VOSITACHILIK SHARTNOMASI (OFERTA)
Toshkent sh.
27.01.2025 yildagi tahrirdaUshbu Shartnoma “UZUM MARKET” MChJ QKning (1-taraf) noma’lum miqdordagi shaxslarga (2-taraf) quyida ko‘rsatilgan shartlarda Shartnoma tuzish uchun ommaviy taklifi (ofertasi) hisoblanadi. Taraflarning shartnoma bo‘yicha munosabatlariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining me’yorlari qo‘llanilishi shart, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 354-moddasiga muvofiq ushbu Shartnoma topshiriq shartnomasi (O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 817-moddasi) va vositachilik shartnomasining (O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 832-moddasi) elementlarini o‘z ichiga oladi.
Shartnoma 2-taraf tomonidan Shartnomaning barcha shartlarini to‘liq va so‘zsiz qabul qilinganligini anglatuvchi Shartnomaning 2-bo‘limida nazarda tutilgan harakatlarni amalga oshirgan paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi.
Shartnomaning bir yoki bir nechta qoidalari biron-bir sababga ko‘ra yuridik kuchga ega bo‘lmagan haqiqiy emas bo‘lsa, bunday haqiqiy emaslik Shartnomaning har qanday boshqa qoidalarining haqiqiyligiga ta’sir qilmaydi hamda Shartnoma bunday haqiqiy emas qoida mavjud emasligi kabi talqin qilinishi lozim.
# 1. Atamalar va ta’riflar
Shartnoma — Shartnomaning 2-bo‘limida belgilangan tartibda 1-Taraf va 2-Taraf o‘rtasida tuziladigan, mazkur Shartnoma (Internet tarmog‘ida quyidagi manzil bo‘yicha https://seller.uzum.uz/seller/agreement (opens new window) joylashtirilgan), uning barcha ilovalari, shuningdek yo‘riqnoma (Internet tarmog‘ida quyidagi manzil bo‘yicha https://seller.uzum.uz/manual (opens new window) joylashtirilgan) Shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi.
1-taraf — Mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi «UZUM MARKET» xorijiy korxonasi (2040163 raqam bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan, STIR: 309376127. Yuridik manzili: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Yakkasaroy tumani, Kichik Beshyog‘och ko‘chasi, 132A-uy).
2-taraf — O‘zbekiston Respublikasi hududida davlat ro‘yxatidan o‘tgan hamda Shartnomaning 2-bo‘limida nazarda tutilgan ro‘yxatdan o‘tgan va ushbu Ofertani qonun hujjatlariga muvofiq qabul qilgan (akseptlagan), xaridorlarga Mahsulotlarni masofaviy usuldan foydalangan holda sotish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiradigan yuridik shaxs, yakka tartibdagi tadbirkor, o‘zini-o‘zi band qilgan shaxs.
Xaridor — 2-tarafning UZUM Servisidagi internet-do‘konida Mahsulotlarga buyurtmalarni masofaviy usulda rasmiylashtirish orqali 2-tarafdan Mahsulotlarni sotib oluvchi jismoniy shaxs.
Taraflar — 1-taraf va 2-taraf.
Mahsulot (Mahsulotlar) — Xaridor va 2-taraf o‘rtasida tuzilgan oldi-sotdi shartnomasining predmeti hisoblanuvchi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari. 2-taraf Mahsulotning egasi va sotuvchisi hisoblanadi. UZUM Servisida Mahsulotlarning oldi-sotdisi bilan bog‘liq barcha munosabatlar bevosita 2-taraf va Xaridor o‘rtasida yuzaga keladi. 1-taraf Mahsulot sotuvchisi hamda 2-taraf tomonidan Xaridorlarning sifatsiz Mahsulotga nisbatan da’volarini qabul qilish va qondirish uchun vakolat berilgan shaxs hisoblanmaydi.
Do‘kon — UZUM veb-saytida (platformasida) joylashgan onlayn-do‘kon bo‘lib, uning yordamida bir sotuvchi Oferta shartnomasi bo‘yicha Mahsulotni keyingi sotish uchun joylashtiradi. Do‘kon noyob SKU Mahsulotlar, do‘konning identifikatsiya raqami va havolaga ega. Do‘kon unda yaratilgan Mahsulot kartalari, reytinglar, sharhlar va do‘kon kartasini o‘z ichiga oladi.
UZUM Servisi (Servis) — UZUM kompyuter dasturlari va ma’lumotlar bazalari bilan integratsiyalashgan https://seller.uzum.uz (opens new window) veb-sayti, shuningdek, Google Play va App Store dan yuklab olish mumkin bo‘lgan hamda 1-taraf tomonidan ushbu Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish uchun foydalaniladigan mobil ilova. Shuningdek, u intellektual mulk ob’ektlari to‘plamini, xususan: dasturiy ta’minot, ma’lumotlar bazasi, dizayn (grafik dizayn), 1-tarafning fotostudiyasida olingan fotosuratlar, shuningdek 1-taraf tomonidan joylashtirilgan ma’lumotlar hamda 1-tarafning intellektual va ijodiy faoliyatining boshqa natijalarini ifodalaydi. Domen nomi, Saytning nomlanishi 2-tarafning roziligisiz 1-tarafning ixtiyoriga ko‘ra o‘zgartirilishi mumkin. Bunda, 1-tarafning ushbu Shartnoma bo‘yicha barcha majburiyatlari o‘z kuchida qoladi.
Shaxsiy kabinet — https://seller.uzum.uz/ (opens new window) saytida 2-tarafning Servis bilan o‘zaro hamkorligi uchun dasturiy interfeys bo‘lib, unda 2-taraf to‘g‘risidagi ma’lumotlar, statistik ma’lumotlar hamda Shartnoma bo‘yicha Xizmatlarga oid boshqa ma’lumotlardan iborat, shuningdek Shartnoma doirasida Taraflarning masofaviy o‘zaro hamkorlik qilishga imkoniyat beradi; 2-taraf Servisda 2-tarafning login va parolidan foydalangan holda ro‘yxatdan o‘tgandan va avtorizatsiya qilinganidan so‘ng kirishi mumkin.
Ma’lumotlar bazasi — bu Mahsulot (xizmat)ning potensial xaridorlari (Xaridorlar) uchun mo‘ljallangan Mahsulotlar va xizmatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan axborot-ma’lumot tizimi.
Mahsulot kartasi — bu Servisda joylashtiriladigan hamda nomi, tasviri, tavsifi, IKPU, asosiy xususiyatlar, shuningdek tasniflar (mavjud ranglar, o‘lchamlar va konfiguratsiyalar)ni o‘z ichiga olgan Mahsulot yoki Mahsulotlar guruhi haqidagi ma’lumot.
SKU (Stock Keeping Unit) – Mahsulotlar bo‘yicha statistikani kuzatish uchun ishlatiladigan mahsulot identifikatori, zaxiralarni saqlash birligi va ombor raqami. Xususiyatlarga (rangi, o‘lchami, xususiyatlari yoki Mahsulot kartasi ichidagi bir Mahsulotning boshqasidan farqiga) qarab, har bir Mahsulotga avtomatik tarzda Shaxsiy kabinetda tayinlanadi. Bitta Mahsulot kartasida, turli tasniflar bo‘lmagan taqdirda, Mahsulotning bitta SKU ko‘rsatiladi. Agar bitta Mahsulot kartasi ichida turli xildagi Mahsulotlar mavjud bo‘lsa (rangi, o‘lchami yoki boshqa xarakteristikalari bo‘yicha farqlar bilan), har bir turga alohida SKU beriladi. Har bir SKU bo‘yicha istalgan miqdordagi Mahsulotni sotish uchun topshirish mumkin. Mahsulotning SKU ma’lum bir shtrix-kod bilan mahsulotga biriktiriladi hamda o‘zgarmaydi.
Saqlashning alohida shartlari — Mahsulotlarning ayrim turlarining maxsus xususiyatlari va texnik xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan, ularni qayta ishlash, omborxonada taxlash va saqlash tartibi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos belgilangan shartlar.
Hisobot davri — kalendar oyi.
Mahsulotning sotish narxi — 2-Tomon tomonidan belgilanadigan, uni Xaridorga sotish amalga oshiriladigan va Tovarning tannarxi, sotuvchining ustamasi va 1-Tomonning mukofotidan iborat bo‘lgan muayyan Tovarning Qiymati.
Texnik jihatdan murakkab mahsulot (TEJM) — bu kamida ikkita funksiyani bajaradigan, murakkab ichki tuzilishga ega, foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalarga, xavfsiz foydalanish qoidalariga va kafolat muddatiga ega bo‘lgan uzoq muddat ishlatiladigan mahsulotdir.
Promo-kod – Mahsulot yoki xizmatni maxsus shartlarda sotib olish huquqini beruvchi harflar va/yoki raqamlardan iborat belgilar to‘plami.
Uzum Akademiyasi – UZUM MARKET servisining yangi va mavjud sotuvchilari uchun mo‘ljallangan o‘quv tizimi.
Mahsulotlarni tayyorlash markazi (MTM) — UZUMning Mahsulotlarni qadoqlash va 2-tarafning omboriga topshirishga tayyorlash bo‘yicha qo‘shimcha xizmati.
Logistika — 2-tarafning Mahsulotlarini 1-tarafning omboriga tashish xizmatlari.
Utilizatsiya qilish – O‘zbekiston Respublikasining tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan Shartnomada nazarda tutilgan shartlarda 2-tarafning Mahsulotlarini yo‘q qilish jarayoni.
Sanksiyalar - quyidagi organlar tomonidan kiritilgan, qo‘llaniladigan yoki ijro etiladigan har qanday nashr etilgan (tegishli yurisdiksiyada) sanksiyalar to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari, sanksiyalarni tartibga solish dalolatnomalari, sanksiya direktivalari, embargo qarorlari, buyruq yoki cheklov choralarini anglatadi: Amerika Qo‘shma Shtatlari Hukumati, Evropa Ittifoqi (umuman olganda, lekin alohida a’zo davlatlar darajasida emas), Birlashgan Millatlar Tashkiloti, va Buyuk Britaniya, shuningdek, yuqoridagi har qanday davlatning tegishli davlat idora va tashkilotlari, shu jumladan AQSh Moliya vazirligining Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) va AQSh Davlat departamenti, Yevropa Kengashi Sovet va Komissiyasi, Janobi Oliylari Hukumati (shu jumladan Davlat kotibi, Janobi Oliylari Xazinasi va Moliyaviy sanktsiyalarni qo‘llash boshqarmasi (OFSI)).
Sanksiya ostidagi shaxs - deganda blokirovka qiluvchi Sanksiyalar yoki operatsiyalarga to‘liq taqiq qo‘yilgan har qanday shaxs (ya’ni, har qanday bitimlarni amalga oshirish umuman Sanksiyalar bilan taqiqlangan har qanday shaxs), shu jumladan shaxs nima ekanligini anglatadi: (a) kiritilgan (i) AQSh Moliya vazirligi huzuridagi Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) tomonidan yuritiladigan maxsus toifadagi fuqarolar va taqiqlangan shaxslar ro‘yxatiga; (ii) Moliyaviy sanksiyalarni qo‘llash boshqarmasi (OFSI) tomonidan yuritiladigan Buyuk Britaniyaning sanksiyalar ro‘yxatiga; (iii) Yevropa Ittifoqining moliyaviy sanksiyalarining qisqacha ro‘yxatiga; (iv) BMT Xavfsizlik Kengashining qisqacha ro‘yxatiga; va/yoki (v) har qanday sanksiya organi tomonidan amalga oshiriladigan blokirovka qiluvchi Sanksiyalarga duchor bo‘lgan shaxslarning boshqa ro‘yxatiga; yoki (b) yuqoridagi (a) qismida ta’riflangan sanksiyalar qo‘llaniladigan bir yoki bir nechta shaxslarga tegishli (50% yoki undan ko‘p) yoki nazorat qilinadi (yoki boshqa yo‘l bilan amal qiladi);
FBO (fulfilment by operator) - o‘zaro hamkorlik modeli/sxemasi bo‘lib, unda 1-Taraf Tovarlarning o‘z omborida saqlanishini ta’minlaydi, shuningdek, ularni Xaridorga o‘z kuchi bilan yetkazib berishni tashkil etadi.
