# 2024 yil «19» mart kunidagi tahrirdagi Vositachilik shartnomasiga (Ofertasiga) 2-sonli Ilova

# 1. Uzum Market Akademiyasi

1.1. 1-taraf 2-tarafga Uzum Market akademiyasida o‘quv xizmatlarini ko‘rsatadi.

1.2. O‘qitish quyidagi dastur bo‘yicha seminarni o‘z ichiga oladi:

Uzum Market bilan ishlash asoslari va marketpleys mantig‘ini tushunish;

  • Tovarni tanlash va unit-iqtisodiyotni hisoblash;
  • Sotuvchining shaxsiy kabinetida ro‘yxatdan o‘tish va ishlash;
  • Ish modellari va logistika (FBO / FBS / DBS / EDBS);
  • Tovarni sotib olish va yetkazib beruvchilar bilan ishlash;
  • Uzum Market ichki marketingi va targ‘ibot vositalari;
  • Do‘kon tahlili, savdo voronkasi va Bust TOP;
  • iqtisodiyot,daromad hisobi va nazorati;
  • Assortimentni boshqarish va savdo o‘sishi.

1.3. Xizmatlar shaxsan yoki masofadan turib taqdim etilishi mumkin. Xizmatni olish maqsadida 2-taraf arizani kiritadi.

1.4. Xizmatlarni ko‘rsatish doirasida Ijrochi tomonidan 2-tarafga taqdim etilgan axborot va boshqa materiallar, shu jumladan qog‘oz, optik va elektron tashuvchilar, audio va video yozuvlar maxfiy ma’lumotlar hisoblanadi.

1.5. Xizmatlar 2-taraf hisobidan ko‘rsatiladi. Xizmatlar uchun to‘lov tadbir boshlanishidan 10 (o‘n) kalendar kuni oldin 100 (yuz) foizlik bo‘nak to‘lovi shaklida amalga oshiriladi. Bunda Tomonlar Yo‘riqnomada nazarda tutilgan to‘lovning muqobil tartibini qo‘llash huquqiga ega.

1.6. Agar 2-taraf tadbir boshlanganidan keyin 10 daqiqa ichida kelmasa, tadbir 2-tarafning aybi bilan o‘tkazib yuborilgan deb hisoblanadi hamda birinchi navbatda 1-tarafning boshqa bo‘sh vaqtiga o‘tkaziladi.

1.7. Agar 1-taraf allaqachon xizmatlar ko‘rsatilishini boshlagan bo‘lsa, 2-taraf xizmatlarni rad etishga haqli emas.

1.8. 1-Tomon xizmatlarga haq to‘lash uchun summani 2-Tomonning shaxsiy hisobvarag‘idan ushlab qolishga haqli. Agar 2 a Tomonning shaxsiy hisobvarag‘ida mavjud bo‘lgan pul mablag‘lari yetarli bo‘lmasa, 1 Tomon kelajakda 2 u Tomonga kelib tushadigan pul mablag‘larini ushlab qoladi. Agar pul mablag‘larini ushlab qolishning iloji bo‘lmasa, 1-Tomon 2-Tomon ko‘rsatgan xizmatlar summasiga hisobvaraq taqdim etadi, 2-Tomon bunday hisobvaraqni olgan kundan boshlab 5 kun ichida to‘lashi shart.

1.9. Kurs boshlanishidan 4 kalendar kundan kam vaqt oldin darsni kechiktirish to‘g‘risida 2-tomondan so‘rov kelib tushgan taqdirda, har bir bunday holat uchun 2-tomon 1-tomonga https://seller.uzum.uz/manual/ manzil bo‘yicha jo‘ylashtirilgan Yo‘riqnomaning 15-bandida ko‘rsatilgan summaning 30% miqdorida jarima to‘lashni o‘z zimmasiga oladi.

1.10. 2-tomon 1.9.-bandda belgilangan jarimalarni dars kechiktirilishi amalga oshirilgan kundan boshlab 1 (bir) kun ichida to‘laydi. To‘lanmagan taqdirda, 1-tomon 2-tomonning darslarga kirishini bir tomonlama cheklashi mumkin.

