqurun yoki ertasi kuni soat 16:00 gacha yetkazib berish mumkin. Kerakli yetkazib berish vaqtini egallashga ulgurish uchun oldindan rejalashtiring.

Shuni yodda tutish kerakki, bitta buyurtma bo‘yicha yetkazib berishni ko‘pi bilan 1 marta uzaytirish mumkin.

пример

Yetkazib berishni uzaytirish uchun jarima belgilanadi — buyurtma summasining 2,5%, lekin 5 000 so‘mdan kam emas va 100 000 so‘mdan ko‘p emas.

Shtrixkod

Buyurtmadagi har bir tovarga shtrixkod yopishtirilgan bo‘lishi kerak. Shtrixkodlarni Yorliqlar bo‘limida topish mumkin — SKU tanlang, chop qiling va tovarlarga yopishtiring.

пример

Markirovka

Ayrim tovarlar toifalari uchun markirovka zarur — ASL Belgisi (maishiy texnika) yoki IMEI (telefonlar va smartfonlar). Markirovka belgisi har bir tovar birligiga qo‘yilishi kerak — bo‘lmasa etiketkalarni chop qilib va tovarlarni marketpleys tomon yuborib bo‘lmaydi.

Agar tovar uchun markirovka kerak bo‘lsa — buyurtmalar ro‘yxatida olovrang belgi paydo bo‘ladi.

пример

Buyurtmaga bosing — Markirovka qo‘shish tugmasini bosish kerak bo‘lgan oyna ochiladi.

пример

Kodni kiritish kerak bo‘lgan maydonli, boshqa oyna ochiladi.

пример

Agar buyurtmada tovarning bir nechta birligi bo‘lsa — har biri uchun kod ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.

пример

IMEI

IMEI markirovkasi xaridor buyurtmani qaytarayotgan holatda ishlatiladi. Marketpleys tovardagi kod buyurtma kartochkasidagi kod bilan mos kelishini tekshiradi.

IMEI har doim tovarning o'zida va zavod qadoqida ko'rsatiladi.

ASL Belgisi

ASL Belgisi markirovkasi chekda chop qilinadi va xaridor buyurtmani qaytarayotgan bo‘lsa tekshiriladi. Tovardagi kod buyurtma kartochkasidagi kodga mos kelishi kerak.

Kodni aniqlab olish uchun turli mobil ilovalarni ishlatish mumkin. Har bir tovarlar toifasi uchun markirovka bo‘yicha batafsil yo‘riqoma https://help.crpt-turon.uz/hc/ru (opens new window) saytida mavjud.

O‘rash

Buyurtma xaridorgacha butun borishi va qaytarish holatida sizga qaytishi uchun tovarlarni yaxshilab o‘rash juda muhim.