FBS (fulfilment by seller) - o‘zaro hamkorlik modeli/sxemasi bo‘lib, unda 2-Taraf tovarlarning o‘z omborida yoki ijaraga olingan omborda saqlanishini ta’minlaydi va ularni 1-Taraf tomonidan belgilangan omborga yoki boshqa qabul qilish punktiga yetkazib beradi. Xaridorga yetkazib berish 1-Taraf tomonidan amalga oshiriladi.
DBS (Delivery by Seller) - 2-Taraf o‘z tovarlarini o‘z omborida yoki ijaraga olingan omborda saqlaydigan va Tovarni Xaridorga mustaqil ravishda yoki uchinchi shaxslarni jalb qilgan holda yetkazib beradigan model/sxema.
EDBS (External Deal, Buyer-Seller) — Xaridor va Sotuvchi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik sxemasi/modeli bo‘lib, bunda Xaridor Uzum Market platformasida faqat “Elektronika” va “Maishiy texnika” toifalaridagi tovarlar haqidagi ma’lumotlarga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi, ammo tomonlar o‘rtasidagi bitim Platformaning funksional doirasidan tashqarida tuziladi.
Jo‘natishlar - bitta buyurtmadan bitta yoki bir nechta tovarlarni o‘z ichiga olgan qadoq.
Mablag‘larni to‘lash jadvali — Yo‘riqnomada nazarda tutilgan Taraflar o‘rtasidagi hisob-kitoblar tartibining varianti bo‘lib, u hisob-kitob davri, 2-Taraf tomonidan pul mablag‘larini o‘tkazish sanasi va davriyligini, shuningdek 2-Taraf tomonidan Shaxsiy kabinet orqali tanlanadigan 1-Tarafning mukofotini undirish shartlarini belgilaydi.
Raqamli tovar — Xaridorga 2-Tomon kontenti yoki xizmatidan foydalanish imkonini beruvchi va moddiy tashuvchi, shuningdek, faollashtirish (kirish) kodlarini uzatish orqali uzatiladigan nomoddiy tovar, jumladan, lekin bular bilan cheklanmagan holda:
(a) dasturiy ta’minot uchun litsenziya kalitlari (faollashtirish kodlari);
(b) elektron kitoblar, audiokitoblar va boshqa raqamli nashrlar;
(v) onlayn xizmatlar va boshqa xizmatlarga obuna bo‘lish;
(g) boshqa o‘xshash tovarlar.
Faollashtirish (kirish) kodi — 2-tomon tomonidan yaratiladigan, bir martalik foydalanish uchun mo‘ljallangan va Xaridorga Raqamli tovarni olish imkoniyatini beradigan noyob belgilar ketma-ketligi.
Shartnomada Shartnomaning mazkur bo‘limida belgilanmagan atamalar qo‘llanilishi mumkin. Bunday holda bunday atamaning sharhi Shartnoma matniga muvofiq amalga oshiriladi. Shartnoma matnida atamaning bir xil ma’noli izohi mavjud bo‘lmagan taqdirda, birinchi navbatda, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan, ikkinchi navbatda, Internet tarmog‘ida shakllangan (keng ishlatiladigan) atamaning izohiga tayanish kerak.
# 2. Shartnomani tuzish tartibi
2.1. 2-taraf https://seller.uzum.uz/seller/agreement (opens new window) saytida e’lon qilingan ushbu Oferta matni bilan, shuningdek https://seller.uzum.uz/manual (opens new window) marketpleysi bilan ro‘yxatdan o‘tib Shaxsiy kabinetga kirgunga qadar ishlash bo‘yicha Yo‘riqnoma bilan tanishishi shart.
2.2. Servisdan foydalanish uchun 2-taraf Servisning https://seller.uzum.uz/seller/signin (opens new window) — avtorizatsiya sahifasidagi Shaxsiy kabinetga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tishi kerak. https://seller.uzum.uz/seller/signin (opens new window) – – ro‘yxatdan o‘tish. Shaxsiy kabinetning o‘zi https://seller.uzum.uz (opens new window), formatidagi turli havolalarda bo‘ladi, unda ism, e-mail, telefon raqami va parol ko‘rsatilib, so‘ng “Davom etish” tugmasi bosiladi. Ro‘yxatdan o‘tish orqali 2-taraf o‘z shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlash, to‘plash va saqlashga hamda 1-taraf tomonidan shaxsiy ma’lumotlarini quyidagi yuridik shaxslarga o‘tkazish ehtimoliga rozilik bildiradi: "UZUM BANK" AJ, "Kapitalbank" ATB, "ARHAT GRAVURE" MChJ, "SOLUTIONS LAB" AJ, "UZUM TECHNOLOGIES" MChJ, «Play Mobile» MChJ, «COSCOM» MChJ, «DATA ORCHESTRA” MChJ, «UZUM TEZKOR” MChJ XK, «TECHNO FITURE TRADE» MChJ, Aliexpress Russia Holding Private Ltd.
2.3. 2-taraf Shaxsiy kabinetga kirish uchun parolni mustaqil ravishda yaratadi. O‘z navbatida, 1-taraf parolni yaratishda unga talablar qo‘yish huquqiga ega (uzunligi, maqbul belgilar va boshqalar).
2.4. 2-taraf login (ro‘yxatdan o‘tish paytida ko‘rsatilgan e-mail va telefon raqami) va paroldan foydalanish 2-tarafning Shaxsiy kabinetga kirish uchun zaruriy va yetarli identifikatsiyasi ekanligiga rozilik bildiradi, va bu unga Servisda bitimlar va operatsiyalarni amalga oshirish huquqini beradi hamda 2-tarafning shaxsiy imzosining analogi hisoblanadi. Servisdan foydalangan holda Taraflar tomonidan tuzilgan bitimlar oddiy yozma shaklda bajarilgan deb e’tirof etiladi. 2-taraf uning nomidan Shaxsiy kabinet orqali bitimlar t uzadigan va operatsiyalarni amalga oshiradigan har qanday shaxsning harakatlari uchun to‘liq javobgardir.
2.5. 2-taraf o‘zining avtorizatsiya ma’lumotlarini Shaxsiy kabinetda (login va parol) saqlashning maxfiyligini ta’minlashi shart. Bunday ma’lumotlar uchinchi shaxslar tomonidan ruxsatsiz olinganda yoki bunga shubha tug‘ilgan taqdirda, 2-taraf undan foydalanishni to‘xtatishi va Shaxsiy kabinetdagi avtorizatsiya ma’lumotlarini darhol o‘zgartirishi shart.
2.6. 2-tarafni UZUM Servisida sotuvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish 2-taraf ushbu Oferta shartlarini to‘liq qabul qilganligini tasdiqlaydi.
2.7. . 2-taraf 1-tarafga https://seller.uzum.uz/manual (opens new window), manzilida joylashgan Yo‘riqnomada nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etadi, va ularni tekshirgandan so‘ng 1-taraf 2-tarafning Servisdagi Shaxsiy kabinetini faollashtiradi.
2.8. Shaxsiy kabinetni faollashtirish 1-taraf va 2-taraf o‘rtasida ushbu shartnoma tuzilganligini tasdiqlovchi Qabul qilish-topshirish dalolatnomasini tuzish uchun 2-tarafga ruxsat berilganligini anglatadi.
2.9. Taraflar ushbu Shartnomani tuzish va amalga oshirish uchun zarur huquqiy layoqatli va muomalaga layoqatli ekanligiga kafolat beradi.
2.10. 1-taraf tomonidan zarur hujjatlar qayta talab qilinishi mumkin, bunda 2-taraf birinchi so‘rov bo‘yicha ularni taqdim etishi shart.
2.11. Shaxsiy kabinet 2-taraf tomonidan foydalanganda, muallifi va (yoki) ishlab chiqaruvchisi 1-tomon bo'lmagan har qanday dasturiy ta'minotdan 1-tomon bilan kelishmasdan foydalanishga yo'l qo'yilmaydi. Agar ushbu talab bajarilmasa, 1-tomon Shartnomaning 13.5-bandda belgilangan tartibda 2-tomon bilan shartnomani darhol bekor qilish yoki 2-tomonning shaxsiy kabinetiga to'liq yoki qisman kirishini cheklash (blokirovka qilish) huquqini o'zida saqlab qoladi.
# 3. Shartnoma predmeti
3.1. Ushbu Shartnomaning predmeti 2-taraf tomonidan 1-tarafga mukofot pulini to‘lagan holda 2-taraf nomidan, ko‘rsatmasiga ko‘ra va uning hisobiga chakana oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha 2-tarafga tegishli bo‘lgan iste’mol maqsadidagi Mahsulotlarni UZUM Servisida sotish bo‘yicha 1-tarafning huquqiy va haqiqiy harakatlaridan iboratdir.
3.2. 1-Taraf Xizmatda quyidagilarni amalga oshiradi:
- 2-Taraf tovarlarini namoyish etish
- 2-Taraf nomidan Tovarlarni sotib oluvchilar bilan chakana oldi-sotdi shartnomalarini tuzadi;
- Xaridorlardan Tovar uchun to‘lov sifatida naqd va naqdsiz pul mablag‘larini qabul qiladi;
- pul mablag‘larini 2 Tarafga o‘tkazadi;
- Tovarlarni Xaridorlarga o‘tkazishni amalga oshiradi;
- Xaridorlar tomonidan qaytariladigan Tovarlarni qabul qiladi va ularni Tomonlarga topshiradi (qaytaradi);
- https://seller.uzum.uz/manual (opens new window) manzilida joylashtirilgan Marketpleys bilan ishlash bo‘yicha yo‘riqnomaning 6.7-bandida nazarda tutilgan holatlardan tashqari, Tovarni Xaridorga topshirilgunga qadar 1-Taraf omborida (FBO modeli bo‘yicha ishlaganda) saqlash;
- yig‘ish (FBO modeli bo‘yicha ishlaganda) va Tovarlarni buyurtma berish punktlariga yoki Xaridorning buyurtmasida ko‘rsatilgan manzilga yetkazib berish.
Yuqorida sanab o‘tilgan xizmatlar qiymati 7.1-bandda nazarda tutilgan 1-Tarafning mukofotlash miqdoriga kiradi. Shartnomalar.
3.3. 3.2-bandda sanab o‘tilgan xizmatlardan tashqari, 2-tarafning so‘rovnomasiga binoan, shuningdek Shartnomaning bajarilishi munosabati bilan zarurat tug‘ilganda, 1-taraf agar bunday imkoniyat 2-tarafning tanloviga ko‘ra mavjud bo‘lsa, boshqa xizmatlarni ham ko‘rsatishi mumkin. Bunda, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun qo‘shimcha haq olinib, u vositachilik haqining qiymatiga kiritilishi mumkin.
3.4. Ushbu Ofretaning 3.3-bandiga muvofiq xizmatlarni ko‘rsatishning o‘ziga xos xususiyatlari ushbu Ofertaga https://seller.umarket.uz/manual (opens new window) havolasida keltirilgan.
3.5. 1-taraf uchinchi tomonning har qanday xatti-harakatlari uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan holda, 2-tarafning roziligisiz to‘liq yoki qisman ushbu shartnomani bajarishga uchinchi shaxslarni jalb qilish huquqiga ega.
3.6. 1-taraf ushbu Shartnoma bo‘yicha vositachilik haqini 2-tarafga to‘lanishi lozim bo‘lgan summalardan ushlab qoladi.
3.7. 2-taraf sotuvga qabul qilingan Mahsulotga nisbatan egalik huquqini xaridorga sotish (topshirish) paytigacha saqlab qoladi.
3.8. Ushbu Shartnomaga muvofiq faoliyatni amalga oshirishda 2-taraf https://seller.uzum.uz/manual (opens new window) manzilida joylashgan Yo‘riqnomaga amal qilishi shart.
3.9. 1-taraf Xaridor va 2-taraf o‘rtasida tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha 2-tarafdan Xaridor tomonidan sotib olingan Mahsulot uchun to‘lov sifatida Xaridordan naqd va naqdsiz pul mablag‘larni qabul qiladi.
