# 3-Ilova

# FBS modelining ishlash reglamenti

  1. Buyurtmani qabul qilish va qayta ishlashning umumiy shartlari

1.1. Sotish mumkin bo‘lgan tovarlar to‘g‘risida ma’lumot 2-Taraf real vaqt rejimida 2-Tarafning har bir Omboridan Mijozlarga sotishga tayyor bo‘lgan har bir tovarning aktual bo‘lgan miqdorini ShKda ko‘rsatishi shart. Bunday tovarlar Saytda buyurtma uchun mavjud.

1.2. 2-Taraf va uning Omborlarining ish tartibi ShKda 2-Taraf SkKda ko‘rsatilgan parametrlar bo‘yicha Omborlarning ish rejimini belgilaydi. 1-Taraf ShKda buyurtmani yig‘ish uchun minimal ish kunlarini va maksimal muddatni belgilash huquqiga ega. Tanlangan Ish tartibi jo‘natmalarni belgilangan muddatlarda topshirishni amalga oshirish imkoniyatini ta’minlashi kerak.

1.3. Jo‘natmalarning tayyorligini tasdiqlash 2-taraf jo‘natmaning shaxsiy kabinetda belgilangan muddatda topshirishga tayyorligini tasdiqlashi shart. Agar 2-Taraf buni belgilangan muddatda amalga oshirmagan bo‘lsa, 1-Taraf Mijoz buyurtmasini bekor qilish huquqiga ega.

1.4. Markirovka kodlarini uzatish Agar tovar majburiy markirovka qilinishi kerak bo‘lsa, 2-Taraf jo‘natmalarni topshirishdan oldin 1-Tarafga bunday tovarni markirovkalash kodini kassa chekida joylashtirish uchun beradi. 1-Taraf tovar aylanmasining ishtirokchisi hisoblanmaydi va 2-Tarafdan olingan markirovka kodlari bilan kassa chekida joylashtirishdan tashqari hech qanday harakatlarni amalga oshirmaydi.

1.5. Tovarlarni topshirish 2-Taraf tovarlarni buyurtmadagi ro‘yxatga qat’iy muvofiq ravishda topshiradi. Muvofiq bo‘lmagan taqdirda, 2-Taraf har qanday salbiy oqibatlar yuzaga kelishi xavfini o‘z zimmasiga oladi va shu munosabat bilan 1-Tarafga hujjatlar bilan tasdiqlangan barcha zararlarni qoplaydi. Agar qayta saralash aniqlansa va Mijoz tovardan voz kechayotgan bo‘lsa, Taraflar qaytarishga o‘xshash hisob-kitoblarni amalga oshiradi. Agar jo‘natmada arz qilingan tovar yo‘qligi aniqlansa (kamomad), 1-Taraf 2-Tarafdan tovar uchun Mijoz tomonidan haqiqatda to‘langan summani ushlab qoladi, bunda kamomadni qayta ishlash uchun mukofot sifatida sotish uchun Mukofotni qaytarmaydi.

1.6. Ushbu Reglament maqsadlarida quyidagi qo‘shimcha atamalar qo‘llaniladi:

  • “Jarima” – bu Tomon 2 dan Tomon 1 foydasiga ushlab qolinadigan pul summasi (neustoyka) bo‘lib, Sotuvchi tomonidan ushbu Reglamentda va/yoki Vositachilik shartnomasida (Oferta) nazarda tutilgan majburiyatlarni buzish holatlarida, shu jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan holda, Sotuvchi aybi bilan buyurtmani bekor qilgan taqdirda undiriladi.
  • “Topshirish punktiga topshirilmagan” – bu Uzum Market tizimida buyurtmaning avtomatik bekor qilinishi holatida belgilanadigan maqom bo‘lib, unda ushbu Reglamentda belgilangan yig‘ish va/yoki xaridorga yetkazib berish muddati tugagan bo‘ladi.

1.7. Tomob 2 ushbu Reglamentda belgilangan buyurtmalarni qayta ishlash muddatlariga (SLA) rioya etishi shart, shu jumladan buyurtma tayyorligini o‘z vaqtida tasdiqlashi va shaxsiy kabinetida ko‘rsatilgan maksimal yig‘ish muddatlari doirasida buyurtmani topshirishi lozim. Belgilangan muddatlarga rioya qilinmasligi Tomon 2 ning majburiyatlarini bajarmasligi deb hisoblanadi va Tomon 1 tomonidan sanksiyalar, shu jumladan buyurtmaning avtomatik bekor qilinishi, jarima sanksiyalarining qo‘llanishi va ushbu Reglamentda nazarda tutilgan boshqa choralar qo‘llanishiga olib kelishi mumkin.