  • Tovarlarning o‘zi va zavod o‘rami shikastlanmaganligiga ishonch hosil qiling.
  • O‘ramni yuklashdan oldin diqqat bilan tekshiring. Buyurtmadagi tovarlarning saqlanganligi sizga bog‘liq — agar u noto‘g‘ri o‘ralgan bo‘lsa, marketpleys tovarning yetkazib berish paytidagi shikastlanishlari yoki yo‘qolishini qoplamaydi.
  • Agar tovarda yoki zavod o‘ramida sezilarli shikastlanishlar yoki ifloslanishlar bo‘lsa — marketpleys xodimlari buyurtmani qabul qilmaslik huquqiga ega.
  • Bitta buyurtmaning tovarlar bitta o‘ramga yig‘ilgan bo‘lishi kerak — bunda ichidagi har bir tovar o‘rami tovar turiga qarab talablarga mos bo‘lishi kerak. Bitta buyurtmadagi tovarlarning umumiy massasi 20 kg dan ko‘proq bo‘lgan holatlar istisno bo‘ladi. Bunda buyurtmani, ularning har birining vazni 20 kg dan ko‘p bo‘lmaydigan qilib, bir nechta qismlarga bo‘lish kerak. Har bir qismni, ulushini ko‘rsatgan holda etiketkalar bilan markirovka qiling — masalan, agar buyurtma 3 ta qismga bo‘lingan bo‘lsa 1/3, 2/3, 3/3. Bundan tashqari, har bir qismga boshlang‘ich buyurtma etiketkasining nusxasini yopishtirish kerak.
Tovarlar Tavsifi O‘rash
Qimmatbaho Kompyuterlar va butlovchi qismlar, telefonlar, audio- va videotexnika, zargarlik buyumlari, qo‘l va cho‘ntak soatlari Qutiga to‘ldiruvchi bilan. Telefonlar, noutbuklar, audio- va videotexnikalar uchun ko‘proq zavod qutichasini olgan ma’qul. Tovarni qutiga joylashdan oldin — uni havo-pufakchasimon plyonkaga o‘rang. Shaffof bo‘lmagan va brendlanmagan skotch bilan yopishtiring.
Nozik Tushib ketish, tebranish, zarba yoki bosimdan maxsus himoya talab qiladigan tovarlar.Bular shisha, plastik, keramika, akril, gips, chinni, fayans, billur, yupqa metalldan yasalgan buyumlar yoki emal bilan qoplangan buyumlar. Dekorativ va parvarish kosmetikasi. To‘ldiruvchi bilan qutiga yoki havo-pufakchasimon plyonkaga va qutiga. 60 × 50 × 50 sm dan katta yoki 30 kg dan og‘ir bo‘lgan tovarlarni havo-pufakchali plyonkaga joylang va streych plyonka bilan o‘rang. O‘ramda “Nozik. Ehtiyot bo‘ling”, “Dumalatilmasin”, “Taxlash taqiqlanadi” kabi manipulyatsion belgilar bo‘lishi kerak.
Uzun 50 sm dan va uzunligi balandlikdan ancha katta. Masalan, karnizlar va plintuslar. Qattiq o‘ramga: masalan, tubus yoki obreshotka (panjara).
Chiqib turgan yoki o‘tkir qismlari bilan Masalan, shampurlar, mangallar, shvabralar. Stretch-plyonka yoki qutiga to‘ldirgich bilan. Bo‘rtib chiqqan qismlar yoki burchaklarni havo-pufakchali plyonkaning bir qatlamiga qo‘shimcha o‘rang. Agar mahsulotning bo‘rtib chiqqan qismlari yoki burchaklari o‘tkir bo‘lsa — ularni prokladka material yoki burchaklar bilan izolyatsiya qiling va tovarni qutiga to‘ldirgich bilan joylang.
Suyuqliklar Masalan, bo‘yoq, maishiy kimyo: shampunlar, kir yuvish gellari, idish yuvish uchun vositalar. Havo-pufakchasimon plyonka bilan o‘rang, uning ustidan esa — suyuqliklar oqib ketishiga yo‘l qo‘ymaydigan qilib strech-plyonka bilan o‘rang, va qutiga soling. Tara qutida qat’iy ravishda bo‘g‘zi yuqoriga qarab turishi kerak. O‘ramda manipulyatsion belgilari bo‘lishi kerak: “Yuqoriga” va “Nozik. Ehtiyot bo‘ling”.
Sochiluvchan Masalan, yormalar, tuproq, hayvonlar uchun yem. Zich paket yoki stretch-plyonkaga o‘rab to‘ldirgich bilan qutiga joylang. O‘ramda “Namlikdan saqlang” manipulyatsion belgisi bo‘lishi kerak.
Zargarlik buyumlari Havo-pufakchali plyonka va noyob raqamli shaxsiy seyf-paketga o‘rang. Tashish qadoqlamasi ustidan brendlangan skotch yopishtirmang.
Kiyim va poyabzal Kiyimni kuryerlik paketiga o‘rang. Agar tovar zavod qutisida bo‘lsa, stretch-plyonkaga o‘rang. Poyabzalni qutiga joylash kerak. Qimmatbaho kiyimlarni qutilarga joylab, shaffof bo‘lmagan va brendlanmagan skotch bilan yopishtirish kerak. O‘ramda “Namlikdan saqlang” manipulyatsion belgisi bo‘lishi kerak.
Sumkalar, klatchlar, portfellar To‘ldiruvchi bilan qutiga. Barcha elementlar qutida bo‘lishi kerak — tutqichlar, qulflar, kamarlar va h.k. Shaklini saqlash uchun tovarni qog‘oz, porolon yoki boshqa yengil material bilan to‘ldiring.
Chamadonlar Stretch-plyonka bilan bir necha qatlamga o‘rang.
Teri, mato, mo‘yna Yumshoq o‘yinchoqlar, ko‘rpa-to‘shaklar, rulonli gazlamalar, pardalar va h.k. Kuryerlik paketiga. Agar tovar zavod qutisida bo‘lsa, unda stretch-plyonka bilan bir necha qatlamga o‘rang. O‘ramda “Namlikdan saqlang” manipulyatsion belgisi bo‘lishi kerak.
Bosma mahsulotlar Masalan, kitoblar, daftarlar yoki suratlar. Oson g‘ijimlanadigan, — ya’ni yumshoq muqovali yoki muqovasiz yirik formatdagi kitoblar, shuningdek, kitoblarni — qattiq o‘ramga o‘rash kerak. O‘ramda “Namlikdan saqlang” manipulyatsion belgisi bo‘lishi kerak.
Korpus mebellari Masalan, tumbalar, stollar, komodlar, divanlar, oshxona, eshiklar. Qalin qutiga — kamida uch qavat karton. Mebelning butun yuzasini prokladka material himoya qilishi kerak. Bo‘rtib chiqqan qismlarni havo-pufakchali plyonka bilan bir qatlamga o‘rang, o‘tkir burchaklarni esa prokladka material yoki burchaklar bilan izolyatsiya qiling. Mebelning yumshoq qismlarini qo‘shimcha ravishda zich stretch-plyonka bilan o‘rang. Bitta tovarning barcha qismlari birgalikda qadoqlanishi kerak. Ularni stretch-plyonka bilan o‘rang. O‘ramda “Yuqoriga” va “Nozik yuk” manipulyatsion belgilari bo‘lishi kerak.
Matraslar Zich polietilen plyonkaga — 100 mkm dan. Zarur bo‘lsa, tovarni qo‘shimcha ravishda shaffof bo‘lmagan xaltachaga o‘rang.
G‘ildirak va shinalar Qisman ingichka stretch-plyonka bilan o‘rang va unga skotch bilan yorliqni mahkamlang.