3.10. Xaridor Uzum Nasiya bo‘lib to‘lash shaklida to‘lov bilan Xizmatda Tovarga buyurtma berish imkoniyatiga ega. Xaridor Uzum Nasiya bo‘lib-bo‘lib to‘lash shaklida to‘lovni tanlagan taqdirda, Uzum Nasiya keyinchalik bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotish uchun Xaridorning buyurtmasi bo‘yicha Tovarni sotib oladi. Bunday bitim natijasida Tovarga egalik huquqi Uzum Nasiyaga o‘tadi. Uzum Nasiya bo‘lib to‘lash shaklida to‘lov bilan Xizmatda Tovarni Xaridorga yakuniy topshirish 1-Taraf tomonidan amalga oshiriladi. 1-Taraf Uzum Nasiya topshirig‘i bo‘yicha to‘lovni bo‘lib-bo‘lib to‘lash shartlarida, shuningdek, Xaridor va Uzum Nasiya o‘rtasida tuziladigan bo‘lib-bo‘lib to‘lash shartnomasi shartlariga muvofiq amalga oshiradi.
3.11. Mahsulotni bo‘lib-bo‘lib sotishda, Sotuvchi (yoxud 2-taraf yoxud Uzum Nasiya) tomonidan noto‘g‘ri ma’lumotlar yoki qonun talablariga rioya qilmaslik shaklida noto‘g‘ri ma’lumotlar yoki boshqa noto‘g‘ri harakatlar sodir bo‘lgan taqdirda, bu QQS tegishli davlat soliq organlarining qarori bilan hisobga olinmasa, Sotuvchi (yoxud 2-taraf yoxud Uzum Nasiya) ushbu QQS summasini ariza taqdim etilgan kundan boshlab bunday kompensatsiya uchun asosli talab berilgan kundan e’tiboran 3 (uch) ish kunidan kechiktirmay qoplash majburiyatini oladigan holatlarga olib kelishi mumkin. Agar belgilangan muddatda qaytariladigan QQS summasi bunday talabni yuborgan tarafning bank hisob raqamiga kelib tushmagan bo‘lsa, ushbu Taraf o‘z xohishiga ko‘ra QQSning ushbu summasini aybdor Tarafning har qanday to‘lov majburiyatlaridan ushlab qolishga haqli.
3.12. Shartnomaning huquqiy kvalifikatsiyasi. Taraflarning ushbu shartnoma bo‘yicha munosabatlariga O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining topshiriq shartnomasi (O‘zR FKning 46-bo‘limi), vositachilik shartnomasi (O‘zR FKning 48-bo‘limi), haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasi (O‘zR FKning 38-bo‘limi), omonat saqlash shartnomasi (O‘zR FKning 51-bo‘limi), hamda 2-taraf yuklarni yetkazib berish xizmatlaridan foydalansa, yuk tashish shartomasi me’yorlari qo‘llanilishi lozim.
3.13. 1-taraf UZUM Servisida sotilishi mumkin bo‘lgan Mahsulotlar ro‘yxati, toifalari va miqdorini mustaqil ravishda belgilashga haqli.
# 4. Mahsulotlarni sotishga qabul qilish tartibi FBO modeli bo‘yicha
4.1. 2-taraf o‘zining Shaxsiy kabinetida Mahsulotni sotish uchun qabul qilish-topshirish dalolatnomasini tuzadi.
4.2. Mahsulotlarni sotish uchun qabul qilish-topshirish dalolatnomasida bir yoki bir nechta SKU bo‘lishi mumkin.
4.3. Mahsulotlar 1-tarafga ushbu Shartnomaga 1-ilovada ko‘rsatilgan https://seller.uzum.uz/manual (opens new window) manzilida joylashtirilgan Yo‘riqnomada nazarda tutilgan usullardan biri orqali topshiriladi.
4.4. 2-taraf o‘zi tomonidan ko‘rsatilgan sifat talablariga, shuningdek qadoqlash va yorliqlash talablariga javob beradigan miqdor, assortiment va nomlar bo‘yicha Mahsulotlarni 1-tarafga topshirishni ta’minlashi shart. Qadoqlash va markalash uchun belgilangan talablar buzilgan taqdirda, Mahsulot uchun 2-taraf javobgar bo‘ladi.
4.5. 2-taraf Mahsulotlarni qabul qilish-topshirish uchun hujjatlarni amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq to‘g‘ri rasmiylashtirishi shart.
4.6. 1-taraf tomonidan Mahsulotlarni qabul qilish ularni omborga olingan paytdan boshlab yigirma to‘rt soatdan 7 kalendar kunigacha amalga oshiriladi.
4.7. Mahsulotlarni qabul qilishda, 1-taraf uning ishga layoqatliligini hamda Mahsulotga nisbatan me’yoriy hujjatlar bilan qo‘yiladigan barcha talablarga jaob berishini tekshirishga majbur emas, lekin bunga haqli.
4.8. Agar 1-taraf 2-taraf tomonidan topshirilgan Mahsulotni qabul qilganidan so‘ng, uni tashqi ko‘zdan kechirish jarayonida Mahsulotning o‘zida va/yoki uning qadog‘ida/markirovkasida shikatlanishlar yoki kamchiliklarni aniqlasa, 1-taraf Mahsulotni qabul qilishni rad etishga haqli.
4.9. Tovarni qadoqlash belgilangan qoidalari buzilganda, 1-Taraf Mahsulotni TTMga yuborish huquqiga ega. 1-Taraf Mahsulotni qadoqlash qoidalari buzilganligi va Mahsulot TTMga yuborilishi rejalashtirilayotgani haqida 2-Tarafni elektron pochta orqali va/yoki Shaxsiy kabinet orqali xabardor qiladi. Agar 2-Taraf 1 (bir) kun ichida Mahsulotni TTMga topshirishga e’tiroz bildirmasa, 2-Taraf roziligi olingan hisoblanadi. E’tiroz bildirilgan holda, 2-Taraf Mahsulotni qadoqlash qoidalari buzilganligi to‘g‘risida xabarnoma yuborilgan kundan boshlab 3 (uch) kalendar kun ichida Mahsulotni olib ketishi shart. Agar 2-Taraf 3 (uch) kalendar kun ichida Mahsulotni olib ketmasa, 1-Taraf Mahsulotni TTMga yuboradi, agar Mahsulotni TTMga yuborishning iloji bo‘lmasa, utilizatsiya qilinadi. 2-Taraf https://packing.uzum.uz (opens new window) havolasi orqali jo‘ylashgan 1-Taraf belgilangan tariflariga muvofiq TTM xizmatlarini to‘lashi shart.
4.10. Qabul qilish chog‘ida nuqsonlari aniqlangan Mahsulotlar sotuvga qabul qilinmaydi va 2-tarafga qaytariladi. 2-taraf 1-tarafni nuqsonlari bo‘lgan Mahsulot mavjudligi to‘g‘risida xabardor qilgan kundan boshlab 5 (besh) kalendar kuni mobaynida Mahsulotni olib ketishga majburdir. Xabarnoma elektron pochta orqali 2-tarafga yuborilgan bo‘lsa, 1-taraf tomonidan to‘g‘ri tarzda yuborilgan xabar hisoblanadi. 2-taraf o‘z fikr-mulohazalarini bildirish hamda xabarnomani tegishli ravishda olinganligi haqida 1-tarafni xabardor qilish majburiyatini zimmasiga oladi.
4.11. 1-taraf Mahsulotni qabul qilish vaqtida uni tekshirishga — qadoqni ochishga majbur emas. 1-taraf bu holda Mahsulotning to‘liq bo‘lmaganligi yoki shikastlanganligi uchun javobgar emas.
4.12. Qadoqlash/markirovkalash talablari buzilgan tovar, shu jumladan markirovkaning yo‘qligi, shikastlanganligi, o‘qilishi qiyinligi, takrorlanganligi yoki yaroqsizligi holatlari, sotishga qabul qilinmasligi yoki 2-Tomon tomonidan qaytarilishi mumkin. Ko‘rsatilgan qoidabuzarliklar Tovarni qabul qilishda ham, Tovarga ishlov berish, saqlash va sotishning boshqa bosqichlarida ham aniqlanishi mumkin. 2-Tomon 1-Tomon tomonidan elektron pochta va/yoki Shaxsiy kabinet orqali Tovarlarni qadoqlash/markirovkalash talablari buzilganligi to‘g‘risida xabarnoma yuborilgan paytdan boshlab 10 (o‘n) kalendar kun ichida Tovarni olib ketishi shart. Qoidabuzarliklarni bartaraf etish uchun 2-Tomon ushbu Shartnomaning 3.3-bandiga muvofiq Tovarlarni tayyorlash markazi xizmatlaridan foydalanish huquqiga ega.
4.13. Qabul qilingan Tovar nomi va/yoki miqdori Sotish uchun qabul qilish-topshirish dalolatnomasining dastlabki nusxasida ko‘rsatilganidan farq qiladigan bo‘lsa, Tovarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi bilan birga Shaxsiy kabinetga nomuvofiqlik to‘g‘risidagi dalolatnoma joylashtiriladi. Agar 2-tomon nomuvofiqlik to‘g‘risidagi dalolatnomaga qarshi bo‘lsa, u Shaxsiy kabinetga nomuvofiqlik to‘g‘risidagi dalolatnoma joylashtirilgan kundan boshlab 30 (o‘ttiz) kalendar kuni mobaynida 1-tomonga da’vo yuborishga haqli. 30 (o'ttiz) kalendar kun ichida 2-tomondan da'vo berish asosli rad etilmasa, nomuvofiqlik togrisidagi dalolatnoma qabul qilingan hisoblanadi. Da’volar va asoslantirilgan rad etish 2-tomondan yozma ravishda Uzum Marketning bosh idorasi manziliga yuboriladi.
4.14 2-Tomon O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq majburiy raqamli markirovka qilinishi kerak bo‘lgan tovarlarga ega bo‘lsa, 2-Tomon "Asl belgisi" MAT operatorining markirovkalash axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tishi shart va xuddi shunday tovar 1-Tomon omboriga topshirilgunga qadar 2-Tomon ushbu tovarlarni dublikatsiz tegishli raqamli markirovkalashning noyob kodi bilan ta’minlashi shart, aks holda 1-Tomon ushbu tovarni qabul qilishni rad etishga haqli. 2-Tomon O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining tovarlarni identifikatsiyalash va ularning aylanmasini kuzatish vositalari orqali raqamli markirovkalashga oid belgilangan talablarini buzgan taqdirda, ushbu qoidabuzarliklar uchun 2-Tomon javobgar bo‘ladi.
4.15. O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari tomonidan 1-tomonga 2-tomon tovarlari bilan bog‘liq bo‘lgan da’volar taqdim etilgan va jarimalar berilgan taqdirda, 1-tomon ushbu jarimalar summasini 2-tomon shaxsiy hisobidan ushlab qolish yoki 2-tomonga to‘lash uchun hisob chiqarish huquqiga ega. 2-tomon bunday hisobni 5 (besh) bank kuni ichida to‘lashi shart.
4.16. Tovarni qabul qilish vaqtida, agar 2-Tomon tomonidan ushbu ofertaning 4.4-bandida ko‘rsatilgan tovar miqdori bilan 2-Tomon tomonidan taqdim etilgan tovar miqdori orasida nomuvofiqlik aniqlansa, 1-Tomon har bir farq birligi uchun qo‘llanma 6.4-bandida ko‘rsatilgan miqdorda jarimani ushlab qolish huquqiga ega: https://seller.uzum.uz/manual (opens new window). Shuningdek, 2-Tomon Yo‘riqnomaning 6.4-bandiga muvofiq tovarlarni yetkazib berishda taymslotga rioya qilmaganligi uchun jarimaga tortilishi mumkin.
4.17 https://seller.uzum.uz/manual (opens new window) havola orqali joylashgan Uzum marketketpleysi bilan ishlash bo‘yicha Yo‘riqnomaning 2.3-bandiga muvofiq 1-tomondan belgilangan realizatsiya qilish taqiqlangan tovarlarni jo‘natish bo‘yicha talablar 2-tomondan buzilgan taqdirda,1-tomon 2-tomonning shaxsiy hisobvarag‘idan jarima ushlab qolishga yoki 2-tomonga har bir qoidabuzarlik faktlari uchun 5 (besh) million so‘m miqdorida to‘lov uchun hisob chiqarishga haqlidir. 2-tomon bunday hisobni 5 (besh) bank kuni ichida to‘lashi shart.