1.11. Mazkur Shartnoma bo‘yicha majburiyatlar bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda tomonlar O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka tortiladi.

1.12. Ushbu Shartnoma bo‘yicha 1-tomonga da’volar 2 – tomondan ta’lim kurslari (seminarlari) tugagan kundan boshlab 2 (ikki) kalendar kun ichida taqdim etilishi mumkin - aks holda ushbu Shartnoma doirasida 1-tomon majburiyatlari to‘liq bajarilgan deb hisoblanadi.

1.13. Ta’lim boshlanishidan 8 kun oldin 2-tomondan kursda qatnashishdan bosh tortish to‘g‘risida ariza kelib tushgan taqdirda, 1-tomon 2-tomonga 1-tomonning bank xarajatlarini ushlab qolishni hisobga olgan holda ta’lim uchun to‘langan summani qaytaradi.

1.14. Ta’lim boshlanishidan 7 kun oldin 2-tomondan kursda qatnashishdan bosh tortish to‘g‘risida ariza kelib tushgan taqdirda, 1-tomon ta’lim uchun to‘langan summani buyurtmachiga qaytarmaydi.

1.15. 2-tomon tashabbusi bilan darslar kechiktirilganda, 1-tomon 2-tomondan ta’lim uchun o‘tkazilgan summadan 1.9.-bandda ko‘rsatilgan jarimani ushlab qolish huquqiga ega. Darslarni kechiktirish davriyligidan qat’i nazar, 2 marta amalga oshirilishi mumkin.

1.16. Agar 1-tomon ta’lim uchun pul mablag‘larini qaytarishni so‘rasa, lekin 6.1.-bandda ko‘rsatilgan jarimalarni to‘lamagan bo‘lsa, jarimalarni ushlab qolishni hisobga olgan holda ta’lim uchun o‘tkazilgan summa qaytariladi.

# 2. Mahsulotni tayyorlash markazi

2.1. 1-taraf 2-tarafga Mahsulotlarni qadoqlash va omborga yetkazib berish uchun tayyorlash xizmatlarini (keyingi o‘rinlarda Xizmatlar deb yuritiladi) ko‘rsatadi, 2-taraf esa 1-tarafga ushbu xizmatlar narxini to‘laydi.

2.2. Xizmatlarni olish uchun 2-taraf Servisda so‘rov qoldiradi. 1-taraf Xizmatlar uchun to‘lov uchun hisobni elektron pochta orqali yoki 2-taraf tomonidan belgilangan boshqa usulda yuboradi. Shuningdek, xizmatlar Ofertaning 4.9-bandi asosida ko‘rsatilishi mumkin.

2.3. 1-taraf quyidagi huquqlarga ega:

2.3.1. Texnik, texnologik yoki xizmatlarni taqdim etishga to‘sqinlik qiladigan boshqa sabablarga ko‘ra 2-tarafga xizmatlar ko‘rsatishni bunday sabablar bartaraf etilgunga qadar vaqtincha to‘xtatib turish.

2.3.2. Shartnomaga muvofiq qabul qilingan majburiyatlar va/yoki kafolatlar 2-taraf tomonidan buzilgan taqdirda, xizmatlar ko‘rsatishni to‘xtatib turish.

2.4. Xizmatlar qiymati – bu qadoqlashning bitta birligi va mahsulot birliklari sonining ko‘paytmasidir. Xizmatlarning amaldagi tariflari https://packing.uzum.uz/ saytida joylashtirilgan.

2.5. Xizmatlar uchun to‘lov Foydalanuvchi tomonidan to‘lov sahifasida tanlagan usulda bank o‘tkazmasi yo‘li bilan 2-taraf tomonidan o‘zbek so‘mida amalga oshiriladi va QQSni o‘z ichiga oladi.