Zavodda qadoqlangan tovarlarni stretch-plyonkaga o‘rash zarur. Agar zavod o‘rami bo‘lmasa — kichik tovarlarni kuryerlik paketlariga joylang, kattaroq tovarlarni qutiga to‘ldirgich bilan soling.

Agar tovarda rasmlar, logotiplar yoki ko‘rsatmalar tushirilgan firma o‘rami bo‘lsa — uni albatta qo‘shimcha o‘ram bilan himoya qilish kerak. Firma o‘rami — tovarning ajralmas qismi bo‘lib, uning shikastlanishi tovar qiymatini pasaytiradi. Misol uchun, shikastlangan qutidagi smartfon butun qutidagi smartfonga qaraganda arzonroq turadi.

Manipulyatsion belgilar

Tovarning shikastlanish xavfini minimallashtirish maqsadida — har bir buyurtmani o‘rash uchun manipulyatsion belgilarni ishlating. Marketpleys xodimlari yuklash va tashishda buni hisobga olishadi.

Belgilar va yozuvlar och yuzalarda qora rangda, qora va to‘q yuzalarda esa oq yoki och-sariq rangda bo‘lishi kerak. O‘ramning ko‘rinadigan qismlariga, har tarafdan joylashtiring.

Manipulyatsion belgilar yuk joyining (o‘rash joyining) uzunligi va kengligiga qarab quyidagi o‘lchamlarga ega:

  • 75х105 mm — yuk joyining uzunligi va kengligi 1 m gacha bo‘lganda
  • 108х148 mm — yuk joyining uzunligi va kengligi 1 m dan 1,5 m gacha bo‘lganda
  • 148–210 mm — yuk joyining uzunligi va kengligi 1,5 m dan ortiq bo‘lganda.