# 5. Mahsulotni sotish tartibi. Mahsulot sotib oluvchi tomonidan qaytarilishi.
5.1. Mahsulot saytda Mahsulot kartasi orqali taqdim etiladi.
5.2. 2-taraf Mahsulot kartalarini mustaqil ravishda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlarida Mahsulot to‘g‘risidagi ma’lumotlarga nisbatan belgilangan talablarga, shuningdek https://seller.uzum.uz/manual (opens new window) sotuvchi manzilida keltirilgan Yo‘riqnomada belgilangan Kartani ro‘yxatdan o‘tkazish talablariga to‘liq mos ravishda to‘ldiradi. Har bir yangi Mahsulot uchun alohida karta yaratilishi kerak: boshqa Mahsulot uchun avval ochilgan Mahsulot kartasidan foydalanish taqiqlanadi. 1-taraf Kartaga mustaqil ravishda o‘zgartirishlar kiritish, Kartochkalarga o‘zgartirishlar kiritishni talab qilish huquqiga ega, bu holatda o‘zgartirishlar talablar qo‘yilgan paytdan boshlab 1 (bir) kun ichida kiritilishi kerak. Agar 2-taraf belgilangan talablarni buzsa, 1-taraf Mahsulot kartalarini blokirovka qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
5.2.1. 2-Tomon UZUM Servisida aynan bir xil yoki adashtirish darajasigacha o‘xshash tovarlarni bitta 2-Tomonning turli do‘konlari orqali, shuningdek, agar haqiqatda bir xil tovar haqida gap ketsa, turli mahsulot kartochkalari yoki SKU orqali joylashtirish, e’lon qilish va sotish taqiqlanadi. Bunday qoidabuzarlik aniqlangan taqdirda, 1-Tomon 2-Tomonni oldindan ogohlantirmasdan tegishli tovarni, tovar kartochkasini, SKUni, do‘konni yoki 2-Tomonning shaxsiy kabinetini rad etish, yashirish, o‘chirish, faolsizlantirish yoki bloklash huquqiga ega.
5.3. 2-taraf o‘z do‘konining sahifasida quyidagi ma’lumotlarni joylashtirishi kerak: to‘liq firma nomi (nomlanishi) yoxud familiyasi, ismi, sharifi (mavjud bo‘lsa), asosiy davlat ro‘yxat raqami, manzili va joylashgan joyi (faqat yuridik shaxslar uchun), elektron mochta manzili va (yoki) telefon raqami.
5.4. Mahsulot kartasidagi Mahsulot to‘g‘risidagi ma’lumot, agar Mahsulot omborda mavjud bo‘lsa, 1-taraf uni Servisga joylashtirish orqali Mahsulot Xaridorining e’tiboriga yetkazadi. Mahsulotni Servisga joylashtirish – bu sotuvchining salohiyatli xaridorlarga oldi-sotdi shartnomasini tuzish taklifidir.
5.5. Xaridor Sotuvchining mahsulotga buyurtma blankalarini to‘ldirish va Mahsulotni 1-tarafning bank hisobvarag‘iga naqd pulsiz to‘lovlar orqali ekvayring va naqd pulda onlayn-banking xizmati orqali yoki bank kartasi orqali to‘lash orqali to‘lash bo‘yicha haqiqiy harakatlarni bajarish orqali Shartnoma tuzish to‘g‘risidagi taklifini qabul qiladi.
5.6. Xaridor tomonidan Tovar uchun to‘lov 2-Tomon tomonidan 1-Tomonning shaxsiy kabinetida ma’lumotlar bazasida mazkur ofertaning 7.4-bandiga muvofiq 1-Tomon tomonidan ko‘rsatilgan narxning ehtimoliy pasayishini hisobga olgan holda belgilangan amaldagi narx bo‘yicha amalga oshiriladi. Tovar uchun to‘lov Xaridor tomonidan pul mablag‘larini onlayn-ekvayring bank xizmati orqali 1-Tomonning hisob raqamiga o‘tkazish, naqd pul yoki bank kartasidan foydalangan holda amalga oshiriladi.
5.7. Amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda, Internetda buyurtma uchun to‘lov amalga oshirilganda, buyurtma berish paytida Xaridor tomonidan ko‘rsatilgan elektron pochta manziliga elektron kassa kvitansiyasi yuboriladi.
5.8. Mahsulotlarni yig‘ish va keyinchalik Xaridorga yetkazib berish Xaridor Servisga buyurtma berganidan keyingina amalga oshiriladi.
5.9. Tovarni yetkazib berish tanlangan sotish modeliga qarab quyidagicha amalga oshiriladi:
• FBO va FBS modellaridan foydalanganda, Tovarni yetkazib berish 1-Taraf tomonidan buyurtma berish punktlarigacha yoki Buyurtmachi tomonidan buyurtmani rasmiylashtirishda ko‘rsatilgan manzilga kuryerlik orqali yetkazib beriladi.
Tovar yakuniy iste’molchiga muvaffaqiyatli sotilgan taqdirda, yetkazib berish xarajatlarini 2-Taraf va/yoki Xaridor qoplaydi. Buyurtma berish punktlarining joylashuvini 1-Taraf o‘z ixtiyoriga ko‘ra belgilaydi. Buyurtmani rasmiylashtirishda Xaridorga aniq yetkazib berish punktini tanlash imkoniyati beriladi.
• DBS va EDBS modelidan foydalanganda, Tovarni Xaridorga yetkazib berish 2-Tomon mustaqil ravishda yoki uchinchi shaxslarni jalb qilgan holda amalga oshiriladi. Yetkazib berish manzili 2-Tomon va Xaridor o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra belgilanadi."
5.10. 1-taraf marketing aksiyalarini o‘tkazish huquqiga ega:
5.11.1. 2-taraf bilan kelishilgan holda. Marketing aksiyasida ishtirok etishga rozilik bildirgan holda, 2-taraf Marketing aksiyasi shartlariga roziligini tasdiqlaydi.
5.11.2. 1-taraf tashabbusi bilan. Bunda marketingni rag‘batlantirish shartlari Mahsulot sotilgandan keyin 2-tarafga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar miqdoriga ta’sir qilmaydi.
5.11.3. 2-taraf, shuningdek o‘z Shaxsiy kabinetida promokodlarni mustaqil ravishda chiqarish huquqiga ega, bunda 2-taraf ushbu promokodlari xarajatlarini mustaqil ravishda o‘z zimmasiga oladi.
5.12. 2-taraf Xaridor u tomonidan buyurtma olingan kundan boshlab 10 (o‘n) kalendar kuni mobaynida foydalanish belgilarisiz tegishli sifatdagi har qanday Mahsulotni qaytarish huquqiga ega ekanligini tasdiqlaydi. Ayrim hollarda qaytarish muddati 30 (o‘ttiz) kalendar kunigacha uzaytirilishi mumkin.
5.12.1. Agar Xaridor O‘zbekiston Respublikasi «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida» qonuni ga muvofiq Tovar sifati bo‘yicha e’tiroz bildirib, Tovarni qaytargan bo‘lsa va 2-Tomon ushbu e’tirozni 1-Tomondan olganidan keyin 10 (o‘n) kalendar kun ichida o‘z xulosasini taqdim etmasa, e’tiroz tan olingan deb hisoblanadi va Tovar qaytarilishi lozim. Bunday holatda 1-Tomon Xaridorga pul mablag‘larini 2-Tomonning mablag‘lari hisobidan qaytarishga haqli.
5.12.2. Agar Xaridor texnik jihatdan murakkab tovarni (TМT) sifati bo‘yicha e’tiroz bilan qaytargan bo‘lsa, 2-Tomon kamchilik mavjudligini tasdiqlash yoki rad etish maqsadida TМT bo‘yicha sifat tekshiruvi/diagnostika tashkil etishi shart. Kamchilik yo‘qligini isbotlash majburiyati 2-Tomon zimmasida bo‘ladi. Agar 2-Tomon tegishli xulosa bilan kamchilik yo‘qligini isbotlay olmasa, kamchilik ishlab chiqarishdagi nuqson deb hisoblanadi.
5.12.3. Shartnomaning 5.12.1-bandiga muvofiq e’tirozni ko‘rib chiqish maqsadida 1-Tomon 2-Tomonga Tovar qaytarilgani va diagnostika o‘tkazish zarurligi haqida Shaxsiy kabinet orqali va/yoki elektron pochta orqali bildirishnoma yuboradi. So‘rov/bildirishnoma yuborilgan paytdan boshlab 24 soat o‘tgach olingan deb hisoblanadi, agar undan oldinroq olingani tasdiqlanmagan bo‘lsa.
5.12.4. 2-Tomon 5.12.3-bandida belgilangan muddat boshlanganidan boshlab 10 (o‘n) kalendar kun ichida quyidagilarni bajarishi shart:
(a) Qaytarilgan TМTni 1-Tomondan qabul qilishni ta’minlash, yoki boshqa kelishilgan tarzda Tovarga diagnostika uchun imkoniyat yaratish;
(b) TМT bo‘yicha diagnostika/sifat tekshiruvini o‘z kuchi va hisobidan o‘tkazish;
(c) 1-Tomonga diagnostika natijalari bo‘yicha rasmiy xulosa taqdim etish yoki asosli rad javobi berish.
5.12.5. Diagnostika xulosasi (akti) tegishli maqomga ega servis markazi tomonidan rasmiylashtirilishi kerak va kamida quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim: INN, manzil, muhr; javobgar shaxsning F.I.Sh./lavozimi/imzosi; shuningdek, Tovarning identifikatsion ma’lumotlari, shuningdek, xulosani qaytarilgan TMT bilan aniq bog‘lash imkonini beruvchi tovar identifikatsiya ma’lumotlari
5.12.6. Agar 2-Tomon 5.12.4-bandida belgilangan majburiyatlarni belgilangan muddatda bajarmasa, 1-Tomon o‘z ixtiyoriga ko‘ra Xaridorning talabini hal qilish tartibini mustaqil belgilashga haqli (majbur emas), jumladan, Xaridorga pul mablag‘larini qaytarish, bunda Shartnomada belgilangan ushlab qolish/o‘zaro hisob-kitob tartibidan foydalanish mumkin.
5.12.7. Agar 2-Tomon 5.12.1–5.12.4-bandlarida belgilangan muddatlarda xulosa taqdim etmasa, ushbu Tovar Instruktsiyaga muvofiq (jumladan, «nuqsonli»/ombordan qaytarish sifatida) rasmiylashtiriladi va keyingi tartibda ishlatiladi hamda Shartnomaning 6-bo‘limiga muvofiq harakat qilinadi. 2-Tomon chiqarish muddatlariga rioya qilishi shart va 1-Tomonga Tovarni belgilangan muddatlarda olib ketilmasa utilizatsiya qilish huquqini oladi.
5.12.8. Agar 2-Tomon 5.12.4-bandidagi majburiyatlarni belgilangan muddatda bajarmasa va 1-Tomon 5.12.6-bandiga muvofiq Xaridor talabini qondirishga qaror qilsa, 2-Tomon quyidagilarni tasdiqlaydi va rozilik bildiradi:
(a) Tovar sifati bo‘yicha xulosa yo‘qligi sababli Xaridorga pul mablag‘lari qaytarilganini inkor etish huquqini yo‘qotadi;
(b) Tovar qiymatini, uning qaytarilishini yoki Tovarni qayta sotib bo‘lmasligi natijasida yuzaga kelgan zararlarni 1-Tomondan talab qilish huquqiga ega emas, agar bu oqibatlar diagnostika o‘tkazish muddatining o‘tib ketishi sababli yuzaga kelgan bo‘lsa;
(c) E’tirozni ko‘rib chiqish majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmaslik natijasidagi oqibatlar xavfini o‘z zimmasida oladi.
5.13. Tovarni FBS va FBO modeli bo‘yicha sotishda, agar Xaridor iste’molchilarning huquqlarini himoya qiluvchi qonun hujjatlariga muvofiq Tovardan voz kechish yoki uni qaytarish huquqidan foydalangan bo‘lsa, Tovar 1-Tomonning omboriga qaytarilishi lozim. Omborga kelib tushgandan so‘ng, Tovar 2-tomon (kamchiliklar aniqlangan taqdirda) ga qaytarilishi kerak yoki sotish uchun qaytariladi (tegishli sifatdagi Tovar foydalanish izlarisiz va Tovarning tegishli o‘rami saqlangan holda qaytarilgan taqdirda).