2.6. Xizmatlar uchun to‘lov 100 (yuz) foizlik bo‘nak to‘lovi shaklida amalga oshiriladi. Hisob berilgan kundan boshlab 2 (ikki) bank kuni ichida 2-taraf tomonidan to‘lanishi lozim.

2.7. 1-taraf 2-tarafning shaxsiy hisobvarag‘idan xizmatlar uchun to‘lov summasini ushlab qolish huquqiga ega. Agar 2-tarafning shaxsiy hisobvarag‘ida mavjud pul mablag‘lari yetarli bo‘lmasa, 1-taraf kelajakda 2-tarafga kelib tushadigan pul mablag‘larini ushlab qoladi. Agar pul mablag‘larini ushlab qolishning imkoni bo‘lmasa, 1-taraf 2-tarafga ko‘rsatilgan xizmatlar miqdori uchun hisobni taqdim etadi, 2-taraf esa bunday hisob olingan kundan e’tiboran 5 kun mobaynida uni to‘lashi shart.

2.8. Xizmatlarni taqdim etishni tugatgandan so‘ng, 1-taraf 2-tarafga Ko‘rsatilgan xizmatlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasini imzolash uchun yuboradi. 2-taraf dalolatnomalar olingan kundan boshlab 5 (besh) ish kuni ichida imzolangan dalolatnomaning bir nusxasini 1-tarafga yuboradi yoki xuddi shu muddatda yozma ravishda asoslantirilgan raddiyani taqdim etadi. Agar 2-taraf 1-tarafga qabul qilish-topshirish dalolatnomasini yoki dalolatnomani imzolashdan asosli rad etishni belgilangan muddatlarda yubormasa, xizmatlar to‘g‘ri va to‘liq hajmda taqdim etilgan deb hisoblanadi.

2.9. Agar 2-taraf mustaqil ravishda noto‘g‘ri qadoqlash usulini tanlagan bo‘lsa, 1-taraf qadoqlashning 1-taraf tomonidan belgilangan talablarga muvofiqligi uchun javobgar bo‘lmaydi

# 3. Reklama xizmatlari

3.1. 1-taraf 2-tarafga reklama xizmatlari va Mahsulotlarni pullik reklama qilish xizmatlarini (keyingi o‘rinlarda xizmatlar deb yuritiladi) taqdim etadi, 2-taraf esa 1-tarafga ko‘rsatilgan xizmatlar narxini to‘laydi. Mahsulotlarni pullik reklama qilish bo‘yicha xizmatlarning turlari va shartlari to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot 2-taraf tomonidan https://seller.uzum.uz/manual/ manzilida joylashgan Yo‘riqnoma bilan belgilanishi mumkin.

3.2. Xizmatlarni olish uchun 2-taraf Servisda arizani kiritadi. 1-taraf elektron pochta orqali yoki 2-taraf tomonidan belgilangan boshqa usulda Xizmatlar uchun to‘lov uchun hisobni yuboradi yoki pul mablag‘lari 2-tarafning shaxsiy hisobvarag‘idan yechib olinadi.

3.3. Agar 1-taraf tomonidan xizmatlar ko‘rsatilishi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining (shu jumladan reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining) buzilishiga olib kelsa yoki joylashtirish uchun berilgan reklama materiallari O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari (shu jumladan reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari) talablariga javob bermasa, 1-taraf 2-tarafga Servis ko‘rsatishni rad etishga haqli.

3.4. 1-taraf quyidagi hollarda xizmatlar ko‘rsatishni to‘xtatib qo‘yishga haqli:

3.4.1. reklama materiallarida tekshirilmagan ma’lumotlarning mavjudligi yoki O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida reklama materiallariga qo‘yiladigan talablarning boshqacha tarzda buzilganligi;

3.4.2. uchinchi shaxslardan reklama materiallarining mazmuni bo‘yicha da’volarning mavjudligi;

3.4.3. 2-taraf tomonidan Shartnomaga muvofiq qabul qilingan majburiyatlar va/yoki kafolatlarning buzilishi;

3.4.4. texnik, texnologik va xizmatlar ko‘rsatishga to‘sqinlik qiladigan boshqa sabablarga ko‘ra, bunday sabablar bartaraf etilgunga qadar.