Etiketka

Etiketkani har bir buyurtma yonidagi tugma orqali chop qilish mumkin.

пример

Etiketka har bir buyurtmaga alohida chop qilinadi va yopishtiriladi.

  • Qabul qilish joyining raqami va yo‘nalishlar bo‘lgan etiketka qat’iy ravishda o‘rtasiga yopishtirilgan bo‘lishi kerak. Bunda chop qilishda bosilmay qolgan chiziqlar bo‘lmasligi va QR-kod yaxshi o‘qilishi kerak, aks holda marketpleys buyurtmani qabul qilmaslik huquqiga ega.
  • Buyurtma hajmi katta bo‘lsa — marketpleys xodimlari ularni osonroq topishlari uchun etiketkani buyurtmaning turli tomonlariga yopishtiring.
  • Etiketkalarning o‘lchamlari — 58х40, 43х25 yoki 30х20 (30х20 o‘lchami 2025-yil 1-sentabrgacha amal qiladi).
  • Agar buyurtmada yirik gabaritli tovarlar bo‘lsa — etiketkani A4 formatida chop qilish va shikastlanmasligi uchun uni to‘liq skotch bilan qoplash mumkin.
  • Termobosma bo‘lmasa — yuqoridagi o‘lchamga muvofiq oddiy varaqda chop qiling va etiketkaning butun sathini shaffof skotch bilan yopishtiring.

пример

# Ta’minlashni yaratish

Yig‘ish bosqichida ta’minlashni yaratish kerak. Buyurtma yaratilganda marketpleys mavjud qabul qilish joylarini avtomatik ravishda aniqlaydi — bu buyurtmadagi tovarlarning toifasiga bog‘liq.

  • Agar Qabul qilish joyi ustunida “Ombor” ko‘rsatilgan bo‘lsa — marketpleys tovarlarni faqat omborda qabul qila oladi degani.
  • Agar Qabul qilish joyi ustunida “Ombor yoki qabul qilish punkti” ko‘rsatilgan bo‘lsa — marketpleys tovarlarni omborda yoki korxona topshirish punktlarida qabul qila oladi degani.

пример

Biz FBS sxemasi bo‘yicha buyurtmalarni tarqatish punktlarini ajratib oldik:

  1. xaritada ko‘k rang bilan belgilangan: tovarni jo‘natishning istalgan kunida, hatto oxirgi kunida ham topshirish mumkin
  2. xaritada yashil rang bilan belgilangan: tovarni oxirgi kundan tashqari istalgan kunda topshirish mumkin

Qabul qilish joylarida vazn va gabaritlar bo‘yicha cheklovlar

  • Qabul qilish punktlari.

(Malikadagi mobil punkt va O‘rikzordagi statsionar punktdan tashqari)

Faqat KGT, bitta buyurtma vazni 6 kg dan ko‘p bo‘lmagan.

  • Malikadagi mobil punkt va O‘rikzordagi statsionar punkt.

KGT va O‘GT o‘ram turidagi buyurtmalar qabul qilinadi (Batafsil ma’lumot 2.2-b. O‘lcham va qiymatga cheklov (opens new window))

  • Sergeli ombori.

KGT,O‘GT va YGT o‘ram turidagi buyurtmalar qabul qilinadi (Batafsil ma’lumot 2.2-b. O‘lcham va qiymatga cheklov (opens new window))

Tovarlarni marketpleysga topshirish uchun ta’minlashni rasmiylashtirish kerak. Buning uchun Yig‘ishda (1) varaqasida kerakli buyurtmalarni tanlang, ularning yonida tasdiqlash belgilarini (2) qo‘ying va Ta’minlashni yaratish (3) tugmasini bosing.

Agar ta’minotga faqat omborga yetkazilishi kerak bo‘lgan bitta bo‘lsa ham buyurtma tushsa, ta’minotdagi qolgan hamma buyurtmalarni ham omborga yetkazib berish kerak.