5.13.1. Agar Xaridor EDBS, DBS yetkazib berish modelini tanlagan bo‘lsa va iste’molchilar huquqlarini himoya qiluvchi qonunchilikka muvofiq Tovardan voz kechish yoki uni qaytarish huquqidan foydalangan bo‘lsa, Tovar 2-Taraf bilan oldindan kelishilgandan so‘ng unga qaytarilishi lozim.
Tegishli sifatli tovarni qaytarish Xaridor tomonidan mustaqil ravishda, o‘z kuchlari va mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Tovar kamchiliklari (shu jumladan, yaroqsizligi, yaroqsizligi va boshqa nuqsonlari) bilan qaytarilgan taqdirda, qaytarilayotgan Tovarni yetkazib berish 2-Tarafning o‘z kuchi va mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
5.14. Agar Mahsulot Xaridor tomonidan qaytarilsa, Mahsulotning qiymati Servis bo‘yicha Mahsulotni sotish uchun 2-tarafga to‘lanadigan pul mablag‘laridan ushlab qolinadi. Mavjud pul mablag‘lari yetarli bo‘lmasa, 1-taraf kelajakda 2-tarafga kelib tushadigan pul mablag‘larini ushlab qoladi. Agar mablag‘ni ushlab qolishning iloji bo‘lmasa, 1-taraf qaytarilgan Mahsulot miqdori uchun hisobni taqdim etadi.
5.15. 1-taraf Mahsulot bir necha marotaba qaytarilgan taqdirda, Mahsulotning funksionalligi va e’lon qilingan xususiyatlarga muvofiqligini tekshirishga haqli.
5.16. Agar 1-taraf va 2-taraf o‘rtasidagi shartnomaviy munosabatlar tugatilgan paytda Xaridor Mahsulotni qaytarib bergan bo‘lsa, 1-taraf Mahsulotni o‘z nomidan sotishga haqli.
5.17. Raqamli tovarni topshirish Xaridorga Shartnomada yoki Tovar kartochkasida nazarda tutilgan har qanday usulda Raqamli tovarga kirish imkoniyati taqdim etilgan paytdan boshlab tegishli tarzda amalga oshirilgan deb hisoblanadi, shu jumladan, lekin bular bilan cheklanmagan holda: faollashtirish (kirish) kodini, litsenziya kalitini topshirish, shuningdek, bunday Raqamli tovarni yoki undan foydalanish vositalarini o‘z ichiga olgan moddiy tashuvchini topshirish.
5.18. 2-Tomon faollashtirish (kirish) kodining noyobligi, ishlash qobiliyati va bir martalik foydalanish imkoniyatini, shuningdek, uning Tovar kartochkasida ko‘rsatilgan tavsifga muvofiqligini ta’minlash majburiyatini oladi.
5.19. Faollashtirish kodi kiritilganidan va Xaridor Raqamli tovarga kirish huquqini olgandan so‘ng, bunday tovar ishlatilgan deb hisoblanadi va qaytarilmaydi, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va ushbu Shartnomada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
# 6. FBO modeli bo‘yicha mahsulotni saqlash
6.1. Mahsulotni sotish vaqtigacha saqlash 1-taraf tomonidan amalga oshiriladi.
6.2. 1-taraf quruq, isitiladigan xonada saqlashni ta’minlaydi.
6.3. Agar 2-taraf 1-tarafga maxsus saqlash shartlarini talab qiladigan mol-mulkni saqlashga topshirgan bo‘lsa, 1-taraf ushbu mol-mulkning holati uchun javobgar bo‘lmaydi.
6.4. Saqlash muddatini hisoblash Mahsulot 2-tarafdan 1-tarafga o‘tkazilgan paytdan boshlanadi, bu esa Mahsulotni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi bilan tasdiqlanadi.
6.5. Mahsulotlarning saqlash muddati cheklanmagan va belgilanmagan, ushbu shartnomaning 6.7-bandi bundan mustasno.
6.6. 1-Tomon 2-Tomonning birinchi talabiga binoan saqlash uchun qabul qilingan Tovarni qaytarishi shart. Tovarni qaytarish to‘g‘risidagi talabnoma 1-tomon tomonga qaytarish uchun qabul qilish-topshirish dalolatnomasini shakllantirish va quyidagi manzilda joylashgan Yo‘riqnomaga muvofiq unga buyurtma berish orqali yuboriladi: https://seller.uzum.uz/manual (opens new window) Bunday holda, 1-tomon 10 (o‘n) kalendar kunigacha bo‘lgan muddatda 2-tomon uchun ombordagi tovarni qaytarishga tayyorlashi shart.
6.7. 1-Taraf 2-Tarafdan 1-Tarafda saqlanayotgan Mahsulotni olib ketishni elektron pochta va/yoki Shaxsiy kabinet orqali talab qilish huquqiga ega. Bunda 2-Taraf 1-Taraf talabnomani yuborgan kundan boshlab 30 (o‘ttiz) kalendar kun ichida mazkur Mahsulotni olib ketishi shart. Agar 2-Taraf belgilangan 30 kunlik muddat ichida Tarafni qabul qilish bo‘yicha o‘z majburiyatini bajarmasa, 1-Taraf 2-Taraf hisobidan Tarafni utilizatsiya qilish huquqiga ega bo‘ladi, bunda 2-Taraf 1-Tarafga Mahsulotni utilizatsiya qilish fakti, tartibi yoki boshqa jihatlari bilan bog‘liq hech qanday e’tiroz bildirmaslik majburiyatini oladi.
6.8. 1-taraf chorak tugaganidan keyin bir oy ichida 1-tarafning omborlarida mavjud bo‘lgan Mahsulotlarni inventarizatsiyadan o‘tkazadi. Inventarizatsiya natijalariga ko‘ra yo‘qolgan, yetishmayotgan yoki buzilgan Mahsulotlar miqdori aniqlanadi.
6.9. Mahsulotlarning yo‘qolishi yoki shikastlanishi qayd etilgan davrni inventarizatsiya qilgandan so‘ng, 2-taraf yozma talab yuborish orqali pul kompensatsiyasini talab qilishga haqli.
6.10. 2-tarafning mol-mulki yo‘qolganda, kamomadi bo‘lganda yoki shikastlanganda, 1-taraf 6.9-bandga muvofiq ushbu mahsulotning jami miqdori Shartnomaning https://seller.uzum.uz/manual (opens new window) havolasi bo‘yicha joylashgan ajralmasi qismi hisoblanadigan Uzum marketpleysom bilan ishlash Yo‘riqnomasining 6.8-bandiga binoan qoplanadi.
6.11. 1-tomon aybiga ko‘ra yo‘qolgan va/yoki zarar ko‘rgan tovarlar uchun pul mablag‘larini 1-tomon belgilangan shaklda tuzilgan 2-tomonning yozma talabini olgan kundan boshlab 81 (sakson bir) kun ichida qoplashi shart. To‘lov muddati vaziyatga qarab uzaytirilishi mumkin.
6.12. Agar 2-taraf qadoqlash/markirovkalash talablarini buzgan bo‘lsa, 2-taraf Mahsulotning shikastlanishi va to‘liq bo‘lmaganligi uchun kompensatsiya talab qilishga haqli emas.
6.13. 1-taraf, agar Mahsulot ilgari yo‘qolgan deb hisoblangan va buning uchun 2-tarafga tovon to‘langan bo‘lsa, Mahsulotni o‘z nomidan sotishga haqli.
6.14. 2-taraf Mahsulot yo‘qolgan taqdirda 1-tarafning omborida Mahsulotlarni qidirish uchun elektron shaklda so‘rov yuborish huquqiga ega.
6.15. 1-tarafning omborida 2-taraf Mahsulotlarini qidirish to‘g‘risidagi so‘rovni ko‘rib chiqish muddati 21 kunni tashkil etadi va 1-tarafning qaroriga ko‘ra uning muddati oshirilishi mumkin.
6.16. 1-taraf ayrim toifadagi Mahsulotlarni saqlash uchun yig‘imlarni 2-tarafdan ushlab qoladi.
6.17. Saqlashning umumiy qiymati belgilangan tariflar va saqlanadigan mahsulot birliklari hamda SKUlar soni asosida hisoblanadi. Tariflar to‘g‘risidagi ma’lumotlar https://seller.uzum.uz/manual (opens new window) manzili bo‘yicha olish mumkin bo‘lgan Yo‘riqnomaning 6.7-bandida keltirilgan.
6.18. 1-taraf 2-tarafga maxsus saqlash va tashish shartlari ta’minlanmagan Mahsulotlarni saqlashni rad etishga haqli.
# 7. Vositachilik haqi va hisob-kitoblar tartibi
7.1. 1-tomon ragbatlantirish miqdori havolada (opens new window) joylashgan jadvalga muvofiq sotiladigan Tovarlar narxi va toifasiga qarab belgilanadi. Jadval bilan ishlash bo‘yicha ko‘rsatmalar ko‘rsatilgan havoladagi Yo‘riqnoma 3.2-bandida joylashgan: https://seller.uzum.uz/manual/uz/ (opens new window)
7.2. 1-tarafning haqi 1-tarafning Mahsulotni sotish bilan bog‘liq barcha xarajatlarini o‘z ichiga oladi..
7.3. 1-taraf Shartnoma bo‘yicha unga to‘lanadigan haqni 2-tarafga to‘lanishi kerak bo‘lgan summalardan ushlab qoladi.
7.4. 1-Tomon mavsumiy aksiyalar, tanlovlar o‘tkazish va promokodlar taqdim etish doirasida ham, boshqa hollarda ham 2-Tomon tomonidan belgilangan Tovar Narxini o‘z xohishiga ko‘ra pasaytirishga haqli. Bunday pasaytirish, agar pasaytirish mukofot miqdoridan oshsa 1-Tomonning mukofot miqdori me’yorida yoki 1-Tomonning o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshirilishi mumkin.
7.5. Tovarlarni sotish narxidan 2-Taraf olishi kerak bo‘lgan pul mablag‘lari 2-Tarafning Shaxsiy kabinetida shaxsiy hisobvaraqda hisobga olinadi.
7.5.1.Ushbu pul mablag‘lari hajmini hisoblash, ularni 1-Taraf 2-Taraf nomiga o‘tkazish muddatlari, shuningdek, ushbu o‘tkazmani amalga oshirganlik uchun 1-Tarafning mukofoti Yo‘riqnomada (Internet tarmog‘ida https://seller.uzum.uz/manual (opens new window)) manzilida e’lon qilingan) belgilangan mablag‘larni to‘lash jadvalidan 2-Taraf tanlagan Mablag‘larni to‘lash jadvali asosida amalga oshiriladi.
7.5.2. Shartnoma tuzishda 2-Taraf ushbu Yo‘riqnomaga muvofiq birlamchi to‘lovlar jadvalini belgilaydi. 2-Taraf Shaxsiy kabinetda Mablag‘larni to‘lash jadvalini o‘zgartirish huquqiga ega. Mablag‘larni to‘lash jadvalini tanlash, o‘zgartirish va qo‘llash tartibi Internet tarmog‘ida (https://seller.uzum.uz/manual) (opens new window) joylashtirilgan Yo‘riqnoma bilan belgilanadi. O‘zgartirilgan Mablag‘larni to‘lash jadvali Taraflarning munosabatlariga eng yaqin boshlanmagan kalendar oyining 8-sanasidan boshlab qo‘llaniladi.
7.5.3. 1-Taraf mablag‘larni o‘tkazish muddatini 2-Taraf tanlagan to‘lov jadvalida ko‘rsatilgan sanadan boshlab 14 (o‘n to‘rt) ish kunigacha uzaytirishi mumkin.
7.5.4. 2-Taraf Shaxsiy kabinetda tanlangan Mablag‘larni to‘lash jadvalini joriy davrning 7-sanasigacha o‘zgartirish huquqiga ega. O‘zgartirish keyingi Hisobot davrining boshidan, shu davrning 8-kunidan boshlab kuchga kiradi. Agar Mablag‘larni to‘lash jadvali keyingi Hisobot davri boshlangunga qadar bir necha marta o‘zgarsa, 2-Tarafko‘rsatgan oxirgi jadval keyingi Hisobot davrining 00:00 8-kunidagi holatga ko‘ra qo‘llaniladi. Ko‘rsatilgan Hisobot davri boshlangandan so‘ng mablag‘larni to‘lash jadvalini joriy Hisobot davriga o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
7.5.5. Agar 2-Taraftanlagan Mablag‘larni to‘lash jadvali 1-Taraf uchun haq to‘lashni nazarda tutsa, bunday haq ushbu Ofertaning 3.3-bandida ko‘rsatilgan qo‘shimcha xizmat uchun to‘lov hisoblanadi. Mukofot miqdori 2-Tarafto‘lashi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari summasidan foizlarda belgilanadi va 1-Taraf tomonidan ushbu Ofertaning 7.6-bandida nazarda tutilgan tartibda 2-Tarafo‘tkazilishi lozim bo‘lgan pul mablag‘laridan ushlab qolinadi.