3.5. 1-taraf ko‘rsatilgan xizmatlar hajmidan kelib chiqib, xizmatlar narxini hisoblab chiqadi.

3.6. Xizmatlar uchun to‘lov 2-taraf tomonidan to‘lov sahifasida 2-taraf tomonidan tanlangan usul bo‘yicha bank o‘tkazmasi orqali o‘zbek so‘mida amalga oshiriladi va QQSni o‘z ichiga oladi.

3.7. Xizmatlar uchun to‘lov 1-taraf tomonidan 2-tarafning shaxsiy hisobvarag‘idan ko‘rsatilgan xizmatlar narxini chegirib tashlash yoki ko‘rsatilgan xizmatlar uchun 2-tarafga hisobni taqdim etish orqali 100% (yuz foiz) oldindan to‘lov shaklida amalga oshiriladi. Hisob berilgan kundan e’tiboran 2 (ikki) bank kuni ichida 2-taraf tomonidan to‘lanishi kerak.

3.8. 1-taraf xizmatlar uchun summani 2-tarafning shaxsiy hisobvarag‘idan ushlab qolish huquqiga ega. Agar 2-tarafning shaxsiy hisobvarag‘ida mavjud pul mablag‘lari yetarli bo‘lmasa, 1-taraf kelajakda 2-tarafga kelib tushadigan pul mablag‘larini ushlab qoladi. Agar pul mablag‘larini ushlab qolishning imkoni bo‘lmasa, 1-taraf 2-taraf tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar miqdori uchun hisobni taqdim etadi, 2-taraf bunday hisobni olingan kundan boshlab 5 (besh) kun ichida to‘lashi shart.

3.9. Xizmatlarni taqdim etishni tugatgandan so‘ng, 1-taraf 2-tarafga Ko‘rsatilgan xizmatlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasini imzolash uchun yuboradi. 2-taraf dalolatnomalar olingan kundan boshlab 5 (besh) ish kuni ichida imzolangan dalolatnomaning bir nusxasini 1-tarafga yuboradi yoki xuddi shu muddatda yozma ravishda asoslantirilgan raddiyani taqdim etadi. Agar 2-taraf 1-tarafga qabul qilish-topshirish dalolatnomasini yoki dalolatnomani imzolashdan asosli raddiyani belgilangan muddatda yubormasa, xizmatlar to‘g‘ri va to‘liq hajmda ko‘rsatilgan hisoblanadi.

3.10. 2-taraf 1-tarafga undan so‘rov olingan kundan boshlab 3 (uch) ish kuni ichida reklama ob’ektlariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi (shu jumladan reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari) talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi shart.

3.11. 2-taraf reklama materiallaridagi ma’lumotlarning mazmuni va to‘g‘riligi, ularning O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiqligi, shuningdek uchinchi shaxslarning huquqlari (shu jumladan, lekin intellektual faoliyat natijalariga bo‘lgan huquqlar cheklanmagan holda) buzilganligi uchun mustaqil ravishda javobgar bo‘ladi.

3.12. Davlat organlari va boshqa uchinchi shaxslar 2-taraf tomonidan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga rioya etmaganligi va (yoki) buzilganligi sababli 1-tarafga har qanday da’volar (da’vo arizalari, farmoyishlar, jarimalar va boshqalar) taqdim etilgan taqdirda (jumladan, reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari), 1-taraf 2-tarafga reklama xizmatlarini taqdim etganda, 2-taraf 1-tarafga Buyurtmachi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi (shu jumladan reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari) talablariga rioya qilmaslik va (yoki) qoidabuzarlik tufayli 1-tarafga yetkazilgan zarar va xarajatlarni (jumladan, jarimalarni to‘lash xarajatlarini) qoplaydi. Bunda, ushbu zararlar (xarajatlar) 2-taraf tomonidan da’vo 1-tarafga kelib tushgan kundan boshlab 5 (besh) ish kunidan kechiktirmay to‘lanishi kerak.