пример

Yangi oynada buyurtmalarni uzatish uchun joy va vaqtni tanlashingiz mumkin.

Qabul qilish joyiga bosing (1), vaqt oraliqlari ro‘yxatini oching (2). Standart holatda faqat mavjud vaqt ko‘rsatiladi. Qulay oraliqni tanlang va Tayyor (4) tugmasini bosing — yetkazib berish Yaratildi holatiga o‘tadi.

Barcha oraliqlarni ko‘rish uchun filtr (3) ni olib tashlang. Kulrang vaqt mavjud emasigini bildiradi: yetkazib berishingizda buyurtmalar juda ko‘p yoki ularning bir qismini ertaroq yetkazib berishingiz kerak. Aniq sababni ko‘rish uchun kursorni oraliqga buring. Qulfni ochish va kerakli vaqtni band qilish uchun yetkazib berish tarkibini o‘zgartiring.

пример

# Ta’minlashlar bilan ishlash

Ta’minlashlarning hammasini FBS/DBS (1) bo‘limida — Ta’minlashlar (2) varaqasida ko‘rish mumkin.

пример

Ro‘yxatdagi ma’lum bir ta’minlashga bosilsa — batafsil ma’lumotli oyna ochiladi. U yerdan yuborish dalolatnomasi (1) va etiketkani chop qilish (2), buyurtmani ta’minlashdan o‘chirib yuborish (3), ta’minlash joyi va vaqtini o‘zgartirish mumkin (4).Ta’minlashdan olingan har bir buyurtma ichidagi tovarlar haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan yig‘ish varaqasini chop etish (5).

пример

  • Tayyor ta’minlashga yangi buyurtmani qo‘shish mumkin emas. Agar zarurat bo‘lsa — hozirgi ta’minlashni bekor qilish va yangisini yaratish kerak.
  • Ta’minlashni faqat Yaratilgan holatida bekor qilish mumkin.
  • Agar buyurtmalarni biri bekor qilinsa — u ta’minlashdan yo‘qoladi va Bekor qilingan holatiga o‘tadi.
  • Hozircha ETTY to‘ldirish kerak emas.

# Buyurtmalarni topshirish va qabul qilish

Buyurtmani marketpleysga topshirishga — ta’minlashda ko‘rsatilgan qabul qilish joyiga va vaqtida keling. O‘zi bilan ta’minlash dalolatnomasining 2 ta nusxasi bo‘lishi kerak. Agar boshqa joy va vaqtga kelinsa va kerakli hujjatlar olib kelinmasa, tovarlar qabul qilinmaydi.

  • Agar sizda bitta vaqtga bir nechta ta’minlash bo‘lsa — buyurtmalarni ta’minlash va ta’minlash dalolatnomalariga bog‘liq qilib alohida o‘ramlarga taqsimlang.
  • Har xil ta’minlashlardan bo‘lgan buyurtmalarni bitta qilib aralashtirmang.

Tovarlar topshirilib va tekshirilgandan keyin ta’minlash holati Qabul qilingan bo‘lib o‘zgaradi, buyurtmalar esa Uzum qabul qilgan varaqasiga o‘tadi.

Qabul qilinmagan buyurtmalar, agar yetkazib berish vaqti hali tugamagan bo‘lsa Yig‘ishda varaqasiga qaytadi.

# Buyurtmalarni Uzum Tezkor kuryerlari orqali yetkazib berish

Agar siz buyurtmalarni Uzum Tezkor kuryerlari orqali yetkazib bersangiz, ularga 1 ta yetkazib berish dalolatnomasini yuboring. Unga imzo qo‘yib, qabul punktida qoldirishadi. Barcha buyurtma holatlari, shuningdek, qabul qilish va kelishmovchiliklar to‘g‘risidagi dalolatnoma shaxsiy kabinetda ko‘rsatiladi. Bahsli savollar yuzaga kelsa, buyurtma holatlari skrinshoti va kelishmovchilik dalolatnomasini yuborish orqali qo‘llab-quvvatlash xizmatiga (opens new window) murojaat qiling. Buyurtmalarni yetkazib berishda kuryerga bahsli vaziyatlarni hal qilish uchun yetkazib berishni qayd etishni maslahat beramiz.