7.5.6. Agar 2-Taraf tomonidan tanlangan Mablag‘larni to‘lash jadvali 1-Taraf uchun ushbu Ofertaning 7.5.5-bandida ko‘rsatilgan mukofotni to‘lashni nazarda tutsa, 1-Taraf2-Taraf ko‘rsatilgan qo‘shimcha xizmatlar uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda va muddatlarda Hisobot davri davomida ikki marta yig‘ma hisob-fakturalarni taqdim etadi.
7.5.7. 2-Taraf tanlangan Mablag‘larni to‘lash jadvalida belgilangan to‘lov sanasidan oldin pul mablag‘larini muddatli yechib olish xizmatidan foydalanish huquqiga ega. Ko‘rsatilgan xizmat 1-Tarafning qo‘shimcha xizmati hisoblanadi va 2-Tarafning so‘roviga binoan Shaxsiy kabinet orqali taqdim etiladi.
Mablag‘larni muddatli yechib olish xizmatini ko‘rsatish tartibi, undan foydalanish shartlari, pul mablag‘larini o‘tkazish muddatlari, shuningdek, 1-Tarafning mukofot miqdori Yo‘riqnoma (Internet tarmog‘ida https://seller.uzum.uz/manual (opens new window)) manzilida e’lon qilingan) bilan belgilanadi.
7.6. Ushbu Shartnomaning 3.3-bandida ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lov 2-tarafning shaxsiy hisobvarag‘idagi pul mablag‘lardan o‘zaro hisob-kitob qilish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. Bunda, agar xizmatlar uchun to‘lov zarur bo‘lsa, 1-taraf tegishli pul summasini avtomatik ravishda hisobdan chiqaradi, buning uchun 2-tarafning ruxsati talab etilmaydi.
7.7. 1-tarafning hisoboti https://seller.uzum.uz/manual (opens new window) manzilida joylashgan Yo‘riqnomaga muvofiq tuziladi.
7.8. Agar 2-taraf 5 (besh) kalendar kuni ichida asoslantirilgan e’tirozlarni olmasa, hisobot 2-taraf tomonidan qabul qilingan hisoblanadi.
7.9. FBS, DBS, EDBS modeli bo‘yicha ishlashda saqlash 2-Taraf tomonidan amalga oshiriladi.
7.10. Agar 1-Tomon ma’lumotlariga ko‘ra kompensatsiya to‘lovi vaqtida 2-Tomonning 1-Tomon oldida qarzi mavjud bo‘lsa, 1-Tomon o‘zaro hisob-kitobni amalga oshirish huquqiga ega. Bunda kompensatsiya miqdori 2-Tomon qarzi miqdoridan kamaytirilishi mumkin, agar qarz miqdori kompensatsiya miqdoridan oshib ketsa, kompensatsiya to‘lovi 1-Tomonning xohishiga ko‘ra qisman amalga oshirilishi yoki umuman amalga oshirilmasligi mumkin. Bunday o‘zaro hisob-kitobni amalga oshirish uchun 2-Tomonning roziligi yoki ruxsati talab etilmaydi.
7.11. 2-Tomonning ijtimoiy dasturlar, davlat yoki nodavlat loyihalar, xayriya tashabbuslari, tajriba dasturlari, maxsus aksiyalar, shuningdek, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, davlat organlari, agentliklari, muassasalari, davlat jamg‘armalari, hokimliklar, jamoat tashkilotlari yoki boshqa vakolatli tuzilmalar ko‘magida amalga oshiriladigan har qanday boshqa dasturlar doirasida Tovarlarni joylashtirishi 2-Tomonning ko‘rsatilgan xizmatlar uchun 1-Tomonning haqini ushbu Oferta va Ofertaning 7-bo‘limida belgilangan shartlar va tartibda to‘lash majburiyatiga to‘liq va so‘zsiz roziligini anglatadi.
7.12. 2-tomon tasdiqlaydiki, 1-tomon bilan barcha o‘zaro hisob-kitoblar, jumladan, mukofotlarni to‘lash, summalarni ushlab qolish, pul mablag‘larini yechib olish va o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish ushbu Ofertada nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi va faqat 1-tomonning hisob raqamiga yoki agar bu ushbu Ofertada yoki 1-tomonning tegishli xizmatlarida nazarda tutilgan bo‘lsa, 2-tomonning Shaxsiy kabinetidagi shaxsiy hisob raqamidan avtomatik ravishda pul mablag‘larini yechib olish orqali amalga oshiriladi.
7.13. 2-Tomon 1-Tomon tomonidan Shaxsiy kabinetda joylashtiriladigan Hisobvaraq-fakturalarni ushbu Oferta va amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan muddatlar va tartibda mustaqil ravishda va o‘z vaqtida tanishib chiqish, tekshirish va qabul qilishni amalga oshirish majburiyatini oladi.
7.14. Hisobvaraq-faktura Shaxsiy kabinetga joylashtirilgan paytdan boshlab 5 (besh) kalendar kun ichida 2-Tomon tomonidan qabul qilinmagan taqdirda, 1-Tomon 2-Tomon tegishli Hisobvaraq-fakturani qabul qilish majburiyatini bajargunga qadar 2-Tomonning Shaxsiy kabinet funksionalidan foydalanishini cheklash, shu jumladan do‘konlarni blokirovka qilish, Tovarlarni joylashtirishni to‘xtatib turish va sotuvlarni amalga oshirish imkoniyatini cheklash huquqiga ega.
7.15. Do‘konlarni blokirovka qilish va ushbu Ofertaning 7.14-bandida nazarda tutilgan boshqa cheklovlar 1-Tomon tomonidan tegishli hujjatlar aylanishini ta’minlash va 2-Tomonning majburiyatlarini bajarish maqsadida qo‘llaniladi va 1-Tomonning fuqarolik-huquqiy javobgarligi chorasi hisoblanmaydi.
# 8. Taraflarning javobgarligi
8.1. 1-taraf ushbu Shartnoma bo‘yicha saqlashga qabul qilingan mol-mulkning yo‘qolishi, kamomadi yoki shikastlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik qonunchiligi me’yorlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
8.2. 1-taraf ushbu Shartnomani bajarish doirasida 2-taraf nomidan va hisobidan 1-taraf tomonidan Xaridorlar bilan tuzilgan bitimlar (Oldi-sotdi shartnomalari) uchun javobgar bo‘lmaydi.
8.3. 1-taraf Xaridorlar bilan nizolarni hal qilish choralarini ko‘rishga haqli, lekin Xaridorga Mahsulot sifatiga qo‘yiladigan talablar buzilmaganligini isbotlash uchun javobgar bo‘lmaydi.
8.4. Agar Xaridorlar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari asosida 1-tarafga da’vo bildirsa, 1-taraf ularni mustaqil ravishda qondirishga qaror qiladi hamda 1-tarafga tegishli bo‘lgan 2-tarafning har qanday mablag‘laridan Xaridorlarga to‘langan summalarni ushlab qoladi.
8.5. Agar 2-taraf tomonidan Shartnomaning 9-bo‘limida belgilangan shartlarining buzishi davlat organlari va/yoki uchinchi shaxslar (shu jumladan huquq egalari va xaridorlar) tomonidan 1-tarafga qarshi jarima to‘lash bo‘yicha e’tirozlar, da’volar va/yoki ko‘rsatmalar berish uchun asos bo‘lgan bo‘lsa, 2-taraf 1-tarafning iltimosiga binoan unga tegishli Buyurtma va unga muvofiq sotilgan Mahsulotlarga tegishli barcha so‘ralgan ma’lumotlarni (hujjatlarni) zudlik bilan taqdim etishga, bunday e’tirozlar va da’volarni hal qilishda yordam berishga, shuningdek 2-taraf tomonidan uchinchi shaxslar va/yoki O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonun hujjatlarining buzilganligi munosabati bilan unga bunday e’tirozlar, da’volar, ko‘rsatmalar taqdim etilishi natijasida 1-tarafga yetkazilgan hujjatlashtirilgan zararlar (shu jumladan sud xarajatlari, jarimalarni to‘lash bo‘yicha xarajatlar) ni 1-tarafga qoplab berish majburiyatini zimmasiga oladi.
8.6. 2-taraf Mahsulot kartasini shakllantirishda va IKPUning to‘g‘ri rasmiylashtirishda yuridik javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi. Qonuniy talablar buzilganligi va buning natijasida kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uchun 2-taraf tegishli qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javobgar bo‘ladi.
8.7. Agar 1-taraf 6.3-bandda ko‘rsatilgan 2-tarafning saqlashga topshirilgan Mahsulotlarning xususiyatlari tufayli yetkazilgan zararni ko‘rgan bo‘lsa, 2-taraf 1-tarafga ushbu zararlarni qoplashi shart.
8.8. 2-taraf uchinchi shaxslar oldida 2-tarafning (2-taraf vakili) login va parolidan foydalangan holda amalga oshirilgan barcha harakatlar uchun mustaqil ravishda javobgar bo‘ladi.
8.9. Agar 1-taraf 2-tarafga ushbu Oferta doirasida hisob taqdim etgan bo‘lsa, 2-taraf ushbu hisobni u berilgan kundan boshlab 7 (yetti) kalendar kuni ichida to‘lashi shart.
Agar FBS modeli bo‘yicha ishlashda, quyidagi holatlar yuzaga kelsa 1-taraf 2-taraf oldida javobgarlikka tortilmaydi:
(a) 1-taraf majburiyatlarining bajarilmasligi yoki lozim darajada bajarilmasligi 2-taraf yoki Mijozning aybi bilan sodir bo‘lgan bo‘lsa;
(b) jo‘natma yoki uning tarkibiga kiruvchi mahsulotning yo‘qolishi, buzilishi yoki to‘liq yetkazib berilmasligi yengib bo‘lmas kuch holatlari, qadoqlashdagi kamchiliklar yoki mahsulotning xususiyatlari tufayli yuz bergan bo‘lsa;
(c) qabul qilish paytida tashqi o‘ramning butunligi sharoitida jo‘natmaga kiruvchi tovarning yo‘qolishi yoki buzilishi aniqlanishi mumkin bo‘lmagan bo‘lsa. Taraflar shuni e’tirof etadiki, agar buzilmagan qadoqli jo‘natma topshirilganda Mijoz tovarning yo‘qligi yoki uning sifati talab darajasida emasligi haqida xabar bersa, bu 1-tarafning bunday tovarning yo‘qolishi yoki shikastlanishi uchun aybi yo‘qligini tasdiqlaydi;
(d) O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda jo‘natish yoki unga kiruvchi mahsulot ushlab qolingan, olib qo‘yilgan bo‘lsa;
Shuningdek, 1-taraf FBS modeli bo‘yicha ishlashda quyidagi hollarda javobgar emas, agarda:
- jo‘natma yomon qadoqlanganligi sababli shikastlangan bo‘lsa;
- qadoq butunlay but, ichida esa nimadir singan bo‘lsa;
- tovarlar tekshiruvchi organlar tomonidan olib qo‘yilgan bo‘lsa;
- 2-taraf yuk ortish uchun o‘z vaqtida kelmagan — bu holatda 1-taraf 2-taraf transportining bekor turishini qoplamaydi.
8.10 2-Taraf Shartnomaning 6.11-bandida ko‘rsatilgan holatlar yuzaga kelgan taqdirda, quyidagi manzilda mavjud bo‘lgan Yo‘riqnomaning 6.8-bandida ko‘rsatilgan barcha zarur hujjatlarni taqdim etishi shart: https://seller.uzum.uz/manual, 1-Tarafning zarur hujjatlarni taqdim etish to‘g‘risidagi yozma talabnomasi (2-tarafning pochta manziliga yuborilgan) olingan kundan boshlab 21 (yigirma bir) kalendar kun ichida. Belgilangan muddatda barcha zarur hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda, kompensatsiya olish uchun ariza rad etiladi.