# 4. Uzum Market logistikasi

4.1. 1-taraf 2-tarafga 2-taraf Mahsulotlarini omborga tashish xizmatlarini (keyingi o‘rinlarda Xizmatlar deb yuritiladi) taqdim etadi hamda 2-taraf 1-tarafga ushbu xizmatlar narxini to‘laydi.

4.2. Xizmatlarni olish maqsadida 2-taraf Servisda arizani kiritadi. 1-taraf Xizmatlar uchun to‘lov uchun hisobni elektron pochta orqali yoki 2-taraf tomonidan belgilangan boshqa usulda yuboradi.

4.3. 1-taraf quyidagi huquqlarga ega:

4.3.1. Texnik, texnologik yoki xizmatlarni taqdim etishga to‘sqinlik qiladigan boshqa sabablarga ko‘ra 2-tarafga xizmatlar ko‘rsatishni bunday sabablar bartaraf etilgunga qadar vaqtincha to‘xtatib turish.

4.3.2. Shartnomaga muvofiq qabul qilingan majburiyatlar va/yoki kafolatlar 2-taraf tomonidan buzilgan taqdirda, xizmatlar ko‘rsatishni to‘xtatib turish.

4.4. Xizmatlar qiymati – bu Mahsulotlar hajmi va o‘lchov birligining qiymatidir. Hisob-kitoblar https://logistics.uzum.uz/ saytida joylashgan kalkulyator yordamida amalga oshiriladi.

4.5. Xizmatlar uchun to‘lov 2-taraf tomonidan o‘zbek so‘mida Foydalanuvchi tomonidan to‘lov sahifasida tanlagan usulda bank o‘tkazmasi yo‘li bilan amalga oshiriladi va QQSni o‘z ichiga oladi.

4.6. Xizmatlar uchun to‘lov 100 (yuz) foiz bo‘nak to‘lovi shaklida amalga oshiriladi. Hisob berilgan kundan boshlab 2 (ikki) bank kuni ichida 2-taraf tomonidan to‘lanishi kerak.

4.7. 1-taraf 2-tarafning shaxsiy hisobvarag‘idan xizmatlar uchun to‘lov summasini ushlab qolish huquqiga ega. Agar 2-tarafning shaxsiy hisobvarag‘ida mavjud pul mablag‘lari yetarli bo‘lmasa, 1-taraf kelajakda 2-tarafga kelib tushadigan pul mablag‘larini ushlab qoladi. Agar pul mablag‘larini ushlab qolishning imkoni bo‘lmasa, 1-taraf 2-taraf tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar miqdori uchun hisobni taqdim etadi, 2-taraf bunday hisobni olingan kundan e’tiboran 5 kun ichida to‘lashi shart.

4.8. Xizmatlarni taqdim etishni tugatgandan so‘ng, 1-taraf 2-tarafga Ko‘rsatilgan xizmatlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasini imzolash uchun yuboradi. 2-taraf dalolatnomalar olingan kundan boshlab 5 (besh) ish kuni ichida imzolangan dalolatnomaning bir nusxasini 1-tarafga yuboradi yoki xuddi shu muddatda yozma ravishda asoslantirilgan raddiyani taqdim etadi. Agar 2-taraf 1-tarafga qabul qilish-topshirish dalolatnomasini yoki dalolatnomani imzolashdan asosli raddiyani belgilangan muddatlarda yubormasa, xizmatlar to‘g‘ri va to‘liq hajmda ko‘rsatilgan hisoblanadi.

4.9 Agar 2-tomon https://seller.uzum.uz/manual/ saytida mavjud bo'lgan tovarlarni omborga tayyorlash va jo'natish bo'yicha marketpleys bilan ishlash yo'riqnomasining 6-bandida belgilangan qoidalarni buzsa, 1-tomon to'liq to`lov miqdorini ushlab qolish huquqini o'zida saqlab qoladi.