# 8.4 FBS qaytarishlari qanday ishlaydi

Qaytarish bo‘lganda

FBS buyurtmalari quyidagi holatlarda Qaytarish holatiga o‘tishadi:

  • xaridor buyurtmani yetkazib berish punktidan o‘z vaqtida olib ketmasa
  • xaridor buyurtmadagi mahsulotni yoki buyurtmani to‘liq qaytarganda

Mahsulotlar qaytarilganda nimalar yuz beradi

Mahsulotlar xaridor qaytarishni rasmiylashtirgandan keyin 10 kun ichida omboringiz sozlamalarida tanlangan qaytarish joyiga qaytariladi — shundan so‘ng marketpleys yetkazib berishni yig‘adi va shakllantiradi. Qaytarish yukxati shaxsiy kabinetda Yetkazib berish - Qaytarishlar sahifasida paydo bo‘ladi. Shundan so‘ng tovarlarni olib ketish uchun qulay vaqtni tanlash mumkin.

Buyurtmalarni yig‘ish va qaytarilgan tovarlarni ochish jarayonini videoga olishni tavsiya qilamiz. Xaridor tovarni shikastlasa yoki o‘rniga boshqasini qo‘ysa, video asosiy isbotga aylanadi:

  • Yig‘ish jarayonidan video siz hamma tovarlarni shikastlamasdan jo‘natganingizni tasdiqlaydi

  • Qaytarishlarni ochishdagi video esa xaridor qaysi tovarlarni qanday holatda qaytarganini ko‘rsatadi

# 8.5 Sotuvchining FBS bo‘yicha reytingi nima

Sotuvchining reytingi FBS/DBS bo‘limida, FBS buyurtmalari varaqasidayuqori o‘ng burchakda ko‘rinadi.

Sotuvchilarning reytingi qanday hisoblanadi

Reyting har bir yuridik va jismoniy shaxs uchun hisoblanadi va quyidagi formula bo‘yicha hisob-kitob qilinadi:

100% topshirilgan buyurtmalar minus oxirgi 8 kunda bekor qilingan hamma buyurtmalar,

topshirilgan buyurtmalar — bu Yangi, Yig‘ishda, Bekor qilingan (xaridor tomonidan bekor qilinganlar) holatlaridan tashqari hamma buyurtmalar, bekor qilingan buyurtmalar esa — sotuvchi bekor qilgan yoki vaqtida olib kelmagan buyurtmalar.

  • Agar reyting 90% dan pastga tushsa — marketpleys bu haqida shaxsiy kabinetda ogohlantiradi va sizda ko‘rsatkichlarni ko‘tarish uchun vaqt bor.
  • Agar reyting 80% dan pastga tushsa va sizda 10 ta buyurtma bor bo‘lsa — tovarlar FBS sxemasidan yechiladi va bu sxema bo‘yicha sotuvdan ketadi va 3 kunga bloklash yoqiladi. Bu holatda hozirda Yangi va Yig‘ishda holatlarida bo‘lgan buyurtmalarning hammasi bilan albatta ishlash kerak bo‘ladi.
  • Bloklash yechilgandan keyin reyting nolga tenglashtiriladi va qaytadan hisoblanadi — yangi kelib tushgan buyurtmalar asosida.

Agar sotuvchi buyurtmalarning ko‘p qismini bekor qilayotgan bo‘lsa, qadoqlash qoidalarini buzayotgan, tovarlarni qabul qilish joylarining oldida qoldirayotgan bo‘lsa marketpleys o‘z ixtiyoriga ko‘ra FBS sxemasi bo‘yicha ishlashni bloklash huquqiga ega. Shuningdek, agar sotuvchi qo‘llab-quvvatlash xizmatiga (opens new window) murojaat qilsa, bekor qilishlarning sababini tushuntirsa va muammolarni to‘g‘rilash uchun qadamlarni taklif qilsa bloklashni yechishi mumkin.