8.11. 2-Tomon 1-Tomonning elektron pochta, shaxsiy kabinet yoki Ofertada ko‘rsatilgan boshqa axborot almashish vositalari orqali yuborilgan so‘rovlariga, tegishli so‘rovda belgilangan muddat ichida o‘z vaqtida javob berish majburiyatini oladi. So‘rov yuborilgan vaqtdan boshlab 24 soat o‘tgach qabul qilingan hisoblanadi.
8.12. 1-Taraf quyidagi hollarda DBS modeli bo‘yicha majburiyatlarni bajarish doirasida 2-Taraf oldida javobgar bo‘lmaydi:
a) 1-Tarafning majburiyatlarni bajarmasligi yoki lozim darajada bajarmasligi 2-Taraf yoki Xaridorning aybi bilan sodir bo‘lgan bo‘lsa; b) 2-Tarafning aybi bilan Tovarni o‘z vaqtida yetkazib bermaslik; v) Buyurtmaga muvofiq bo‘lmagan tovarni yetkazib berish. g) 2-Taraf omborida Tovarning yo‘qligi
8.13. 1-Taraf, shuningdek, agar Xaridor Tovarni olmagan yoki uni olish uchun kelmagan bo‘lsa, 2-Tarafning transport va logistika xarajatlari uchun javobgar bo‘lmaydi va ularni qoplamaydi.
8.14. DBS modeliga ko‘ra, 2-Taraf quyidagilar uchun to‘liq va mutlaq javobgar bo‘ladi:
- yetkazib berish parametrlari va buyurtmalar holatlari to‘g‘risida taqdim etilgan ma’lumotlarning ishonchliligi uchun;
- Buyurtmani belgilangan muddatlarda o‘z vaqtida topshirish uchun;
- Buyurtmani Xaridorga yetkazib berish muddatlariga rioya qilish uchun;
- Buyurtmalarning holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning o‘z vaqtida taqdim etilishi va ishonchliligi uchun.
- Omborda Tovar mavjudligi uchun.
8.15. 2-Taraf Buyurtmaning bajarilishi va Tovarning xususiyatlari, jumladan, uning butligi, sifati, miqdori, qadoqlanishi, tavsifiga muvofiqligi, shuningdek Buyurtma shartlari va (yoki) me’yoriy talablarda belgilangan boshqa parametrlar uchun to‘liq javobgar bo‘ladi.
8.16. 1-Taraf quyidagi hollarda Buyurtmani bekor qilish yoki uni yetkazib berish muddatini ko‘chirish, shuningdek 2-Tarafning xizmat ko‘rsatish sifati ko‘rsatkichlarini pasaytirish huquqiga ega:
- Buyurtmani belgilangan muddatlarda topshirmaslik;
- Buyurtmani Xaridorga yetkazib berish muddatlarining buzilishi;
- Buyurtma holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z vaqtida taqdim etmaslik yoki noto‘g‘ri ma’lumotlarni taqdim etish.
- 2 Taraf omborida Tovarning yo‘qligi.
Bunday harakatlar yoki harakatsizlik natijasida yuzaga keladigan barcha xavf va oqibatlar 2-Tomonning zimmasida bo‘ladi.
8.17. Agar 1-Taraf 2-Tarafning maqom to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish tartibi va muddatlarini buzganligi sababli bekor qilingan Buyurtma Xaridorga amalda yetkazib berilgan bo‘lsa, 1-Taraf 2-Tarafning harakatlari yoki harakatsizligi natijasida yuzaga kelgan har qanday salbiy oqibatlar uchun javobgar bo‘lmaydi.
8.18. 2-Taraf Qonun hujjatlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilgan yoki Xaridorning ruxsati bilan amalga oshirilgan holatlardan tashqari, Xaridorning shaxsiy, aloqa va boshqa ma’lumotlarini uchinchi shaxslarga ruxsatsiz o‘tkazganlik uchun javobgar bo‘ladi.
8.19. 2-Tarafning Xaridorning shaxsiy ma’lumotlarini ushbu Oferta qoidalarini, shuningdek Maxfiylik siyosatining 6-bobida belgilangan qoidalarni buzgan holda uzatishi ushbu Oferta shartlarining jiddiy buzilishi hisoblanadi va 1-Tarafning uni bir tomonlama bekor qilish huquqini keltirib chiqaradi.
8.20. Taraf-1 o‘z xohishiga ko‘ra va mustaqil ravishda aksiyalar, maxsus takliflar o‘tkazish, yangi tovar toifalarini joriy etish yoki mavjudlarini o‘zgartirish, shuningdek instrument va servislarni joriy etish yoki o‘zgartirish, ularda ishtirok etish tartibi, shartlari hamda muddatlarini belgilash bo‘yicha qarorlar qabul qilish huquqiga ega.
Bunday qarorlar platformani rivojlantirish va foydalanuvchi tajribasini yaxshilashga qaratilgan obyektiv hamda iqtisodiy asoslangan mezonlar asosida qabul qilinadi va barcha ishtirokchilarga nisbatan teng sharoitlarda, kamsitmasdan qo‘llaniladi.
Taraf-2 ning aksiyalar, yangi toifalar, instrumentlar yoki servislar doirasidagi ishtiroki ixtiyoriy bo‘lib, Taraf-1 tomonidan belgilangan qoidalar va talablarga rioya etilgan taqdirda amalga oshiriladi.
8.21. 2-tomon rasmiylashtirilgan va tasdiqlangan Buyurtmada ko‘rsatilgan tovarni Buyurtmani bajarishning qo‘llaniladigan modelidan qat’i nazar, almashtirmasdan yoki boshqa tovarni jo‘natmasdan Xaridorga topshirishni ta’minlashi shart.
2-tomon Buyurtmaga mos kelmaydigan tovarni jo‘natgan va Xaridor «Noto‘g‘ri tovar» sababli qaytarishni rasmiylashtirgan taqdirda, 1-tomon ko‘rsatilgan faktni tasdiqlagan taqdirda, 1-tomon 2-tomon uchun almashtirilgan tovar narxining 100 foizi (yuz foizi) miqdorida jarima ko‘rinishidagi javobgarlik chorasini qo‘llashga haqli, shu jumladan 2-tomon ushbu Oferta bo‘yicha boshqa majburiyatlarni bajarishdan ozod qilmasdan, 2-tomon to‘lashi kerak bo‘lgan pul mablag‘laridan ko‘rsatilgan summani ushlab qolish orqali.
8.22. Agar amalda gap aynan bir xil tovar haqida ketayotgan bo‘lsa, 2-Tomon tomonidan identik yoki adashtirish darajasigacha o‘xshash tovarlarni bir xil 2-Tomonga tegishli turli do‘konlar, turli tovar kartochkalari yoki SKU orqali joylashtirish mazkur Shartnoma va Yo‘riqnoma talablarini buzish hisoblanadi.
Ko‘rsatilgan qoidabuzarlik aniqlanganda, 1-Tomon o‘z xohishiga ko‘ra quyidagi choralardan birini yoki bir nechtasini qo‘llash huquqiga ega: (a) tegishli tovar, tovar kartasi yoki SKUni bloklash, yashirish, olib tashlash yoki faolsizlantirish; (b) tovarni qidiruv natijalarida, tavsiyalarda, aksiyalarda, reklama vositalarida va boshqa harakatlantirish mexanizmlarida ko‘rsatishni cheklash; (v) yangi tovar, SKU yoki do‘kon kartochkalarini yaratishni cheklash; (g) 2-Tomonning do‘koni yoki Shaxsiy kabinetida tovarlarni sotish imkoniyatini vaqtincha yoki butunlay cheklash; (d) ushbu Shartnomada nazarda tutilgan tartibda Shartnomani bekor qilish. Mazkur choralar qo‘llanilishi 2-Tomonni 1-Tomon, Xaridorlar va uchinchi shaxslar oldida avval yuzaga kelgan majburiyatlarni bajarishdan ozod qilmaydi.
# 9. Vaziyatlar haqida bayonotlar
9.1. Har bir Taraf boshqa Tarafga ushbu Shartnoma shartlarini bajarish uchun quyidagilarni tasdiqlaydi va kafolatlaydi:
9.1.1. u ushbu Shartnoma shartlarini tuzish va bajarish uchun to‘liq huquq va vakolatlarga, pul, moddiy, mehnat va boshqa resurslarga ega;
9.1.2. taraflarning ta’sis hujjatlariga muvofiq zarur bo‘lgan taqdirda, ushbu Shartnomani tuzish va bajarish uchun zarur bo‘lgan korporativ qarorni qabul qilsa;
9.1.3. unga nisbatan bankrotlik to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atilmaganligini, shuningdek, u tugatish yoki qayta tashkil etish jarayonida emasligini tasdiqlaydi.
9.2. 2-taraf quyidagilarni kafolatlaydi:
9.2.1. Sotish 2-taraf tomonidan UZUM Servici tomonidan amalga oshirilayotgan Mahsulotlar O‘zbekiston Respublikasi hududida fuqarolik muomalasiga qonuniy ravishda kiritiladi, xususan, tegishli tovar belgisi ostida sotilishi amalga oshiriladigan Mahsulotlar, tegishli Mahsulot belgisining mualliflik huquqi egasi tomonidan yoki uning roziligi bilan bevosita muomalaga kiritiladi;
9.2.2. U tomonidan taqdim etilgan Mahsulotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan barcha zarur ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi, shuningdek, Servis bo‘yicha 2-taraf tomonidan sotilgan Mahsulotlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining barcha talablariga, shu jumladan, texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiqligini kafolatlaydi;
9.2.3. Qonun hujjatlariga muvofiq yaroqlilik muddatini belgilash majburiy bo‘lgan Mahsulot kamida 60% qonun hujjatlariga muvofiq tegishli yaroqlilik muddati bilan 1-tarafga saqlash uchun topshirilganligini;
9.2.4. Sotish narxi analogik tovarlarning o‘rtacha bozor narxlaridan oshmaydi. 1-Tomon o‘rtacha bozor narxlari monitoringini olib boradi. Bundan tashqari, 2-Tomon tomonidan Do‘konda joylashtirilgan tovarning sotish narxi 2-Tomon ushbu tovarni aksiyalar, chegirmalar va keshbek miqdorini hisobga olgan holda o‘z do‘konida, o‘z saytida yoki boshqa maydonlarda sotadigan narxdan yuqori bo‘lmasligi kerak.
9.2.5. FBS, FBO va DBS modellari bo‘yicha sotish uchun qabul qilinadigan tovar sotilmagan, garovga qo‘yilmagan, boshqa usulda yuklanmagan, nizolashilmagan va taqiqlanmagan (xatlanmagan) bo‘lishi kerak;
9.2.6. Sotish uchun qabul qilingan Mahsulotlar yangi (ishlatilmagan), salohiyatli Xaridor tomonidan qo‘shimcha moliyaviy xarajatlarsiz foydalanishga (ekspluatatsiyaga) yaroqli, shuningdek Xaridorlarga Mahsulotlarni chakana savdo uchun kerak bo‘lgan barcha zaruriy aksessuarlar va hujjatlar bilan to‘liq jihozlanganligi;
Istisno sifatida, to‘liq texnik tekshiruv va ta’mirdan o‘tgan, potensial xaridor tomonidan foydalanishga yaroqli tiklangan smartfonlar kiradi. Sotuvchi Tovar barcha xavfsizlik va sifat talablarga javob berishini, shuningdek unga kamida 1 oylik kafolatli xizmat ko‘rsatilishini kafolatlaydi.
9.2.7. Mahsulotlarning qadoqlanishi https://seller.uzum.uz/manual (opens new window) manzilda joylashgan Yo‘riqnomada belgilangan 1-tarafning talablariga javob beradi;
9.2.8. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro‘yxatiga muvofiq o‘zini o‘zi band qilgan shaxs tovarlarni realizatsiya qilgan taqdirda;
9.2.9. UZUM Servisi to‘g‘risidagi, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda va messenjerlarda UZUM Servisining ishbilarmonlik va tijorat obro‘siga biron-bir tarzda putur yetkazishi yoki uni boshqa yo‘l bilan obro‘sizlantirishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni ommaviy ravishda tarqatmasligini.
9.2.10. Servis va undan foydalanuvchilarning axborot xavfsizligini buzishga qaratilgan harakatlarni amalga oshirmasligini.