# 5. Uzum Market sotuvchisining mijozlarga javoblari bo‘yicha xizmat

5.1. 1-tomon 2-tomonga Uzum Market mijozlari bilan ishlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadi.

5.2. Mijozlar bilan ishlash quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Sotuvchi chatida mijozlarning savollariga javob; 2-tomon do‘konlarida fikr-mulohazalarni qayta ishlash.

5.3. 1-tomon quyidagi huquqlarga ega:

5.3.1. 2-tomonga Xizmatlar ko‘rsatishni texnik, texnologik yoki Xizmatlar ko‘rsatishga to‘sqinlik qiluvchi boshqa sabablarga ko‘ra, bunday sabablar bartaraf etilgunga qadar, vaqtincha to‘xtatib turish.

5.3.2. Shartnomaga muvofiq qabul qilingan 2 ta majburiyat va/yoki kafolatlar 2-tomondan buzilgan hollarda Xizmatlar ko‘rsatishni to‘xtatib turish.

5.4. Xizmatlarni olish maqsadida 2-tomon Biznesni Qo‘llab-quvvatlash xodimlari yoki Rivojlanish Menejeri orqali ariza qoldiradi.

5.5. Xizmat narxi: “Standart” paketi oyiga 1.000.000 so‘m.

5.6. Xizmatlar to‘lovi 2-tomondan o‘zbek so‘mida naqd pulsiz tartibda 2-tomondan to‘lov sahifasida tanlangan tarzda amalga oshiriladi va 12% QQSni o‘z ichiga oladi.

5.7. Xizmatlar to‘lovi 100 (yuz) - foiz keyingi to‘lov tartibida amalga oshiriladi. Hisob chiqarilgan kundan boshlab 2 (ikki) bank kuni ichida 2-tomonda to‘lanadi.

5.8. Xizmatlarni taqdim etish tugagandan so‘ng, 1-tomon 2-tomonga ko‘rsatilgan Xizmatlarni qabul qilish-topshirish Dalolatnomasini imzolashga yuboradi. 2-tomon dalolatnomalar olingan kundan boshlab 5 (Besh) ish kuni ichida imzolangan Dalolatnomaning bir nusxasini 1-tomonga yuboradi yoki shu muddatda yozma ravishda asosli rad etishni taqdim etadi. Agar 2-tomon 1-tomonga qabul qilish-topshirish Dalolatnomasini yubormasa yoki belgilangan muddatda Dalolatnomani imzolashni asosli ravishda rad etsa, xizmatlar tegishli va to‘liq ko‘rsatilgan hisoblanadi.

5.9. 2-tomon 1-tomonga marketpleysda sotayotgan tovarlari to‘g‘risida ma’lumotni 1-tomondan so‘rov olingan paytdan boshlab 9 soat ichida taqdim etishi shart.

5.10. 1-tomon mijozlarga ish kunlari dushanbadan jumagacha har kuni soat 10:00 dan 19:00 gacha xizmat ko'rsatadi.

# 6. Uzum Market fotostudiyasi

6.1. Tomon 1 Tomon 2ning Tovarining suratlarini yaratish xizmatlarini ko‘rsatadi, maqsad – Tovarni servisda joylashtirish. O‘z navbatida, Tomon 2 ko‘rsatilgan xizmatlar uchun Tomon 1 ga to‘lovni amalga oshirishni o‘z zimmasiga oladi.

6.2. Servisdagi Tovar kartochkasida joylashtirilgan suratlar Uzum fotostudiyasida tayyorlangan bo‘lishi mumkin va ular Tomon 1 belgilagan yagona uslubiy yechimga mos bo‘lishi shart.

6.3. Tomon 1 predmetli, modelli suratga olish va infografika yaratish xizmatlarini ko‘rsatadi[1].

6.4. Suratga olish tafsilotlari, Tovarni topshirish va qabul qilish tartibi, shuningdek, unga qo‘yiladigan talablar Tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik jarayonida muhokama qilinadi va aniqlanadi. Shartlar hamkorlik formati va biznes vazifalarga qarab o‘zgartirilishi mumkin.