2.1. 2-Taraf tomonidan majburiyatlarning buzilishi 2-Taraf tomonidan majburiyatlarining buzilishiga quyidagilar kiradi, shu jumladan, lekin cheklanmagan holda:

(а) 2-Taraf tomonidan topshirilayotgan tovarlar Tovar kartochkasida bayon etilgan tavsiflarga muvofiq emasligi;

(b) tovarlarning qolgan yaroqlilik muddati Shartnoma talablariga muvofiq emasligi;

(d) buyurtmaning belgilangan muddatda topshirishga tayyorligi tasdiqlanmaganligi;

(e) 2-Taraf Omborlarining ish rejimi to‘g‘risida ma’lumotni va taqdim etilishi majburiy bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni noto‘g‘ri taqdim etish;

(f) 2-Tarafning harakatlari/harakatsizligi natijasida 1-Taraf Mijoz buyurtmasini bekor qilishi;

(g) 1-Taraf tomonidan olingan Mijozlarning shaxsiy ma’lumotlaridan Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish maqsadlaridan tashqari boshqa maqsadlarda foydalanish va tarqatish;

(h) o‘z brendi va/yoki saytini targ‘ib qilish maqsadida buyurtmalarga reklama solinmalari;

(i) Sotuvchi tomonidan Shartnoma bo‘yicha majburiyatlar buzilishining boshqa holatlari.

2.1.1. Tomon 2 buyurtmani belgilangan muddatlarda bajarilishini ta’minlashi shart. Belgilangan muddatlarning buzilishi buyurtmaning avtomatik tarzda “Topshirish punktiga topshirilmagan” maqomida bekor qilinishiga va ushbu Reglamentga muvofiq jarima sanksiyalarining qo‘llanishiga olib keladi.

2.2. 2-Taraf tomonidan majburiyatlarning buzilishi oqibatlari

2-Taraf Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarini buzgan taqdirda 1-Taraf 2-Tarafning bir yoki bir nechta tovarlarini Saytga joylashtirishni qoidabuzarlik bartaraf etilgunga qadar yoki qoidabuzarlik holatlari aniqlanmagunga qadar to‘xtatib turishga, shuningdek 2-Tarafning operatsion xatoliklarini qayta ishlaganlik uchun Xizmatlar narxini 2-Tarafdan ushlab qolishga haqli. 2-Taraf tomonidan majburiyatlar bir necha marta (ikki yoki undan ortiq marta) buzilgan taqdirda, 1-Taraf 2-Tarafning qoidabuzarlik sodir etilgan tovarlariga nisbatan xizmatlar ko‘rsatishni bir tomonlama tartibda rad etishga haqli. Taraflar 1-Tarafning ko‘rsatib o‘tilgan harakatlari 1-Tarafning Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarini buzilishi emasligini e’tirof etadilar.

  1. Jarimalar

3.1. Umumiy qoidalar

3.1.1. 2-tomonning aybi bilan buyurtma bekor qilingan taqdirda, shuningdek 2-tomon ushbu Reglament va/yoki Marketpleys bilan ishlash bo‘yicha yo‘riqnomada belgilangan buyurtma bilan ishlash muddatlarini buzgan taqdirda, shu jumladan buyurtmani belgilangan muddatda topshirmagan taqdirda, 1-tomon 2-tomon uchun Marketpleys bilan ishlash bo‘yicha yo‘riqnomaning ushbu bo‘limi va 8.3-bandida belgilangan tartibdagi miqdorda jarima sanksiyalarini qo‘llashga haqli.

3.1.2. Ushbu Reglament maqsadlari uchun 2-tomonning aybi bilan buyurtmani bekor qilish, shu jumladan 2-tomonning tashabbusi bilan buyurtmani bekor qilishni, shuningdek 1-tomonning 2-tomonning harakatlari yoki harakatsizligi oqibatida buyurtmani bekor qilishni o‘z ichiga oladi.

3.1.3. Agar buyurtma quyidagi hollarda bekor qilingan bo‘lsa, jarima sanksiyalari qo‘llanilmaydi:

  • Xaridorning tashabbusi bilan;
  • 1-Tomonning tashabbusi bilan 2-Tomon tomonidan majburiyatlarning buzilishi bilan bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra;
  • yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) yoki 2-tomonning ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan va belgilangan tartibda tasdiqlangan boshqa holatlar oqibatida;
  • Marketpleys bilan ishlash bo‘yicha yo‘riqnomaning 8.3-bandida to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilgan boshqa hollarda.

3.1.4. 2-Tomonning tashabbusi bilan Shaxsiy kabinet funksionali orqali buyurtmani qayta ishlash muddatini uzaytirishga faqat Marketpleys bilan ishlash bo‘yicha yo‘riqnomada nazarda tutilgan hollarda va tartibda yo‘l qo‘yiladi hamda Buyurtmani uzaytirish, keyinchalik bajarish yoki bekor qilish sabablaridan qat’i nazar, Marketpleys bilan ishlash bo‘yicha yo‘riqnomaning 8.3-bandida belgilangan tartibda va miqdorda jarima sanksiyalarini qo‘llashga olib keladigan 2-Tomonning majburiyatlarini buzish deb hisoblanadi.

