# 12. Shaxsiy menejer

Biz hozirda vositani yanada barqaror va qulay qilish uchun yakunlamoqdamiz, shuning uchun u faqat test rejimida ba'zi sotuvchilar uchun mavjud. Aprel oyining oxiriga qadar biz sinovni tugatamiz va barcha sotuvchilar uchun asbobdan foydalanish imkoniyatini ochamiz.

Shaxsiy menejer (ShM) — bu shunchaki Uzum Market marketpleysi qanday tashkillashtirilganligini bilibgina qolmay, balki maqsadlaringizga erishib, biznesingizni yanada qulay va yoqimli qilishga yordam berishi mumkin.

Shaxsiy menejer — o‘ziga xos ko‘nikma va tajribaga ega biznes sohasidagi mutaxassis. U sotuvlarni ko‘paytirish uchun qanday biznes-ko‘rsatkichlarni kuzatib borish kerakligini tushunadi va bu ma’lumotni siz bilan baham ko‘rishga tayyor.

U tovarlaringizni sorov boyicha aniq tahlil qiladi va rasmiylashtirish bo‘yicha individual tavsiyalarni beradi. Bunda tovarlaringiz o‘ziga xos xususiyatlari va maydon umumiy qoidalarini hisobga oladi. Shaxsiy menejer sizga nafaqat joriy savollarni hal qilishda, balki marketpleys tomonidan otkaziladigan turli aksiyalarni, shuningdek, kiritilgan innovatsiyalarni hisobga olgan holda, do‘konlaringizni yonaltirishga va rivojlantirishga yordam beradi.

Uning asosiy maqsadi-sinzning sotuvlaringiz osishi uchun xech qanday tosqinlik bo`lmasligi.

Shuningdek, hamkorligimizda bog‘lovchi halqa vazifasini bajaradi: biznes-jarayonlar va maydondagi savdo mexanikasi haqida har qanday savolga tez va to‘liq javob beradi.

# Shaxsiy menejer nima qilishi mumkin

  • Marketpleysdagi faoliyatingiz bilan bog‘liq savollarga tezkor va malakali javob berish.
  • Ichki marketing aksiyalari, qo‘shimcha reklama faoliyatlari va targ‘ibot takliflari haqida o‘z vaqtida ma’lumot almashish, ularga qo‘shilishga ugurishingiz va sotuvarni oshirishingiz uchun.
  • Chat va telefon orqali kompaniyaning har qanday bo‘linmalari bilan yuzaga keladigan muammolarni tezda hal qilish.
  • Hech qanday tashqi manbalarda mavjud bo‘lmagan: har qanday davr uchun tovarlaringiz aylanmasi, har oylik asosda eng mashhur toifalar, maydondagi eng top 30 ta qidiruv so`rovlar ma’lumotlarini berish.
  • Tovar kartochkalarini sorov boyicha tahlil qilish va sotuvlar ko‘proq bo‘lishi uchun nimani o‘zgartirish kerakligini aytish.
  • Savdo hajmlaringizni oshirishga va maydondagi ishlarni yanada qulay qilishga yordam beradigan mavzularni tahlil qilish uchun hamkorlar bilan onlayn-uchrashuvlar o‘tkazish.
  • Aksiyada ishtirok etishni ko`rib chiqish uchun ariza berish, Tovarlar: bannerlarda ko‘rsatilishi, asosiy sahifaga o‘rnatilishi, ma’lum toifalarga biriktirilishi, kalit so‘zlar bo‘yicha qidiruv natijalarida yuqorida ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan imkoniyatini berish.
  • Sotuvchilardan ma'lumot olingandan so'ng, ko`chirish shartnomalari va tovarlarni kompensatsiya qilish bo'yicha hujjatlarni nazorat qilish.

Bu barcha hamkorlarimiz uchun mavjud bo‘lgan pullik xizmat. Uning narxi — oyiga 300 000 so‘mni tashkil etadi. Xizmatni keyingi oyga ulash uchun “Shaxsiy menejer” blokidagi “Xizmatlar” bo‘limidagi “Ulanish” tugmasini oyning 29-sanasidan kechiktirmay Toshkent vaqti bilan soat 23:59 ga qadar bosing. Agar sizda xizmat allaqachon ulangan bo‘lsa, hech narsa qilmang — agar 29-sanagacha uni o‘chirib qo‘ymasangiz, obunangizni avtomat tarzda uzaytiramiz.

Shaxsiy kabinetingizda to‘lovni amalga oshirgandan so‘ng, sizga mutaxassis tayinlanadi va maydonda ishlash bo‘yicha har qanday savol bilan unga murojaat qilishingiz mumkin.

Agar oyning birinchi ish kunida shaxsiy menejer siz bilan bog‘lanmagan bo‘lsa, iltimos, biznesni qo‘llab-quvvatlash chatiga (opens new window) bu haqda yozing.

# Muhim tafsilot

Shaxsiy menejer soliq, ichki buxgalteriyangiz, taym-slotlarni taqdim etish bilan bog‘liq bo‘lgan savollarni hal qilmaydi va yo‘riqnomamiz qoidalarini chetlab o‘tishingizga yordam bermaydi. ShM texnik jihatdan maydon bilan bog‘liq muammolarni yechishga bevosita ta’sir qilish imkoniyatiga ega emas. Bunday hollarda menejeringiz kompaniya ichidagi tegishli bo‘limlar bilan faol hamkorlik qiladi, so‘rovlaringiz bajarilishini nazorat qiladi va vaziyatni hal qilish jarayonini muvofiqlashtiradi. Shuningdek, uning vazifalariga marketpleys bilan ishlash bo‘yicha shtat menejerining vazifalari kirmaydi: tovar kartochkalarini yaratmaydi, hisob-varaqalarni tuzmaydi, izohlarni qayta ishlamaydi va hokazo.

Shuni eslatib o‘tamizki, odamlarga hurmat — marketpleysizimizdagi kommunikatsiyalarning asosiy tamoyillaridan biridir. Biz jamoa, hamkorlar, xaridorlarni hurmat qilamiz va bu o‘zaro bo‘lishi biz uchun juda muhimdir. Shaxsiy suhbatda yoki jamoat maydonida shaxsiy menejer haqorat qilingani uchun xizmatni ulash imkoniyatini butunlay o‘chirib qo‘yishimiz yoki hatto hamkorlikni to‘xtatishimiz mumkin.

Agar shaxsiy menejeringiz ishi haqida fikr bildirmoqchi bo‘lsangiz, iltimos, havola (opens new window) orqali shaklni to‘ldiring.