6.5. [1] Yakuniy qiymat suratga olingan SKU soni va Tomon 1 tomonidan taqdim etilgan tariflar asosida hisoblanadi. Tariflar kelishiladi va o‘zaro hamkorlik jarayonida to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqdim etiladi.

6.6. Bitta SKU uchun suratga olishga 5 (besh) tagacha har xil tomondan olingan kadrlar kiradi.

6.7. Xizmatlar uchun to‘lov Tomon 2 tomonidan O‘zbekiston so‘mida naqdsiz tarzda, to‘lov sahifasida Tomon 2 tanlagan usulda amalga oshiriladi va ushbu to‘lov QQSni o‘z ichiga oladi.

6.8. Xizmatlar uchun to‘lov Tomon 1 tomonidan xizmatlar amalda bajarilgandan keyin amalga oshiriladi.

6.9. Tomon 1 xizmatlar uchun to‘lov summasini Tomon 2 ning shaxsiy hisobidan ushlab qoladi. Agar Tomon 2 ning shaxsiy hisobida yetarli mablag‘ bo‘lmasa[2], Tomon 2 keyinchalik kelib tushadigan mablag‘lardan ushlab qolishga rozilik beradi. Agar ushlab qolish imkoni bo‘lmasa, Tomon 1 Tomon 2 ga xizmatlar qiymatiga mos hisob-varaqani yuboradi va Tomon 2 ushbu hisobni olgan kundan boshlab 5 kun ichida to‘lashi shart.

6.10. Tomon 1 quyidagi huquqlarga ega:

6.10.1. Tovar xususiyatlarini to‘liq namoyish etish maqsadida, kategoriyasidan qat’iy nazar, zavod qadoqlovini ochish huquqiga ega. Shuningdek, Tomon 1 tovarlarni ularning xosusiyatlari va sifati namoyon bo‘lishi uchun ochish, siqish, quyish yoki boshqa ta’sir ko‘rsatishga haqli (masalan: sim-karta, dezodorant, atir, elektronika, tabletka, makiyaj aksessuarlari va h.k.). Bunda Tomon 1 Tomon 2 tomonidan bildiriladigan da’vo yoki noroziliklar uchun javobgar bo‘lmaydi.

6.10.2. Texnik, texnologik yoki boshqa sabablar tufayli xizmat ko‘rsatishga to‘sqinlik qiluvchi holatlar yuzaga kelganda, Tomon 2 ga xizmat ko‘rsatishni vaqtincha to‘xtatib turish.

6.10.3. Agar Tomon 2 shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlari va/yoki kafolatlarini buzsa, xizmatlarni ko‘rsatishni to‘xtatib turish.

6.10.4. Tovar tasvirlaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan taqdirda, Tomon 2 tovarning tegishli birligini fotosuratga olish uchun fotostudiyaga topshirishi, bunda Tomon 2 bunday xizmatlar uchun Tomon 1 ga haq to‘lashi shart.

6.10.5. Xizmatlar ko‘rsatilishi yakunlangandan so‘ng, Tomon 1 Tomon 2 ga ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha Qabul qilish-topshirish Aktini imzolash uchun yuboradi. Tomon 2 Aktni olgan kundan boshlab 5 (besh) ish kuni ichida imzolangan Aktning bir nusxasini Tomon 1 ga qaytarishi yoki ayni shu muddatda imzolashdan asosli rad javobini yozma ravishda taqdim etishi lozim. Agar Tomon 2 belgilangan muddatda Tomon 1 ga Aktni ham, rad javobini ham yubormasa, xizmatlar to‘liq va belgilangan tartibda bajarilgan deb hisoblanadi.


Редакция договора от 16 января 2022 года (opens new window)

Редакция договора от 19 декабря 2022 года (opens new window)