9.2.11. “(i) Sanksiya ostidagi shaxs emasligini, (ii) eksport, import, yetkazib berish, sotish yoki xizmat ko‘rsatishni o‘z ichiga olgan sanksiyalar ostida bo‘lgan har qanday shaxs bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bitim yoki operatsiyalar yoki bunday faoliyat Sanksiyalarni buzadigan darajada, Sanksiya ostidagi shaxslarga xizmatlar ko‘rsatishda qatnashmaslikni.
9.2.12 2-tomon UZUM Servisida sotiladigan hayvonlarga nisbatan quyidagilarni tasdiqlaydi va kafolatlaydi:
(a) ularni sotish, saqlash, tashish va Xaridorga topshirish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, veterinariya-sanitariya qoidalari va Yo‘riqnoma talablariga muvofiq amalga oshiriladi;
(b) 2-Tomon qonun hujjatlarida va Yo‘riqnomada nazarda tutilgan barcha majburiy veterinariya va boshqa kuzatuv hujjatlariga ega bo‘lsa, bunday hujjatlar haqiqiy va ishonchli hisoblanadi;
(v) hayvonlar sotish va Xaridorga topshirish paytida majburiy veterinariya hujjatlari bilan tasdiqlanadigan darajada sog‘lom bo‘lsa;
(g) tovar kartochkasida ko‘rsatilgan ma’lumotlar hayvonlar to‘g‘risidagi haqiqiy ma’lumotlarga to‘liq mos keladi;
(d) hayvonlarni tashish ularni transportirovka qilish shartlariga, sanitariya, xavfsizlik va farovonligiga oid majburiy talablarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
9.2.13. 2-Tomon shuni tasdiqlaydiki, u UZUM Servisida amalda aynan bir xil tovar haqida gap ketayotgan hollarda identik yoki adashtirish darajasigacha o‘xshash tovarlarni bir xil 2-Tomonga tegishli turli do‘konlar, turli tovar kartochkalari yoki SKU orqali joylashtirmaydi, shuningdek bunday harakatlardan UZUM Servisi qoidalarini chetlab o‘tish, qidiruv natijalariga ta’sir ko‘rsatish, narx, chegirmalar, reyting, sharhlar, qoldiqlar bilan manipulyatsiya qilish yoki sun’iy raqobat yaratish maqsadida foydalanmaydi.
9.3. Vaziyatlar to‘g‘risidagi bayonotlar ushbu Shartnomaning muhim shartlari sifatida tan olinadi.
9.4. 2-Taraf quyidagi manzilda joylashtirilgan Maxfiylik siyosati bilan tanishganligini tasdiqlaydi: https://legal.uzum.uz/privacy-policy-uz (opens new window) va uning qoidalariga rioya qilish majburiyatini oladi. 2-Tarafning Maxfiylik siyosatining 6-bobi qoidalarini buzishi, shu jumladan, lekin bular bilan cheklanmagan holda, Xaridorning shaxsiy ma’lumotlarini Xaridorning ruxsatisiz uchinchi shaxslarga berish ushbu Qoidalarning jiddiy buzilishi hisoblanadi.
# 10. Nizolarni hal qilish tartibi
10.1. Ushbu Shartnomani bajarish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizolar va kelishmovchiliklar, imkon qadar, Taraflar o‘rtasidagi muzokaralar va xat-yozishuvlar orqali hal qilinadi. 1-tarafga xatlar Shaxsiy kabinetda ko‘rsatilgan elektron pochta manziliga 2-tarafning elektron pochta manzilidan yuborilishi kerak.
10.2. Taraflar tomonidan nizolarni sudgacha hal qilish tartibiga rioya qilish majburiydir. Sudgacha bo‘lgan da’volar taraflar tomonidan yozma ravishda xabarnoma bilan buyurtma xat orqali yuboriladi.
10.3. Sudgacha bo‘lgan da’volarga javob sudgacha bo‘lgan da’vo kelib tushgan kundan boshlab 15 (o‘n besh) kalendar kuni ichida taraf tomonidan yuborilishi kerak.
10.4. Taraflar kelishuvga erishmagan taqdirda, nizolar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Toshkent shahar tumanlararo xo‘jalik sudida sud tartibida hal qilinadi.
# 11. Nabarnomalar va ma’lumotlarni almashish
11.1. Shartnomani bajarish doirasida Taraflar tomonidan tuzilgan hujjatlar 2-taraf tomonidan 1-tarafning ma’lumotlar bazasida elektron hujjat shakllarini to‘ldirgan holda tuzilishi mumkin. Bu holda 2-tarafni identifikatsiya qilish 2-taraf tomonidan Shaxsiy kabinetda ro‘yxatdan o‘tishda va ushbu Oferta shartlarini qabul qilishda belgilanadigan login va parol yordamida amalga oshiriladi.
11.2. Bundan tashqari, ushbu Shartnomani bajarish doirasida taraflar tomonidan tuzilgan hujjatlar elektron raqamli imzodan foydalangan holda elektron hujjat aylanishi tizimi orqali elektron hujjat shaklida yuborilishi mumkin.
11.3. 2-taraf 1-tarafni o‘zining joylashgan joyi, bank rekvizitlari, aloqa raqamlari, elektron pochta manzillari o‘zgarganligi to‘g‘risida bunday o‘zgarish sodir bo‘lgan kundan boshlab 2 (ikki) ish kunidan kechiktirmay xabardor qilishi shart. 1-tarafning eski manzillar va rekvizitlar bo‘yicha bunday xabarnomaga qadar bajarilgan majburiyatlari tegishli ravishda bajarilgan deb e’tirof etiladi.
11.4. 2-taraf Shaxsiy kabinetda ko‘rsatilgan elektron pochtadan 1-tarafning elektron pochta manziliga xatlarni yuborgan taqdirda, xat-yozishmalar yuridik kuchga ega bo‘ladi.
11.5 2-Tomon 1-Tomondan savdo analitikasi va tovarlarni boshqarish bilan bog‘liq hisobotlar, bildirishnomalar hamda boshqa axborotlarni uning Shaxsiy kabinetida ko‘rsatilgan elektron pochta manzili orqali, shuningdek, 2-Tomon tashabbusi bilan ulanishi amalga oshiriladigan maxsus Telegram-bot orqali qabul qilishga rozilik bildiradi. Bunday hisobotlar tovarlarning toifalarga ajratilishi, ularni targ‘ib qilish bo‘yicha tavsiyalar, shuningdek, savdo samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi mumkin.
Sotuvchi shaxsiy kabinet orqali qo‘llab-quvvatlash xizmatiga tegishli bildirishnoma yuborish yo‘li bilan bunday xabarlarni olishdan voz kechish huquqiga ega.
# 12. Shartnoma shartlarini o‘zgartirish
12.1. 1-taraf Internet tarmog‘ida https://seller.uzum.uz/seller/agreement (opens new window) manzilida e’lon qilingan Shartnoma shartlariga istalgan vaqtda o‘z xohishiga ko‘ra, Shartnomaga ilovalardagi yakka tartibdagi o‘zgartirishlar uchun boshqa xabar berish muddati nazarda tutilmagan bo‘lsa, ular kuchga kirishidan 15 (o'n besh) kun oldin 2-tarafni bunday o‘zgarishlar to‘g‘risida kechiktirmay oldindan xabardor qilgan holda o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega.
12.2. 1-taraf 2-tarafni xabardor qilmasdan Shartnoma matnidagi texnik va imlo xatolarini tuzatishga haqli.
12.3. Oldindan tuzilgan barcha Shartnomalar ushbu Shartnoma kuchga kirgandan so‘ng o‘z kuchini yo‘qotadi.
12.4. Taklif Internet tarmog‘idagi https://seller.uzum.uz/seller/agreement (opens new window) manzilida e’lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi.
11.5. 2-Taraf 1-Tarafning Shaxsiy kabinetida ko‘rsatilgan elektron pochta manzili orqali sotuvlar tahlili va tovarlarni boshqarish bilan bog‘liq hisobotlar, bildirishnomalar va boshqa ma’lumotlarni olishga rozilik bildiradi. Bunday hisobotlar tovarlar tasnifi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, ularni siljitish bo‘yicha tavsiyalarni, shuningdek sotish samaradorligini oshirishga yordam beradigan boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi mumkin.
Sotuvchi Shaxsiy kabinet orqali qo‘llab-quvvatlash uchun tegishli bildirishnoma yuborish orqali bunday xabarlarni olishdan bosh tortishga haqli.
12.6. 1-taraf 2-tarafni yuqoridagi o‘zgarishlar haqida quyidagi usullardan birida xabardor qiladi: Shaxsiy kabinet orqali va/yoki Shaxsiy kabinetda ko‘rsatilgan elektron pochta manzili orqali.
# 13. Yakuniy qoidalar
13.1. Ushbu Shartnoma noma’lum muddatga tuziladi hamda Shartnomaning 2-bo‘limida ko‘rsatilgan paytdan boshlab taraflarning munosabatlariga nisbatan qo‘llaniladi.
13.2. Ushbu Shartnoma bir tomonlama bekor qilinishi mumkin. Bunday rad etish Shartnomaning bir tarafi tomonidan Shartnomaning boshqa tarafiga yozma ravishda yuborilishi kerak. Bunday holda, Shartnomani bajarish rad etilganligi to‘g‘risidagi xabar yuborilgan kundan boshlab 10 (o‘n) ish kunidan keyin Shartnoma bekor qilingan hisoblanadi. Bunda, 2-taraf Shartnoma bekor qilingan kundan e’tiboran 10 (o‘n) ish kuni ichida 1-tarafning omboridan qolgan Mahsulotni olib ketishi shart. Agar 2-taraf o‘z Mahsulotini belgilangan muddatda olib ketmasa, 1-taraf 2-taraf Mahsulotlarini utilizatsiya qilish huquqiga ega.
13.3. 2-taraf ushbu Shartnoma bo‘yicha o‘z huquq va majburiyatlarini faqat 1-tarafning yozma roziligi bilan uchinchi shaxsga o‘tkazish huquqiga ega.
13.4. 1-taraf ushbu Shartnoma bo‘yicha o‘z huquq va majburiyatlarini 2-tarafning roziligisiz uchinchi shaxsga o‘tkazish huquqiga ega.
13.5. 2-taraf o‘zining harakatlari bilan 1-tarafning obro‘si va faoliyatiga putur yetkazsa, Mahsulotlarni sotish qoidalarini buzsa, Oferta shartlarini, shu jumladan holatlar to‘g‘risidagi kafolatlarni buzsa, noqonuniy xatti-harakatlar bilan Xaridorlarni chalg‘itsa va Yo‘riqnomada belgilangan standartlarga rioya etmasa, 1-taraf Shaxsiy kabinetda 2-taraf tomonidan ko‘rsatilgan elektron pochta orqali bildirishnoma yuborish yo‘li bilan Shartnomani darhol suddan tashqari bekor qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi hamda 2-tarafning Mahsulotlari, do‘konlari, Shaxsiy kabinetini noma’lum muddatga blokirovka qilish huquqiga ega.
13.6. Ushbu Shartnomada nazarda tutilmagan boshqa barcha masalalarda Taraflar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga amal qiladilar.
13.7. Ushbu Shartnomaning barcha ilovalari uning ajralmas qismi hisoblanadi.
13.8. Agar ushbu Shartnomaning bir yoki bir nechta qoidalari biron-bir sababga ko‘ra haqiqiy emas bo‘lib qolsa, yuridik kuchga ega bo‘lmay qolsa, bunday haqiqiy emaslik Shartnomaning boshqa qoidalarining haqiqiyligiga ta’sir qilmaydi hamda Shartnoma unda bunday haqiqiy emas bo‘lgan qoida mavjud bo‘lmaganligi kabi talqin qilinishi lozim.
13.9 2-Tomonning Shaxsiy kabinetida mavjud bo‘lgan vositalarning ishlash tartibi, foydalanish shartlari, texnik xususiyatlari, cheklovlari shuningdek, boshqa xususiyatlari 1-Tomon tomonidan Shaxsiy kabinetda va/yoki 1-Tomon ko‘rsatgan boshqa resurslarda joylashtiriladigan Yo‘riqnoma, uslubiy materiallar va boshqa hujjatlar bilan belgilanadi.
Остались вопросы? Напишите в Telegram. (opens new window)