3.2. 2-Tomonning tashabbusi bilan buyurtmani bekor qilish.

3.2.1. Agar 2-tomon buyurtmani o‘z tashabbusi bilan bekor qilsa (bajarish bosqichidan qat’i nazar), 1-tomon 2-tomon uchun Marketpleys bilan ishlash bo‘yicha yo‘riqnomaning 8.3-bandida belgilangan tartibda va miqdorda jarima sanksiyalarini qo‘llashga haqli.

3.2.2. Ushbu Reglamentning 3.2.1-bandida ko‘rsatilgan hollarda jarima sanksiyalarini qo‘llash ushbu Reglamentning 3.1.3-bandida va Yo‘riqnomaning 8.3-bandida nazarda tutilgan istisnolarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.

3.3. Qayta ishlash muddatlari buzilganligi sababli buyurtmani bekor qilish

3.3.1. Agar buyurtma 1-Tomon tomonidan 2-Tomon ushbu Reglament va/yoki Yo‘riqnomada belgilangan buyurtmani qayta ishlash muddatlarini buzganligi, shu jumladan buyurtmani belgilangan muddatda topshirmaganligi sababli bekor qilingan bo‘lsa, bunday bekor qilish 2-Tomonning aybi bilan bekor qilingan deb hisoblanadi.

3.3.2. Ushbu Reglamentning 3.3.1-bandida ko‘rsatilgan bekor qilishlarga nisbatan Marketpleys bilan ishlash bo‘yicha yo‘riqnomaning 8.3-bandida belgilangan tartibda va miqdorda jarima sanksiyalari qo‘llaniladi.

3.4. Jarimalar miqdori va ularni hisoblash tartibi

3.4.1. Jarimalar miqdori, ularni hisoblash tartibi, eng kam va eng ko‘p miqdorlari, vaqt oraliqlari, shuningdek jarimalar qo‘llanilmaydigan holatlar Uzum Market platformasida joylashtirilgan va Vositachilik shartnomasining (Oferta) ajralmas qismi bo‘lgan Marketpleys bilan ishlash bo‘yicha yo‘riqnomaning 8.3-bandida belgilanadi.

3.5. Jarimalarni ushlab qolish tartibi

3.5.1. Jarima summasi 1-Tomon tomonidan 2-Tomonning shaxsiy hisobidan o‘zaro hisob-kitoblar vaqtida hisobdan ushlab qolish yo‘li bilan 2-Tomonga to‘lashi lozim bo‘lgan pul mablag‘laridan ushlab qolinadi.

3.5.2. 2-Tomonning shaxsiy hisobida pul mablag‘lari yetarli bo‘lmagan taqdirda, 1- Tomon 2-Tomonga jarima summasini to‘lash uchun hisobvaraq taqdim etishga haqli.

3.5.3. Jarimalarni ushlab qolish Vositachilik shartnomasi (Oferta) va Yo‘riqnomada belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

3.6. Jarimalarni qo‘llash to‘g‘risida xabarnoma

3.6.1. 1-tomon 2-tomonni jarima qo‘llanilganligi, shu jumladan buyurtmani qayta ishlash muddatini uzaytirganlik uchun jarima qo‘llanilganligi va uning miqdori to‘g‘risida Shaxsiy kabinet (shu jumladan «Moliya» bo‘limida) va/yoki jarima qo‘llash asosini ko‘rsatgan holda Uzum Market platformasida ro‘yxatdan o‘tishda 2-tomon ko‘rsatgan elektron pochta manziliga elektron xabar yuborish orqali xabardor qiladi.

3.7. Uzum Tezkor kuryerlari orqali buyurtmalarni yetkazib berish

3.7.1. FBS modeli doirasida 2-taraf tovarlarni 1-taraf omborlariga yoki buyurtmalarni qabul qilish punktlariga yetkazib berish uchun 1-tomon tomonidan taqdim etiladigan buyurtmalarni yetkazib berish xizmatidan foydalanish huquqiga ega.

3.7.2. 1-taraf Uzum Tezkor logistika hamkorlarining o‘zini o‘zi band qilgan kuryerlarini jalb qilgan holda yetkazib berish xizmatini tashkil etadi.

3.7.3. 2-taraf arizasiga ko‘ra, Uzum Tezkor Courier mobil ilovasining funksional imkoniyatlaridan foydalangan holda yetkazib berish xizmatini rasmiylashtirish imkoniyati taqdim etiladi. Uzum Tezkor Courier mobil ilovasining funksional imkoniyatlaridan foydalanish ushbu Nizomning:

3.7.4. Buyurtmalarni yetkazib berish xizmatining narxi, ulanish va rasmiylashtirish tartibi Yo‘riqnomaning 8.3-bobiga muvofiq belgilanadi.